Fakultet: geologiya va muhandislik gelogiyasi fan: mineral xomashyolar iqtisodiyoti mustaqil ish
Umumiy va nisbiy kapital kiritmalar
Download 45.52 Kb.
|
6.Foydali qazilma konlarini iqtisodiy baholash
Umumiy va nisbiy kapital kiritmalar.
Konlarni baholashda kapital kiritmalar hajmi tog‘-kon sanoat korxonalarini qurishda muhim xal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Ko‘pincha ko‘plab yirik, mamlakat iqtisodiyoti uchun kerakli yuqori rentabelli konlar uchun jalb qilinadi. Kapital kiritmalar hajmi homashyo tannarhiga, ekspluatatsion harajatlar darajasiga, konning ishga tushirish muddatiga va boshqalarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Kapital kiritmalarni ikki qismga bo‘lish mumkin: ishlab chiqarish korxonasi qurilishiga va unda ishlovchilar uchun yaratiladigan uy-joy-madaniy-maishiy sharoitlarga yo‘naltirilgan kapital kiritmalar. Sanoat qurilishiga, tog‘-kon ishlarga, tog‘ qurilmalariga, transport vositalariga yo‘naltirilgan kapital harajatlar qazib olish yoki boyitish hisobiga qoplanadi va “amortizatsiya” bandi bo‘yicha ma’dan qazib olish, konsentrat ishlab chiqarish yoki metall olish tannarxiga kiritiladi. Uy-joy-kommunal va ma’daniy-maishiy qurilishlar uchun kommunal harajatlar alohida tartibda qoplanadi(jumladan, uy-joy fondi, xonadon uchun to‘lovlar) va mahsulot tannarhiga kiritilmaydi. Albatta, konlarni baholashda sanoat maqsadlariga yo‘naltirilgan kapital harajatlar asosiy qiziqish uyg‘otadi. Shunga qaramasdan, qiyoslash uchun ayniqsa, noqulay geografik-iqtisodiy va transport sharoitlarga ega bo‘lgan konlarda uy-joy, kommunal qurilishlarni amalga oshirish va uchastkalarni obodonlashtirish uchun sarflanadigan harajatlarni hisobga olish lozim. Tog‘-kon korxonalarini qurish har doim ma’lum bir yer maydonlarini inshootlar qurilishi, yo‘llar o‘tkazilishi natijasida band etilishiga, qishloq xo‘jlik yerlarini, o‘rmonlarni va x.k buzilishiga olib keladi. Shuning uchunkorxonalarni qurish loyihalarida ularni tiklash ishlari ko‘zda tutilishi lozim. Atrof-muhitni muhofaza qilishga sarflanadigan harajatlarni ham kapital kiritmalar hisobiga amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sanoat maqsadlariga yo‘naltirilgan kapital kiritmalarga tadqiqot va tayyorgarlik ishlariga, bino va inshootlar qurilishiga(shaxtalar, boyitish fabrikalari, ba’zan metallarni qayta ishlovchi zavodlar, energiya xo‘jaliklari va x.k.), tog‘-kon ishlarga, uskunalar sotib olish va ularni mantaj qilishga, transport vositalariga, instrumentlarga, inventarlarga va boshqalarga sarflanadigan harajatlar ham kiradi. Uskunalarga sarflanadigan harajatlar preyskurant bo‘yicha hisoblanadi. Konlarni baholashda nafaqat umumiy, balki nisbiy kapital kiritish ham muhim ahamiyatga ega. U quyidagi formula yordamida ifodalanadi: Turi jihatdan bir hil bo‘lgan mineral homashyo ma’danlarining sifati turli ma’danli konlarda turlicha bo‘ladi. Kapital kiritma samaradorligini qiyoslash uchun nisbiy kapital kiritma ruda bo‘yicha emas, balki standart mahsulot bo‘yicha(standart, sifat, konsentrat, metall, shartli yonilg‘i va x.k. bo‘yicha) aniqlash lozim. Xulosa Kon miqyosi, ma’dan sifati, undan foydalanishning geologik–iqtisodiy, muhandislik–geologik, tog‘–texnik va gidrogeologik sharoitlari konlarni baholashda muhim parametrlar bo‘lib hisoblanadi. Ammo, zaxiralarning miqdori va sifati bo‘yicha baholash, geologik–iqtisodiy jihatdan baholashning faqat bir tomonidir. Boshqa tomondan, konlarni qazib olish tizimlari va usullarini, xom–ashyolarni boyitish va qayta ishlash sharoitlarini bilish ham muhim ahamiyatga ega. Konlardan foydalanishda bu omillarni birgalikda ko‘rib chiqish konlarning texnik–iqtisodiy ko‘rsatgichlarini, jumladan, yillik ishlab chiqarish quvvatini, mablag‘ kiritish hajmini, qazib olish va qayta ishlash tannarxini, rentabelligi kabi bir qator ko‘rsatgichlarni aniqlash imkonini beradi. Qo‘zda tutilgan u yoki bu foydali qazilmani yillik qazib olish hajmiga bog‘liq ravishda nafaqat baholanayotgan konning roli aniqlanadi, balki kar’er yoki rudnik xo‘jaliklarining barcha asosiy elementlari(lahimlar kesishmasi, tog‘ qurilmalarining quvvati, texnik va xo‘jalik qurilmalarining o‘lchamlari, transport vositalarining turi va miqdari va x.k.) aniqlanadi. Bularning bari oxir oqibatda kapital mablag‘lar jalb etish hajmiga, tog‘-ma’dan korxonasi qurilishiga, ekspluatatsion harajatlar darajasiga, mahsulot tannarxiga va ekspluatatsiya qilinadigan konning iqtisodiy samaradorligiga xal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Korxonaning ishlab turgan jarayonida uni yillik quvvatini o‘zgartirish, qoidagi ko‘ra, uni tubdan qayta qurishni, katta miqdorda kapital mablag‘lar sarf etishni, shu jumladan, bir qator qo‘shimcha ishlab chiqarish binolarini o‘rnini boshqasiga almashtirish yoki buzib tashlashni talab etadi. Qo‘shimcha kapital mablag‘lar sarfi ba’zan shunday yuqori bo‘ladiki, korxonaning yillik quvvatini o‘zgartirishdan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun yillik quvvatni tanlashga asosiy e’tiborni konditsiyani asoslash vaqtidan boshlab qaratish talab etiladi. Download 45.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling