Fakulteti informatika o‘qitish metodikasi
Download 453.89 Kb.
|
2-Amaliy mashg\'ulot. Moodle tizimida o\'quv materiallarini joylashtirish
Forum - moduli ishtirokchilarga asinxron rejimda, ya’ni uzoq vaqt davomida muloqot qilish imkonini beradi. Tanlash imkoniyatini beruvchi quyidagi bir nechta forum turlari mavjud: har bir kishi istalgan vaqtda yangi muhokamani boshlashi mumkin bo‘lgan standart forum; har bir talaba bitta muhokamani boshlashi mumkin bo‘lgan forum yoki "savol-javob" forumi, bu yerda talabalar boshqa talabalarning javoblarini ko‘rishdan oldin xabarga javob berishlari kerak. O‘qituvchi forumda xabarlarga fayllarni qo‘shishga ruxsat berishi mumkin. Qo‘shilgan tasvirlar forum xabarlarida aks etiriladi. Ishtirokchilar forumning yangi ma’lumotlari haqida xabar olish uchun forumga obuna bo‘lishlari mumkin. O‘qituvchi quyidagi obuna rejimlarini o‘rnatishi mumkin: ixtiyoriy, majburiy, avtomatik yoki butunlay obunalarni ta’qiqlash. Agar zaruriyat bo‘lsa, talabalarga ma’lum bir vaqt mobaynida forumda ma’lum miqdordan ko‘p xabarlarni joylashtirish ta’qiqlanadi. Forum xabarlari o‘qituvchilar yoki talabalar tomonidan baholanishi mumkin (teng xuquqli baholash). Ballar jurnaliga yozib olinadigan yakuniy baholashni shakllantirish uchun ballar birlashtirilishi mumkin.
Forumlar: talabalar bir-birlari bilan tanishishlari uchun, ular muloqot qilishlari uchun muhit; kurs e‟lonlari (majburiy obuna bo‘linadigan yangiliklar forumi); kurs mazmunini yoki o‘qish materiallarini muhokama qilish; shaxsiy uchrashuvda ilgari boshlangan muhokamani davom ettirish; o‘qituvchilar o‘zaro muloqotlar uchun muhit(yashirin forum yordamida); o‘qituvchilar va talabalar maslahat berishi mumkin bo‘lgan markaz; talabani individual qo‘llab-quvvatlash (alohida guruhlar va guruhdagi bitta talaba bilan forum orqali); qo‘shimcha tadbirlar uchun, masalan talabalar uchun "Bosh qotirmalar" yoki o‘ylab ko‘rish va yechimlarni taklif qilish uchun "Aqliy hujum" kabi turli xil tatbiqlarga egadir. XULOSA Ta'lim jarayonini takomillashtirish jarayonlari amalga oshirilayotgan bir vaqtda masofaviy o'qitish jarayoniga ham juda katta e'tobor berilmoqda, jumladan hozir masofaviy ta'lim tizimlari asosida ta'lim vazirliklari, oliy o'quv yurtlari o'zlarining virtual ta'lim tizimlarini yaratib, shu asosda ta'lim jarayonini tashkillashtirmoqda. Oliy ta'lim tizimida talabalarning kasbiy tayyorgarligini hozirgi zamon talablari darajasida shakllantirish, bilim, ko'nikma va malakalarini yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalangan holda oshirish oliy ta'lim oldiga qo'yilgan muhim vazifalardan biridir. Shu nuqtai nazardan ushbu BMIda axborot texnologiyalarini o'zlashtirish va undan foydalanishning amaliy asoslarini yaratish yoritib berilgan. Mamlakatimizda axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda shu tariqa jahon taraqqiyotining global yo'nalishiga kirib borib ta'lim sohasida axborot resurslarini tashkil etishga jiddiy e'tibor qaratilgan. BMIda o'qitishni kompyuterlashtirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish vazifalari bayon etilgan. Jamiyatning har bir a'zosi, jumladan talabalar ham jahon tsivilizatsiyasining axborot maydonidan ma'lumotlar oladi. Bu esa ularning intellektual salohiyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Zamonaviy kompyuter va kommunikatsiya texnologiyalarining oliy ta'lim mazmunini rivojlantirishdagi ahamiyatini maxsus variantlar asosida takomillashtirish ko'rsatilgan. Zero, talaba o'z faoliyatida zarur bo'lgan axborotlarni o'zi mustaqil izlab topishi va mustaqil ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyatiga ega bo'lishi lozim. Shu sababli hozirgi kunda ta'limni axborotlashtirishning asosiy yo'nalishlarini masofali kurs asosida o'rganish muhim ahamiyatga ega. Bitiruv malakaviy ishining natijasi masofaviy ta'lim tizimining strukturali sxemasini tuzish va shu tizim yordamida mavjud resurs va vositalardan foydalanib "Microsoft Office paketlar majmui" mavzusi bo'yicha o'quv kursini yaratish hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, o'qitishdagi virtual shaklning kengayishi -ta'lim tizimi evolyutsiyasining tabiiy bosqichi, ya'ni bo'r-doskadan kompyuter o'rgatuvchi dasturlarga, odatdagi kutubxonalardan elektron kutubxonalarga, kichik o'quv guruhlardan masofali kurslarga o'tish desak mubolag'a bo'lmaydi. Shuning uchun masofali va an'anaviy ta'lim shakllarini bir-birini to'ldiruvchi sifatida qabul qilish mumkin. Bugungi kunda sifatli ta'lim-bu bilim olishning turli shakllari va zamonaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan foydalanish kata samara bermoqda.
Download 453.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling