Fakulteti guruh talabasi ning


Download 136.95 Kb.
bet6/6
Sana19.06.2023
Hajmi136.95 Kb.
#1621583
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Rangli metal konsentratlarini kuydirish pechlarining xisobi

SANOAT TIPLARI

Temir konlari barcha genetik tiplarda uchraydi. Biroq, bulardan cho‘kindi, vulkanogen-cho‘kindi, kontakt-metasomatik va metamorflashgan konlar muhim sanoat ahamiyatiga ega.
Rossiyadagi Kursk magnit anomaliyasi (KMA) Yer sharidagi eng yirik temir ma’danli provinsiyalardan biri hisoblanadi. KMA hududi 90 ming km2 bo‘lib, Kursk va Belgorod shaharlari atrofidajoylashgan. Uning 400Ч150 km o‘lchamli markaziy qismi amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi. Maydondagi temir ma’daniga boy qadimgi metamorfik jinslar qalinligi yer yuzasidan 80–100 m chuqurlikda o‘rtacha 50–80 m, ayrim joylarda 300 m ni tashkil qiladi. Tarkibida 26–38 % Fe bo‘lgan kvarsitlar kambag‘al ma’dan hisoblanadi. Kvarsitlarning yuqori nurashga uchragan qismi esa boy hisoblanadi. Bu(razrez KMA) qismda temir miqdori 54–65 %ni tashkil qiladi.
O‘zbekistonning temirga bo‘lgan bir yillik ehtiyoji 1,8 mln tonnani tashkil etadi. Buning 600 ming tonnasi qora metallar chiqindilari va lom hisobiga va 1,2 mln tonnasi import hisobiga qondiriladi.
Respublikamizda temirning 200 ga yaqin kichik kon va ma’dan namoyonlari mavjud bo‘lib, qadim-qadimda bu yerlarda temir eritib olingani arxeologlar tomonidan aniqlangan. Bunday joylarga Shimoliy Nurota, Boysun tog‘lari, Chotqol-Qurama regioni kiradi. Hozirgi paytga qadar mufassal o‘rganilib razvedka qilingan obyekt Surenota ma’danli maydoni sanaladi.
Surenota ma’danli maydoni.
Bu maydon Surenota tog‘ cho‘qqisida joylashgan bo‘lib, ma’muriy jihatdan Toshkent viloyati Bo‘stonliq va Parkent tumanlari chegarasida joylashgan. Ma’danga yaqin aholi punktlari – Parkent shahri (7–8 km) va Kumushkon posyolkasi. Maydonda temir ma’danini qadimda qazib olinganligini bildiruvchi karyer ko‘rinishidagi eski lo‘mlar uchraydi. 1959–62-yillarda olib borilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida maydonda G‘arbiy, Sharqiy, Qo‘tirbuloq, Dalniy, To‘rtqora, Oqberdi, Laylakxona va Surenota uchastkalari aniqlanib o‘rganilgan. Surenota ma’danli maydonidagi temir ma’danining bashoratli resursi 90 mln t, bor elementi ma’dani resursi 0,5 mln t, magniy elementi ma’dani resursi esa 35–50 mln t deb hisoblangan.
Ma’danda temir ma’danlashishi uch tipga ajratiladi:
1) gematit-limonitli. Bu tipga ma’dandagi Qo‘tirbuloq va Pochasyorbuloq ma’dan namoyonlari kiradi.
2) skarn-magnetitli. Bu tipga Zapadno‘y, Vostochno‘y, Laylakxona va Surenota uchastkalari kiradi..
3) kvars-gematitli tipga esa To‘rtqora va Oqberdi uchastkalari kiradi.
Qo‘tirbuloq uchastkasida ma’danlashish 250 m kenglikda 5 km masofaga cho‘zilgan bo‘lib, o‘rta devonning jivet yarusi terrigenkarbonatli jinslari orasida linza shaklida yotadi. Temir miqdori 24 %dan 62,7 %gacha boradi. Ma’dan tarkibi limonit-gematitli. Skarn – magnetitli tipga mansub uchastkalardan eng keng o‘rganilgani Zapadno‘y hisoblanadi. U Surenota tog‘i markaziy qismida, intruziv jinslar bilan karbonatli jinslar kontaktiga joylashgan.
Bu yerda cho‘kindi jinslar metasomatik o‘zgargan, brusit jinslariga aylangan.
Uchastkadagi ma’dan tarkibi magnetitli bo‘lib, pirit, xalkopirit, vismutin ham uchraydi.
Temirning o‘rtacha miqdori 38,5 %, mis – 0,1 %, kobalt – 0,002 foiz, vismut – 0,005 %. Uchastkaning bashoratlangan resursi – 15 mln t temir ma’dani
Marganets ma’dani konlarining sanoat tiplari turli genetik guruhlarga mansub bo‘lib, ulardan marganetsning asosiy zaxirasi va uni qazib olish bo‘yicha cho‘kindi va nurash konlari asosiy tip sanaladi. O‘zbekistonda marganetsning sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan konlaridan vulkanogen-cho‘kindi va eksfiltratsion turlari mavjud bo‘lib,ularga Samarqand viloyatidagi Dovtosh va Taxtaqoracha hamda Markaziy Qizilqumdagi Alisoy konlari kiradi. Taxtaqoracha marganets koni Qoratepa tog‘lari shimoliy-sharqiy qismining shimoliy yon bag‘rida, Samarqand shahridan 40 km janubda, Samarqand-Kitob avtoyo‘lidan 1 km masofada joylashgan.
Kon hududida 52 ta ma’dan namoyoni aniqlangan bo‘lib, ular 5 ta uchastkaga birlashtirilgan. Konning VqS1 qS2 toifasi bo‘yicha zaxirasi 174 m chuqurlikkacha hisoblangan bo‘lib, 1 mln 691 ming t ni tashkil etadi. Marganetsning o‘rtacha miqdori 15,67 %.
Marganetsning ma’danlashishi quyi silurning asosan kremniyli va ohakli slanetslari bilan genetik bog‘langan. Mahsuldor gorizont subkenglik yo‘nalishida 8 km masofaga cho‘zilgan bo‘lib, qalinligi 100–300 m, yotish burchagi 50–80°. Ma’dan tanalari shakli linza va qatlam ko‘rinishida bo‘lib, yondosh jinslar bilan mos holda yotadi. Marganetsning asosiy ma’dan hosil qiluvchi minerallari: pirolyuzit, psilomelan, braunit, gausmanit, vernadit kompleksidan iborat

XULOSA
Kurs loyiham kirish va nazariy qismlardan iborat bo'lib, hamda yuklanadigan mahsulotning ishlab chiqarilishi, yuklangan mahsulot qancha ajralganligi hisoblab topilgan.
O'zbekistonda qora metallurgiyaning axamiyati va rivojlanishi hamda po'lat eritish agregatini ishlash prinsipi va dastgoh tuzilishi korsatilgan.
Texnologik qismida hajmi 400 tonna po'lat eritish pechining material va issiqlik balansi hisoblangan.
Xisobot natijasida 100 kg xom ashyo sarflanib, 96.317 kg metal olindi. Bundan shlakning tarkibiga 6,839 kg o’tgan.
DSP pechining erish davridagi issiqlik balansi jadvalda keltirilgan. Transformatorga sarflanadigan quvvat 45.38 kVA ga tengligi hisoblab topilgan.
Hozirgi kunda Respublikamizda. APO “O’zmetkombinat” boshqa elektr yoyli pechlar Navoiy KMK (5 pech), Olmaliq KMK (2 pech) va bir qancha Mashinasozlik zavodlarida muayyan ishlab turibdi. 2010-2012 yilda Toshkent shahar Sergeli tumanida O’zbekiston, Xitoy, Rossiya va AQSH qo’shma truba ishlab chiqarish zavodida 3 elektr pechi qurilishi rejalatilgan va qurulyapti. Ko’rilgan misollardan ko’rinib turibdiki, elektr pechlarida po’lat va ferroqotishmalar olish butun dunyo bilan ham ohangda O’zbekistonda ham keng tarqalmoqda va bu texnologiya kelajagi porloqdir.
Loyihani ishlash jarayonida men yoyli po'lat eritish pechining ishlash jarayonini to'liq o'rgandim va xisobot qildim
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1. V.I Yavoyskiy, Teoriya protsessov proizvodstva stali. M.: Metallurgiya 2001g.
2. b) A.A Yusupxodjaev,.,Proizvodstvo stali. Tashkent 2016
3. v) Mastryukov B.S. «Teoriya, konstruktsii i raschet metallurgicheskix pe- chey» Metallurgiya 1986g.
4. g) «Metallurgiyada issiqlik texnikasi»fanidan ma'ruza matni, Toshkent 2015 y.
5. d) Xudoyarova Sh.A. «Po'lat va ferrosplav elektrometallurgiyasi» fanidan o'quv qo'llanma, Toshkent 2014y.
6. Yusupxodjayev A.A. Og‘ir rangli metallar metallurgiyasi. T.: ToshDTU. 2000. 120 b.

7. Xasanov A.S., Sanakulov K.S., Yusupxodjayev A.A. Rangli
metallar metallurgiyasi. T.: «FAN». 2009. 375 b.
8. Уткин И. Н. Металлургия цветных металлов.
9. Метал-лургия. 2006 г. 486 с.
10. www. rudmet.ru
11.www. Ziyo-net.uz
12. www.mstu.edu.ru
13. www.AGMK.uz
14. Yusupxodjayev A.A. Pirometallurgiya jarayonlar nazariyasi.
T.: ToshDTU. 2002. 128 b.
15. Отражательная плавка медных концентратов. М.: Метал- лургия. 1976. 350 с.
16. Мечев В. В., Быстров В. П., Тарасов А. В. и др. Автоген-
Ныеп роцессы в цветной металлургии. М.: Металлургия.1991.415 с.
17. Abdurahmonov S.A. Gidrometallurgiya jarayonlar nazariyasi
va dastgohlari. Navoiy. 2001. 397 b.
18. Степанов Б. А. Новые процессы и аппараты в металлур-
гии золота. Учебное пособие. Ташкент, ТашГТУ, 2003. 83 с.


Download 136.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling