O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
FAKULTET: GEOLOGIYA VA MUHANDISLIK GELOGIYASI
FAN: MINERAL XOMASHYOLAR IQTISODIYOTI
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Foydali qazilma konlarini iqtisodiy baholash
Guruh: ________________________________
Bajardi: _______________________________
Tekshirdi: _____________________________
Toshkent-2023
Reja:
Kirish
Foydali qazilma konlarini baholash tamoyillari
Korxonaning yillik quvvatini aniqlash.
Umumiy va nisbiy kapital kiritmalar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish
Baholash ko‘rsatgichlarining aniqligi eng avvalo geologik kuzatuvlarning ishonchliligiga, kon strukturalarining ishonchli talqin etilganligiga, ma’danli tanalarning yotish sharoitlariga, morfologiyalariga va ichki tuzilishiga, texnologik tadqiqotlarning maqsadga muvofiq olib borilganligiga bog‘liq. Bundan ko‘rinib turibdiki, birinchi bochqichdan boshlab region geologiyasini chuqur o‘rganish va tahlil qilish, ma’danlar mavjudligini nazorat qiluvchi omillar, madanlashishning genetik turlari, ularning u yoki boshqa strukturalar bilan aloqalari, ma’danlardan majmuaviy foydalanish imkoniyatlarining mavjudligi kabi omillar juda katta rol o‘ynaydi.
Shuni ham alohida takidlash joizki, ko‘pincha geologik–iqtisodiy baholash natijalari yetarli darajada ishonchli bo‘lmasligi, hatto qidirish ishlarini olib borish jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sababli ular umuman hato bo‘lishi ham mumkin. Bunday hatoliklarga quyidagi hatoliklarni kiritish mumkin: rayon strukturasini noto‘g‘ri aniqlash, ma’danlar mavjudligini nazorat qiluvchi omillarni noto‘g‘ri tushinish, ma’danlarning mineralogik va kimyoviy tarkiblarini yetarli darajada to‘la o‘rganmaslik, ma’dan turlarini noto‘g‘ri ajratish, ma’dan vakili hisoblanmagan jinslardan namunalar olish va x.k.
Ko‘pincha “konlarni qidirish bosqichlarida aniqlangan konlar bo‘yicha tog‘–ma’dan korxonalarining yillik quvvatini, uni o‘zlashtirishga ketadigan sarf harajatlarni, rentabelliligini va boshqa ko‘rsatgichlarni aniqlash mumkinmi” degan savol tug‘iladi. Bunday savolga xech ikkilanmasdan “nafaqat mumkin, balki albatta kerak” deb javob berish lozim. Chunki bu ko‘rsatgichlarsiz topilgan konlar ichidan eng yaxshilarini ajratib olish imkoniyati bo‘lmaydi, shuningdek, butun geologik-razvedka ishlarini samarali rejalashtirish ham mumkin emas.
Tabiiyki, qidirish bosqichlarida ma’danlar sifati va mineral xomashyolarning zaxiralari ekstrapolyatsiyalashdan keng foydalanib aniqlanadi, uni qazib olishga ketgan harajatlar esa–ekspluatatsiya qilinayotgan (yoki tavsiliy razvedka qilingan) o‘xshash konlarniki bilan qiyoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |