Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti foydali qazilma konlarini baholah va geomodellashtirish


Download 0.7 Mb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1596705
  1   2   3   4
Bog'liq
Sotvoldiyev Sanjar praktika


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GEOLOGIYA VA GEOINFORMATSION TIZIMLAR FAKULTETI
FOYDALI QAZILMA KONLARINI BAHOLAH VA GEOMODELLASHTIRISH
YO’NALISHI


AMALIYOT HISOBOTI

Bajardi: Xushvaqtov A


Tekshirdi:________

Reja:
1). Kirish.


2). GIDROINGEO faoliyati
3). Institut imkoniyatlari
4). Namangan viloyatining geografik joylashishi
5). Hududning ijtimoiy, iqtisodiy o’rni
6). Xulosa

Men Sotvoldiyev Sanjar Mirzo ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Geologiya va geoinformatsiyon tizimlari fakulteti Gidrogeologiya kafedrasi Foydali qazilma konlarini baholash va geomodellashtirish yo’nalishini 3 – bosqichini tamomlab ishlab chiqarish amaliyotini GIDROINGEO ga oldim.


2022-yil 27-iyun kuni GIDROINGEO ga soat 9:30 da bordim, u yerdagi mutaxassis va ustozlar menga ishlab chiqarishdagi bilim va ko’nikmalarini berib boshlashdi va menga har kuni kelishimni va uyga bazi bir amaliy ishlarni o’rganishim uchun vazifalar berib yuborishdi. U yerga 2022-yilning 22-iyul kuniga qadar amaliyotga qatnashib GIDROINGEO haqida quyidagi ma’lumotlarga ega bo’ldim.
Geologiya fanlari universiteti haqida
O‘zbekiston Respublikasi geologlarning, soxaga ixtisoslashgan o‘z oliy o‘quv yurtini tashkil etish to‘g‘risidagi sag‘alkam bir asrlik orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga 2019 yilning 31 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev bir qator ilm-fan vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvdagi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universitetini tashkil qilish tashabbusi bilan mustahkam asos yaratildi. 2020 yil 8 iyun kuni esa ana ushbu tashabbusning amaliyotga tadbiqi sifatida «Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori imzolandi.
Yangi tashkil etilayotgan universitet o‘zining birinchi rektori, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F.Islamov fikricha geologiya yo‘nalishida ta’lim, ilm-fan va amaliyotning integratsiyasini o‘zida mujassam etgan va sohamizda malakali kadrlar tayyorlash, dolzarb ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, natijalarini amaliyotga joriy etish va yakunida O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qilishi kerak. Jumladan, Geologiya fanlari universiteti faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish juda muhim. Fan dasturlari va o‘quv rejalarini ishlab chiqishda esa yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari, jumladan, Rossiya, Italiya kabi geologiya-konchilik sohasida ilg‘or ilmiy-uslubiy ananalarga ega rivojlangan davlatlar oliy o‘quv yurtlari tajribasidan keng foydalanishni reja qilingan. Shuning uchun, universitetning professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish tuganmas jarayon bo‘lib, unda fan dasturlari va o‘quv rejalarini doimiy ravishda zamonaviy innovatsiya va usullar bilan to‘ldirib borishi ko‘zda tutilgan. Yana bir muhim jihat, Geologiya fanlari universiteti tarkibida Sankt-Peterburg konchilik yoki boshqa yetakchi xorijiy universitetning maxsus umumta’lim va bazaviy texnik fanlarini o‘qitishga ixtisoslashgan Boshlang‘ich muhandislik tayyorlash markazini ochilishidir. Bu vazifani Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Universitet tarkibiga Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi instituti, Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, Geologiya tarmog‘i xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda Geologiya muzeyi kabi avvalda turli tarmoqlarga mansub bo‘lganligi tufayli, o‘zaro hamkorlik aloqalari ziqligida, tarqoq rivojlangan ilmiy-tadqiqot muassasalarini kiritilishi yangi tashkil etilgan o‘quv yurti yuqori ilmiy salohiyatini belgilash bilan birga, o‘quv-pedagogik jarayonga respublika geologik fundamental va amaliy fanining yetakchi namoyondalarini jalb etish imkonini yaratadi. Universitet qoshida eng yangi zamonaviy talablar asosida tashkil etilayotgan Geoinnovatsion texnologiyalar markazini jihozlash uchun jami 1925 ta zamonaviy uskunalar va inventarlar ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib, ularni 14 mln. dollarga yaqin umumiy qiymati Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlarining homiylik mablag‘laridir.
Dastlabki, 2020/2021 o‘quv yili uchun universitetga 6 ta ta’lim yo‘nalishlari va 4 ta mutaxassisliklar bo‘yicha 240 ta kvota ajratilgan. Shundan 200 tasi – bakalavriat, 40 tasi – magistratura bo‘yicha. Rejaga ko‘ra, talabalar qabul qilish miqdori va ta’lim turlari (sirtqi, kechki, masofaviy va b.) universitet bo‘yicha yildan-yilga oshib borib, nihoyada 2500-3000 talaba eng ilg‘or o‘quv rejalari va pedogogik texnologiyalar yordamida bilim oluvchi hamda 2000dan ko‘p ilmiy xodimlar geologik tadqiqotlarning deyarli barcha turlari bilan shug‘ullanuvchi zamonaviy kampus shakllantirilishi ko‘zda tutilgan. Bitiruvchilar Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidagi korxona va tashkilotlarda, maxsus shartnomalar asosida hamkorlikda tayyorlanganlari esa, respublikamiz hamda Rossiyaning tog‘-konchilik korxonalarida ish bilan ta’minlanadi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling