Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti foydali qazilma konlarini baholah va geomodellashtirish


Institut tomonidan ishlab chiqiladigan tavsiyalar


Download 0.7 Mb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1596705
1   2   3   4
Bog'liq
Sotvoldiyev Sanjar praktika

Institut tomonidan ishlab chiqiladigan tavsiyalar:
- Yer osti boyliklarini o‘rganishda gidrogeologik, muhandis-geologik va geoekologik tadqiqotlarni samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish;
- Gidrogeologik, muhandis-geologik va geoekologik vazifalarini echish uchun ilmiy-tadqiqot, tematik va laboratoriya-texnologik ishlarining ustivor yunalishlarini asoslash va amalga oshirish;
- Muntazam texnogenez ta’sirida bo‘lgan shahar, sanoat va qishloq xo‘jalik xududlarida gidrogeologik, muxandis-geologik va geoekologik tadqiqotlar o‘tkazish va xaritalash usullarini ishlab chiqish.
Amalga oshiradi:
- o‘z vakolat doirasidagi geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirish maqsadida yillik, o‘rta muddatli va uzoq muddatli dasturlarni ishlab-chiqarishda qatnashish;
- gidrogeologiya, injenerlik geologiyasi va geoekologiya masalalarini xal qilish uchun ilmiy tadqiqot, tematik va laboratoriya-texnologik ishlarning ustivor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, asoslash va amalga oshirish;
- O‘zbekiston Respublikasining gidromineral resurslar potentsialini baholash;
- geologik qidiruv ishlarini qo‘yish uchun er osti suvlarining bashoratli resurslarini baholash bilan istiqbolli maydonlarni ajratish;
- er osti suvlari konlarini qidirish, bashoratlash, izlash va baholash usullarini takomillashtirish;
- er osti suvlariga geologik-qidiruv ishlarini qo‘yish uchun, yangi istiqbolli maydonlarni ajratish uchun va geologik-qidiruv ishlarining tasdiqlangan dasturlariga binoan ishlarni amalga oshirish monitoringi uchun, bashoratlashning ilg‘or usullaridan foydalanish va chuqur tahlil qilish;
- gidrogeologik ishlarning aniq ob’ektlari bo‘yicha bashoratlangan resurslarning ob’ektivligi va aniqligi haqida tizimli tahlil asosida xulosalar berish;
- jadal texnogenezli tumanlarda, shahar va sanoat xududlarida injener-geologik, geoekologik tadqiqotlarni va xaritalashni o‘tkazish usullarini ishlab chiqarish;
- har xil masshtablarda xaritalash va gidrogeologik, injenerlik-geologik va geoekologik tadqiqotlarni o‘tkazish;
- ekologik audit va ekologik monitoring o‘tkazish;
- er osti suvlari, aeratsiya zonasi jinslari va tuproqlar ifloslanishini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borish;
- er osti suvlarining mintaqaviy tadqiqotlarni va monitoringning ilmiy-uslubiy bazasini yuritish va ishlab-chiqarish;
- davlat kadastrlarini (muxofazalangan tabiiy suvli va havfli geologik jarayonlar) va er osti suvlarining davlat hisobini yuritish;
- gidrogeologik hulosalar berish;
- geologik-qidiruv ishlarini o‘tkazishda loyiha-smeta xujjatlarini tayyorlash;
-suv quduqlari burg‘ulashga ruxsatnoma va suvdan (er osti suvlaridan) maxsus foydalanishga ruxsatnoma berilishini kelishish;
-suvga burg‘uquduq qazish va uni loyihalash xuquqi ruxsatnomasini kelishish;
-atrof muxitga ta’sir arizasi (AMTA) loyixasi (ZVOS va ZEP) va boshka ekologik normativ xujjatlar ishlab chiqish.
- ilmiy va ilmiy-amaliy tadbirlarni (konferentsiyalar, seminarlar va boshq.) o‘tkazish;
-soha bo‘yicha ilmiy asarlarini tayyorlash va chop etish;
- gidrogeologiya, injenerlik geologiyasi va geoekologiya sohalarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va ilmiy, amaliy masalalarni echishda zamonaviy usullardan foydalanish.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling