Fakultet: iqtisodiyot o’quv yili: 2020-2021 Semester: 1


Download 436.49 Kb.
bet1/3
Sana02.01.2022
Hajmi436.49 Kb.
#193243
  1   2   3
Bog'liq
moliya esse 1


2-ORALIQ NAZORAT TOPSHIRIG’I

Fakultet: IQTISODIYOT

O’quv yili: ____2020-2021___

Semester: _____1______

Familiya, ism, sharif:
Sobirjonov Muzaffar Ilhomjon o`gli

Yo’nalish (misol uchun, MOLIYA):
Menejment

Mavzu nomi:”Kapitalbank” (ATB)

Ma’ruzachi ism-familiyasi:
XIDIROV NODIR G’IYOSALIYEVICH

Talaba imzosi:


Men ushbu topshiriqni bajarishda barcha baholash qoidalarini o'qiganimni, tushunganimni va ularga rioya qilganimni tasdiqlayman.

Siz barcha yuborilgan topshiriq nusxalarini saqlashingiz shart!

Topshiriq berilgan sana: 16.11.2020

Topshiriq bajarilgan sana: 10.12.2020

Topshiriq qabul qilingan sana:
10.12.2020


Topshiriqning bajarilishiga BAHOLOVCHI tommonidan berilgan FIKR-MULOHAZA:

Topshiriqni bajarilishiga qo’yilgan BAHO:



Tekshiruvchi IMZOSI va F.I.SH.:

Bank tarixi

“Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki 2001-yil aprelda tashkil topgan. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda “Kapitalbank” ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va  ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi.

Soha parametrlari bo‘yicha mijozlar bazasining diversifikatsiya qilingan tuzilmasini shakllantirish, tarif siyosatining o‘rtacha bozor darajasiga yo‘naltirilganligi, uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish va mijoz biznesini samarali qo‘llab-quvvatlash –  mijozlar borasida bank  olib boradigan siyosatning asosiy yo‘nalishidir.

Bank xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha hududiy tarmoqni kengaytirish bank faoliyatining mintaqaviy ekspansiyasi strategiyasida  muhim omil  sanaladi.  “Kapitalbank” ATBning  barcha filiallari bank xizmatlari sonini ko‘paytirib, yangi mijozlarni jalb qilgan holda mintaqaviy bozorlarda faol ishlamoqda. Qayerda joylashganligidan qat'i nazar bankning barcha ofislarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari imkon qadar yuqori bo‘lishi va zamon talablariga  to‘liq darajada javob berishi yo‘lida bank o‘zining barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda. Bank tizimida tatbiq etilgan zamonaviy axborot texnologiyalari filiallarda  mijozlar Bank taqdim etadigan barcha xizmatlardan foydalanishlari uchun keng imkoniyat yaratadi.

Bank xizmatlari ko‘rsatishning yagona standartlari tatbiq etilgan, bankning joriy faoliyati va xizmatlari to‘g‘risida axborot muntazam chop etib boriladi, shuningdek bank xalqaro va milliy ko‘rgazma va anjumanlarning faol ishtirokchisidir.

Bankning turli assotsiatsiya, birja va kliring markazlariga a'zoligi unga bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish, yangi va innovatsion bank xizmatlarini tatbiq etish jarayonlarida, shuningdek bank xodimlarining malakasini oshirish dasturlarida  ishtirok etish imkonini beradi.

Bankning o‘z obro‘-e'tibori va mavqeini oshirishga intilishi so‘nggi yillardagi faol marketing va reklama faoliyatida namoyon  bo‘lmoqda.


Download 436.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling