Fakultet: geologiya va muhandislik gelogiyasi fan: mineral xomashyolar iqtisodiyoti mustaqil ish
v.Yer qa’ridan to‘la va kompleks foydalanish tamoyili
Download 45.52 Kb.
|
6.Foydali qazilma konlarini iqtisodiy baholash
v.Yer qa’ridan to‘la va kompleks foydalanish tamoyili. Bu tamoyil mineral xom ashyolarni qayta tiklanmasligi, yer bag‘rida ular zaxiralarining cheklanganligi va tabiiyki, ularni asrab avaylash lozimligidan kelib chiqadi. Keyingi 50-60 yillar davomida konlardan foydalanish tezligi o‘nlab, hatto yuzlab baravar ortib ketdi va bu xol xali ham davom etmoqda. Mineral xom ashyolarning ba’zi bir turlari bo‘yicha ko‘plab mamlakatlar yer osti qazilmalarining tugab borayotganligi muammolariga duch kelmoqdalar. Shu bilan bog‘liq ravishda mineral hom ashyolardan tejabtergab foydalanish bo‘yicha yuzaga kelgan muammolarni xal etish dolzarbligicha qolmoqda. Yer qa’ridan qazib olingan, ma’lum bir qismi qayta ishlanib tashlab yuborilayotgan va chiqindi omborlari, boyitish fabrikalari va zavod chiqindixonalarida to‘planayotgan katta miqdordagi qattiq chiqindlarni kamaytirish kabi jiddiy muammolar yuzaga kelmoqda. Konlardan majmuaviy foydalanishni o‘z ichiga qamrab oluvchi, ahamiyati nuqtai nazardan avval aytib o‘tilgan muammolardan kam bo‘lmagan muammolardan yana biri, yirik quvvatli tog‘-kon sanoat ishlab chiqarish korxonalarini bir joyda tashkil etish, mineral xom ashyolarni razvedka qilish va qazib olishga kapital mablag‘larni keskin qisqartirish, mehnat harajatlarini, mineral xom ashyolarning razvedka qilish va qazib olish uchun vaqt va vositalarni tejash, ishlab chiqarishni esa nisbatan tezlik bilan kengaytirish hisoblanadi. Konlarni majmuaviy baholashning ulkan ahamiyatini akademik A.Ye.Fersman bundan qariiyb bir asr avval “Majmuaviy g‘oya –tub mohiyatiga ko‘ra, vosita va energiyaga eng kam sarf harajat qilib, maksimal foyda olishga erishishning tejamkorlik g‘oyasidir. Ammo, bu g‘oya nafaqat bugungi kun g‘oyasi, balki bu g‘oya bizning boyliklarimizni vahshiylarcha talon-taroj qilishdan muhofaza qilish g‘oyasi, xom ashyolardan ohiriga qadar foydalanish g‘oyasi, tabiiy zaxiralarni kelajak uchun saqlab qolish imkoniyatlari g‘oyasidir” deb ta’kidlagan edi.
g. Mineral xomashyolar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan sarf–harajatlarni minimumiga erishish. Tog‘ - kon sanoatida mahsulotlar olishga sarflangan harajatlar yo‘l qo‘yiladigan darajadan oshib ketmasligi lozim. Umumiy holatda, mineral xom ashyolar zaxira balansining, turli ishlab chiqarish tarmoqlarining mineral xom ashyolarga bo‘lgan extiyojiga nisbati, jamiyatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan harajatlar darajasini belgilaydi. Mineral hom ashyolar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan harajatlar me’zoni bu-ishlab chiqarish korxonasining ulgurja bahosidir. U konni baholashning muhim quroli, “sanoat” ma’dani, “sanoat” koni tushunchalarining me’zonidir. Foydali qazilmalarning katta qismi uchun mineral hom ashyolarning ulgurja bahosi, uni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan sarf-harajatlarda o‘z aksini topadi. Sanoatning ulgurja bahosi mineral hom ashyolarning o‘rtacha tarmoqlar tannarhiga(asosiy fondlar ammortizatsiyasi bilan birga) va me’yoriy rentabellikga asoslanadi. Bir qator foydali qazilmalar(neft, gaz, temir ma’danlari, rangli metallar, slyudalar va boshqalar) bo‘yicha ishlab chiqarish tannarxi va mos ravishda ulgurja bahosi geologiya–razvedka ishlariga sarflangan harajatlarni to‘la yoki qisman qoplash stavkasiga kiritilgan. Sanoat korxonalarining ulgurja baholari, mineral hom ashyolarning konditsiyalarini asoslash va hisoblash natijasida belgilanadi. Ulgurja baholar hom ashyo sifati bo‘yicha differensiatsiyalanadi. Masalan, ko‘mirning bahosi havza bo‘yicha, ularning zonalliligi va markasi bo‘yicha belgilanadi. Ko‘mir tarkibidagi kulning miqdori standartga nisbatan har bir foizga oshib borishi, uning narhini 3%ga kamaytiradi. Har bir foiz me’yordan ortiq namlik uchun ulgurja narx 1,5%ga kamaytiriladi. Ko‘mir tarkibida oltingugurtning miqdori har 0,1% ga o‘zgarsa, baho ham 1%ga o‘zgaradi. Download 45.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling