Fakulteti ­­ guruh talabasi


Yuk ortish-tushirish punktlarining o’tkazuvchanlik qobiliyati


Download 63.27 Kb.
bet6/9
Sana18.06.2023
Hajmi63.27 Kb.
#1560330
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
XURSHIDAGA

2.2 Yuk ortish-tushirish punktlarining o’tkazuvchanlik qobiliyati.
Har qanday yuk tashish transport jarayonini amalga oshirishda yuklarni transport vositasiga ortish bilan bog´liq sermehnat, ba’zida esa, jismonan og’ir ish bajarishga to’gri keladi. Tashish nihoyasiga yetganda esa, yuklarni tushirish zarur bo’ladi. Yuklarni tushirish sermehnat, hamda, jismonan og’ir ishlardan biridir.
Ortish-tushirish ishlari asosiy va qo´shimcha operatsiyalardan iborat bo’ladi. Asosiy operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
- shtabellar, yoki, boshqa saqlash joylaridan yuklarni olish;
- ortish joyiga keltirish;
- transport vositasiga ortish;
Tushirishda shu operatsiyalarning aksi bajariladi. Qo’shimcha operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
- yuklarni taraga joylash va zaruriyatga ko’ra markirovkalash;
-tarozidan o’tkazish (hajmini o’lchash);
- xujjatlarni tayyorlash; yuklarni boglab mahkamlash, yoki, bog’lovdan bo’shatish, ustini brezent bilan yopish va boshqalar.
Amaliyotda avtomobillarni ortish-tushirish opeartsiyalarida bekor turish vaqti ularning yo’nalish (ish)da bo’lish vaqtlarining uchdan biriga to’gri keladi. Avtomobil transporti uchun harakterli bo’lgan qisqa masofalarga yuk tashishda ba’zi yuklar uchun avtomobillarning ortish-tushirish operatsiyalarida bo’lish vaqti ulushi 50 va undan ham ortiq foizlarni tashkil etadi.
Shularga ko’ra, transport vositalaridan foydalanish samaradorligi o’zgarib turadi. Ortish-tushirish ishlarini to’gri tashkil etish va ularni zaruriyatga ko’ra mexanizatsiyalash avtomobillarning bo’sh turish vaqtlarini, hamda, tashish bilan bog´liq harajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
Avtomobillarda yuk tashishni tashkil etish amaliyotida yuk ortish-tushirish joylarida avtomobillarning barcha bekor turish (sababidan qat’iy nazar) vaqtlari ortish-tushirish vaqtiga kiritiladi.
Ortish-tushirish vaqti quyidagi elementlardan iborat:

  • kutib qolish vaqti;

  • avtomobilning manyovr qilishiga sarflangan vaqt;

  • ortish-tushirishning o’ziga sarflangan vaqt;

  • hujjatlarni rasmiylashtirishga sarflangan vaqt.

Mexanizatsiyalashtirilmagan ortish-tushirish ishlarida barcha operatsiyalar ishchilarning qo’l mehnati bilan bajariladi. Mexanizatsiyalashtirilgan ortish-tushirish ishlarida esa, barcha operatsiyalar turli mashina va mexanizmlar yordamida bajariladi. Mexanizatsiyalashtirilgan ortish-tushirish usulini qo’llash transport vositalarining ayni operatsiyalarni bajarishda bekor turib qolishini kamaytiribgina qolmay, og’ir va sermehnat operatsiyalarni bajarishni yengillashtiradi. Yuk ortish-tushirish ishlarini bajarishda 16 yoshdan kichik bo’lgan shaxslarni ishlatish qat’iyan man etiladi. Qo’l yordami bilan bir yerdan ikkinchi yerga tashiluvchi yuklar 16 dan 18 yoshgacha bo’lgan o’spirin yig’itlar uchun 16,4 kg va qizlar uchun 10,25 kg, ayollar uchun 80 kg dan ortiq bo’lmasligi shart. 80 kg dan ortiq yuklarni bir yerdan ikkinchi yerga ko’chirish, yoki, ortish-tushirish ishlarini bajarish faqatgina mexanizmlar yordamida amalga oshirilishi zarur.Yuk jo‘natuvchi (yetkazib beruvchi) transport tashkiloti va yuk qabul etuvchi. Ular har birining transport jarayonidagi vazifasiga ko‘ra tashishlar markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan xillarga bo‘linadi. Markazlashtirilgan tashishlar deyilganda, shunday tashish jarayonini tashkil etish tushiniladiki, unda transport tashkiloti yoki yuk jo‘natuvchi yuklarni barcha iste’molchi talabiga binoan yetkazib beradi. Markazlashtirilmagan tashishlarning markazlashtirilgan tashishlardan farqi shundaki, har bir yuk qabul etuvchi o‘ziga zarur bo‘lgan yukni tashishni hamda tashish bilan bogliq bo‘lgan ortib-tushirish va ekspeditsion ishlarni o‘zi bajaradi. Buning uchun yuk qabul etuvchi avtotransport tashkilotiga talabnoma bilan murojaat qiladi, ortish punktiga yuk ortuvchi ishchilar, ekspeditor va avtotransport tashkilotiga tegishli avtomobil bilan kelib, yukni qabul qiladi, yo‘lda qarab boradi (ya’ni, ekspeditsion ishni bajaradi) va o‘z omboriga tushirib oladi. Tashishni bunday tashkil etishda yuk jo‘natiladigan punktda juda ko‘p avtomobillar, yuklovchilar, ekspeditorlar yigilib qolib, yukni qabul etishda uzoqdan-uzoq kutish navbati hosil bo‘ladi. Ortish operatsiyasi, odatda, qo‘l kuchi bilan bajariladi, chunki yetkazib beruvchi (yuk jo‘natuvchi) ortish operatsiyasini mexanizatsiyalashgan qiziqmaydi va unga javob bermaydi. Avtotransport saroyi berilgan talabnomaga binoan zarur miqdordagi transport vositasini ajratib beradi, lekin tashishni tashkil etish va transport jarayonining bajarilishiga javob bermaydi. Tashishni tashkil etishning bunday tizimi yuk qabul etuvchilarning o‘z transport vositalari bo‘lishiga olib kelib, transport saroylarining maydalashishiga olib keladi, yuk oqimlari ham maydalashadi. Bu esa yuklarni ratsional (oqilona) marshrutlar tashkil etib tashishga yo‘l qo‘ymaydi, maxsus va maxsuslashtirilgan transport vositalaridan foydalanish imkoni nihoyatda kamayib ketadi. Bularning barchasi transport ishlatish harajatlarining ortishi hisobiga yuk tashish xarajatlarini ko‘paytirib yuboradi.
Yuqorida keltirilgan kamchiliklarning ko‘pchiligini yuk tashishni markazlashtirilgan usulida bartaraf etib, transport vositalarining ish unumini oshirish, tashish tannarxi va mijozlar xarajatlarini kamaytirish mumkin. Yuk tashishning markazlashtirilgan usuli yuk egalariga xizmat ko‘rsatish madaniyatini ko‘tarish madaniyatini ko‘tarish va transport ishlarini tashkil etishni yaxshilaydi.
Yuk tashishning markazlashtirilgan usulini qo‘llashda transport jarayonlarida qatnashuvchi tomonlarning o‘zaro aloqalari quyidagicha bo‘ladi:

  • yuk jo‘natuvchi yoki uning yukini yetkazib beruvchi tashkilot transport tashkilotiga talabnoma beradi;

  • yuklarni avtotransport saroyi, aksariyat hollarda, umumfoydalanish avtotransport saroyi tashib beradi;

  • yukni tushirib va qabul qilib olish yuk qabul etuvchilar zimmasida bo‘ladi;

  • yuklar avtotransport saroyi tomonidan kuzatib boriladi, bunda ekspeditorlik vazifasini amalda haydovchi bajaradi. qimmatbaho tosh va metallar, topshirishda qayta sanaluvchi yoki tortib topshiriluvchi va shunga o‘xshash yuklarni tashish bundan mustasno;

  • tashish uchun haq va hisob-kitobni yuk jo‘natuvchi ya’ni transportga talabnoma bergan tashkilot to‘laydi. Yuk jo‘natuvchilar xarajatlarini yuk egalari qoplab, jo‘natuvchilar bilan hisob-kitob qiladi.

Shunday qilib, markazlashtirilgan yuk tashish usulida, yuk qabul qilib oluvchilar transport jarayonidagi tashishda qatnashmaydi va ular yuklarni o‘z vaqtida tushirib olishgagina javob beradi.
Markazlashtirilgan yuk tashish tizimi quyidagi afzalliklarga ega:

  • yukni jo‘natuvchilardan ularni qabul qiluvchilarga bir maromda yetkazib berish hamda ularni yetkazib berish vaqtlarini tejash sharoitlari yaratiladi;

  • transport vositalarining oldindan kelishilgan chizma asosida ishlashi ularning ortish operatsiyasida kutib turishini yo‘qotish yoki kamaytirish bilan birga, bunday operatsiyalarni mexanizatsiyalash imkoni bo‘ladi; yuklovchilar va ekspeditorlarga talab bo‘lmaydi;

  • maxsuslashtirilgan transport vositalaridan foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish va yuk egalarining tashish xarajatlarini anchagina qisqartirish mumkin;

  • tashish hajmiga zarur bo‘lgan transport vositalarini kamaytirish hisobiga materiallar va ishchi kuchiga bo‘lgan talab ham kamayadi;

  • yuk tashish tannarxi arzonlashadi;

  • transport vositalarining ish unumini va ulardan foydalanish samaradorligi oshadi;

  • tezkor rejalashtirishda iqtisodiy-matematik usullar va EHM dan foydalanish imkoni yaratiladi.

Bularning barchasi birgalikda mayda ATS larini tugatish hisobiga yiriklashtirilgan avtomobil saroylari ulushining ko‘payishiga yordam beradi. Markazlashtirilgan yuk tashish tizimiga o‘tish yuk egalari ishini ham takomillashtirishga olib keladi.
Xo'jalik faoliyati amaliyotida moddiy oqimlarni boshqarish tizimlaridan foydalanish xom ashyoni sotib olish va yakuniy iste'molchiga tovar etkazib berish o'rtasidagi vaqt oralig'ini qisqartirish zarurati bilan izohlanadi. Logistika tovar-moddiy zaxiralarni minimallashtirishga imkon beradi va ba'zi hollarda ulardan foydalanishni butunlay rad etadi, tovarlarni etkazib berish vaqtini sezilarli darajada qisqartirishga imkon beradi, ma'lumot olish jarayonini tezlashtiradi va xizmat ko'rsatish darajasini oshiradi.
Yuklarni ko’tarish-tashish ishlarida yuqorida ko’rib o’tilgan mexanizatsiyalashgan ko’tarish-tashish mashinalari va mexanizmlari bilan bir qatorda oddiy qurilmalardan ham keng foydalaniladi. Bo’lar jumlasiga pishang (richag)lar, rolganglar, nishabliklar, tarnovlar, aravachalar, priseplar kiradi.
Rolganglar maxsus tayyorlangan ramaga o’rnatilgan aylanuvchi roliklardan iborat.
Aravachalar bir, ikki, uch, yoki, to’rt g’ldirakli qilib tayyorlanadi. Bir, yoki, ikki g’ldirakli aravachalarning harakatlanishga qarshiligi kam, ammo yuk og’irligining ma’lum qismi yuk tashuvchiga tushadi.
Shuning uchun, ular tashish yo’li notekis bo’lgan hollarda ishlatiladi. Uch va to’rt g’ldirakli aravachalar muvozanatlashgan bo’ladi, ammo ularning harakatlanishga qarshiligi katta. Ulardan tsexlarning ichida (tashish yo’li asfaltlangan, tekis bo’lsa) foydalanish qulay.
Shatakkka olinadigan tashish vositalariga priseplar va trallerlar kiradi. Bir o’qli priseplar uzunligi bo’yicha katta o’lchamga ega bo’lgan yuklarni (po’lat quvurlar, taxta materiallari va sh.k.) tashishda ishlatiladi. Ko’p o’qli priseplar - traller deb ataladi. Ulardan katta o’lchamli bo’linmaydigan og’ir vaznli yuklarni (ekskvatorlar, gusenitsali traktorlar va sh.k.) tashishda foydalaniladi.

Download 63.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling