Fakultet: iqtisodiyot o’quv yili: 2020-2021 Semester: 1


«2015 yil yakunlari bo’yicha»


Download 436.49 Kb.
bet3/3
Sana02.01.2022
Hajmi436.49 Kb.
#193243
1   2   3
Bog'liq
moliya esse 1

«2015 yil yakunlari bo’yicha»

«2016 yil yakunlari bo’yicha»

«2017 yil yakunlari bo’yicha»

Oddiy aksiylar uchun:

0%

0%

0%

Hisoblangan va to’langan dividendlar miqdori (mln.so’m)

0

0

0

Imtiyozli aksiyalar uchun:

0

30%

30%

Hisoblangan va to’langan dividendlar miqdori (mln.so’m)

0

4 326,0

4 326,0

Kreditlar va depozitlar



Korporotiv mijozlar uchun

Kredit turlari

Muddati

Maksimal summa (gacha)

Asosiy kapitalga kreditlar

36 oy

1 mlrd so'm(100 000$)

Aylanma kapitalga kreditlar

18 oy

1 mlrd so'm(100 000$)

“TEZKOR AVTO”

36 oy

2 mlrd so'm(200 000$)



Jismoniy shaxslar uchun

Kredit turlari

Foiz stavkasi

Muddati

Maksimal summa

"Yangi uy plyus" ipoteka krediti

18%

20 yil

352 mln so’m

"Ekspress-1" modulli krediti

23%

1 yil

22 mln so’m



Yuridik shaxslar uchun muddatli depozitlar

Foiz stavkasi(gacha)

Valyuta

Omonat muddati

To’ldirish/qisman yechish

4%

AQSH $/Yevro

24 oy

Y’oq/yoq

15%

So’m

24 oy

Yo’q/yo’q

Bankning kelgusi yillarga qoygan moliyaviy maqsadlari (ming so`m)



Ko`rsatkichlar

2021

2022

2023

Aktivlar

8306371062

10960576016

14009463526

Majburiyatlar

717646536

9465249736

12071931639

Covokupniy kapital

1134724526

1495326278

1937531887

Sof foyda

182829507

264709196

354013053

Aktivlar rentabelligi

2.5%

2.7%

2.8%

Capital rentabelligi

18.2%

20.1%

20.7%

2020-yilda Bank yangi avtomatlashtirilgan bank tizimi va uning ishlashi uchun uskunalarni joriy etish bo’yicha ishlarni yakunlashni rejalashtirgan edi. Mazkur qadam respublikada o’xshashiga ega bo’lmagan yangi interfaol xizmatlarni joriy etish va mijozlarga tez va kun-u tun xizmat qilishni ta’minlaydi. Dastur ishga tushirilganidan so’ng aksariyat biznes-jarayonlar avtomatlashtiriladi.

Bunday salohiyat bilan, 2020-yilning yakunida barcha aktivlarni 6,6 trln. so’mgacha oshirish rejalashtirilmoqda.

Bankning yalpi daromadi (filiallararo operatsiyalardan olingan daromadlarni hisobga olmaganda) 2020-yilda 909,2 mlrd. so’m darajasida bo’lishi rejalashtirilgan. Daromadlarning o’sishiga biznesning barcha: korporativ, tijoriy va chakana strategik yo’nalishlarini reja asosida rivojlantirish hisobiga erishiladi.

Mijozlar bazasi o’sib borishi bilan yirik qoldiqli va yaxshi ishlangan mijozlarga e’tibor qaratiladi. Bu 2020-yil yakunida yuridik shaxslarning hisoblarida qoldiqni 2,5 trln. so’mgacha oshirish imkonini beradi (shu jumladan, xorijiy valyutada).

Korporativ mijozlarning milliy valyutadagi hisoblariga xizmat ko’rsatish, prognozlarga ko’ra, kamida 65,6 mlrd. so’m, mijozlarning xorijiy valyutadagi hisoblariga xizmat ko’rsatish va tashqi iqtisodiy faoliyatni yuritish bo’yicha xizmat ko’rsatish esa 126,4 mlrd. so’m miqdorda komissiya daromadini keltiradi.

Resurs bazasining turg’unligini qo’llab-quvvatlash maqsadida yuridik shaxslarning muddatli depozitlarini jalb qilishga alohida e’tibor qaratiladi. 2020-yilning yakunida ularning qoldig’ini 387,8 mlrd. so’mgacha yetkazish rejalashtirilmoqda (shu jumladan xorijiy valyutada), ularning foiz xarajati 52,8 mlrd. so’m ni tashkil etadi.

Jalb qilingan vositalar Bankning faol operatsiyalarini, aynan kreditlashning asosiy manbai hisoblanadi. 2020-yilda kredit portfelini 4,1 trln. so’mgacha oshirish rejalashtirilmoqda, ulardan 2,1 trln. so’mi milliy valyutadagi kreditlar va 2,0 trln. so’mi so’m ekvivalentda xorijiy valyutadagi kreditlarga to’g’ri keladi.

Chakana biznes va chakana kreditlashni rivojlantirish nisbatan yuqori daromadlilik va kredit portfelining sezilarli darajada diversifikatsiyasi tufayli istiqbolli yo’nalish hisoblanadi. 2020-yilda chakana kredit portfelning qoldig’i 1,4 trln. so’m bo’lishi prognoz qilinmoqda.

Prognoz qilinayotgan chiqarish hajmi va foiz stavkalarini e’tiborga olib, bank kreditlashdan 2020-yilda 567,6 mlrd. so’m miqdorda daromad olish niyatida.

2020-yilda jismoniy shaxslarga xizmat ko’rsatishdan Bank 82,4 mlrd. so’m miqdorida daromad olishi kutilmoqda. Shu bilan birga, plastik kartalardan foydalanishda ko’rsatiladigan xizmatlardan (kartalarning emissiyasi, tranzaksiyalarni qayta ishlash, to’lovlarni qabul qilish) olinadigan daromad 56,6 mlrd. so’mni tashkil qiladi. Chakana biznes bo’limlarida ko’rsatiladigan xizmatlardan (pul ko’chirish, hisob raqamlardan vositalarni ko’chirish, naqd vositalarini berish) 25,8 mlrd. so’m darajasidagi daromad kutilmoqda.

Bundan tashqari, chakana mijozlar bank uchun strategik mijozlar hisoblanadi, chunki ularning vositalari bank resurs bazasining 40% ni shakllantiradi. 2020-yilda jismoniy shaxslarning depozitlaridagi qoldiqni 2,3 trln. so’mgacha yetkazish rejalashtirilmoqda, ulardan muddatli omonat 1,9 trln. so’mni tashkil etadi. Omonatlar bo’yicha joriy o’rtacha stavkalarni hisobga olib, aynan xorijiy valyutadagi omonatlar bo’yicha 4% va milliy valyutadagi omonatlar bo’yicha 18%, ham milliy valyutada, ham xorijiy valyutada qoldiqlarning tobora oshirilishi kutilmoqda.


Bankning xarajatlari va moliyaviy natija


2020-yilda foiz xarajatlarning prognozi (filiallararo depozitlar bo’yicha foizlarni hisobga olmasdan) 295 mlrd. so’mni tashkil etadi. Foiz xarajatlarning o’sishi bozorda moliyaviy resurslarga stavkalarning oshishi bilan bog’liq, bu Markaziy Bankning pul-kredit siyosatini keskinlashtirish oqibati hisoblanadi. Bundan tashqari, Markaziy bankning uzoq muddatli resurs bazasiga talablari o’sdi, ularni bajarish uchun Bankka bir yildan ortiq muddatga qo’shimcha muddatli depozitlarni jalb qilish talab etiladi, ular “qisqa” resurslarga nisbatan qimmat hisoblanadi.

2020-yilda foizsiz xarajatlar 83,3 mlrd. so’m darajasida rejalashtirilgan. 2020-yilda komissiya daromadlari, shuningdek spot va konversiya operatsiyalarini amalga oshirishda kurs farqi ko’rinishidagi daromadlarning ortishi bilan bog’liq o’sish kutilmoqda.



2020-yilda operatsiya xarajatlarining prognozi 316 mlrd. so’mni tashkil etadi.

Yuqorida keltirilgan tendensiya va prognozlarni hisobga olgan holda, 2020-yil uchun Bankning sof foydasi kamida 120,7 mlrd. so’m darajasida prognoz qilinmoqda. Shu bilan birga aktivlarning rentabelligi 2,0%, jami kapitalning rentabelligi esa 17,2% ni tashkil qiladi.
Download 436.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling