2.4. O’quvchilarning jismoniy tayyorgarligini aniqlash.
Tadqiqotlar jarayonida o’quvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi darajasini baholash maqsadida turli nazorat mashqlari qo’llanildi. Bularga:
Past stardart 60 m ga yugurish;
4x10 m ga moksimon yugurish;
Turgan joyidan uzunlikka sakrash;
Qo’llarga tayanib yotgan holatda gavdani ko’tarib tushirish;
6 (daqiqali) yugurish;
1500 metrga yugurish;
Bel kuchini o’lchash stanovoy dinamometr asbobida.
Turgan xolda oldinga engashish, testlari kiritildi.
2.5. Pedagogik tajribalar.
Tadqiqot ishidagi tadqiqot vazifalarini hal qilish uchun dastlabki va asosiy pedagogik tajribalar o’tkazildi. Tajribalar 2 bosqichda tashkil qilindi.
Birinchi bosqichda o’quvchilarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi hamda amaliyotda tabaqali-individual yondashish uslubiyatlarining qo’llanilish darajasi aniqlandi.
Ikkinchi bosqichda tabaqali-individual yondashishni qo’llashda o’quvchilarni jismoniy tayyorgarligi aniqlandi.
Asosiy pedagogik tajriba tekshiruv rejasiga binoan Buxoro shahrining 4-sonli va 2-sonli umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quv yili davomida o’tkazildi. Bunda ushbu uslublar ta’sirini tajribada isbotlash amalga oshirildi.
2.6. Matematik statistika uslublari.
Tadqiqotlar, tajribalar statistik uslubda ishlab chiqildi. Unda sinflarning statistik ko’rsatkichlari (o’rtacha kvadrat og’ma, variastiya koeffistienti, korrelyastiya koeffistienti va boshqalar) hisoblab chiqildi. Shuningdek, statistik farazlar (Styudent t-mezoni bo’yicha) aniqlandi. Barcha hisob-kitob ishlarida «Windows-Excel» kompyuter dasturidan foydalanildi.
Tasdiqlovchi tajribani o’tkazishda: - ko’rsatkichlarni to’plash, 5-6 sinf o’quvchilarining jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi natijalarini qayta ishlab chiqish amalga oshirildi;
- Styudent t-mezoni bo’yicha 5-6 sinflar o’rtasidagi farqlar ishonchliligi aniqlandi; - 5-6 sinf o’quvchilarining jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi ma’lumotlari o’rtasidagi korrelyastiya koeffistentlari aniqlandi; - o’quvchilarning har bir test bo’yicha ko’rsatkichlari variastiya koeffistentlari (V%) aniqlandi;
Do'stlaringiz bilan baham: |