Fakulteti kafedrasi Roʻyxatga olindi №


-rasm. 2022-yilda tashrif buyurgan sayyohlar soni (davlatlar kesimida)


Download 286.07 Kb.
bet10/12
Sana22.04.2023
Hajmi286.07 Kb.
#1376991
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kurs ishi 2023 (1)

5-rasm. 2022-yilda tashrif buyurgan sayyohlar soni (davlatlar kesimida)
Manba: stat.uz O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi
2022 yilda xorijiy davlatlardan O’zbekistonga jami 5,2 million nafar sayyoh tashrif buyurdi. Bu 2021 yilgi ko’rsatkichdan (1,8 milllion nafar) deyarli uch barobarga ko’p.
Jumladan, Turkiyadan 75,5 ming (2021 yilga nisbatan 171 foizga ko’p), Janubiy Koreyadan 19,9 ming (2021 yilga nisbatan 347 foizga ko’p), Germaniyadan 17,7 ming (2021 yilga nisbatan 257 foizga ko’p), AQSH dan 13,1 ming (2021 yilga nisbatan 242 foizga ko’p), Fransiyadan 11 ming (2021 yilga nisbatan 372 foizga ko’p) hamda Buyuk Britaniyadan 10,5 ming (2021 yilga nisbatan 264 foizga ko’p) turist yurtimizni ziyorat qilgan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 2022 yilda mamlakatimizga kelgan turistlarning 49,6 foizini, ya’ni 2 593 400 nafarini 31 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan kishilar tashkil qilgan. Shuningdek, xorijlik turistlarning 723,3 ming nafari – 18 yoshgacha bo’lganlar, 846,5 ming nafari – 19 yoshdan 30 yoshgacha bo’lganlar hamda 1069,6 ming nafari 50 yoshdan oshgan kishilar bo’ldi.

6-rasm. Turizm xizmatlari eksporti
Manba: stat.uz O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi
Madaniyat va turizm vazirligining ma’lum qilishicha, 2020-yilda mamlakatga 7 million nafardan ortiq xorijiy sayyoh tashrifi kutilgandi. Biroq, og’ir pandemiya sharoitida barcha sohalar qatori turizm ham qattiq zarbaga uchradi, sayyohlar soni sezilarli darajaga kamaydi. Ya’ni 2020-yilda respublikaga 1,5 million nafar sayyoh kelgan, 261 million dollarlik turizm xizmatlari eksport qilingan.
2021-yilda O’zbekistonga nisbatan ko’proq – 1,9 million nafar xorijiy sayyohlar kelgan va 422,1 million dollarlik turizm xizmatlari eksport qilingan. O’tgan yili turizm xizmatlari eksporti hajmi oshib, 1,6 mlrd dollarga yetgan. 2023-yilda respublikaga 2020-yilda kutilganidek, 7 million nafar turist kelishi va 2 milliard dollarlik xizmatlar eksport qilinishi kutilmoqda. Pandemiyaning salbiy ta’sirida kutilmalar va o’sish ko’rsatkichlari uch yilga kechikdi deyish mumkin.

Download 286.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling