Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport


II BOB. TADQIQOTNI O’TKAZISh USLUBLARI, MAZMUNI VA TAShKIL QILINIShI


Download 0.49 Mb.
bet14/21
Sana28.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1135711
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
V-vi sinf o’quvchilarini jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishning tashkiliy pedagogik asoslari

II BOB. TADQIQOTNI O’TKAZISh USLUBLARI, MAZMUNI VA TAShKIL QILINIShI


2.1.Tadqiqotning uslublari:
a) Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni o’rganish tahlil qilish va umumlashtirish;
b) pedagogik kuzatishlar va nazorat testlari;
v) jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash;
g) pedagogik tajriba;
e) matematik-statistik usullar.


2.2. Ilmiy-uslubiy adabiy manbalarni tahlil qilish va amaliy tajribalar natijalarini umumlashtirish

Tadqiqot vazifalarini qo’yishda ushbu uslub asosiy hisoblanadi. U maqsadni aniq belgilashga, tadqiqot farazini shakllantirishga, nazariy xulosalar hamda xotimani asoslab berishga imkon yaratdi.


Tahlil qilish jarayonida V-VI sinf o’quvchilarning jismoniy tarbiya darslarida mashklar yuklamasini qanday yo’llar bilan amalga oshirish hamda ularning jismoniy rivojalanishi va jismoniy tayyorgarligi o’rganildi.
Mashg’ulotni rejallashtirish va nazorat qilish hujjatlarning tahlili jarayonida V-VI sinf jismoniy tarbiya dasturidagi berilgan mashklar yuklamasini miqdori aniqlandi.


2.3. Pedagogik kuzatishlar va nazorat testlari

V-VI sinf o’quvchilarning jismoniy tarbiya darslaridagi yuklama hajmi va shiddati o’quvchilarning yoshiga qarab, jismoniy tayyorgarligini takomillashtirgan holda aniqlandi.


Nazariy va amaliy darslarni olib borish jarayonida quyidagilar aniqlandi: V-VI sinf o’quvchilarining jismoniy tarbiya bo’yicha test sinovlarini topshirishda faolligi va xohish-istaklari; mashqlarning bajarilish texnikasi; testlarni bajarishda dadillik va qat’iyatlilik; etakchilik, mashqlarni bajarishda o’quvchilarni o’z ortidan ergashtira olish qobiliyati.
V-VI sinflar o’quvchilariga individual-tabaqali yondashishning amalga oshirilishini o’rganish maqsadida o’quvchilarga beriladigan jismoniy mashqlarning murakkabligi yoki oddiyligiga qarab, yondashish usullari V-sinfda 30 soat, VI-sinfda 25 soat mobaynida kuzatildi. Kuzatilgan darslardagi kamchilik va yutuqlar xisobga olindi va o’qituvchilarning o’quvchi bolalarga nisbatan individual-tabaqali yondashish uslubiyatlari aniqlanadi.
Tajriba o’tkazish mobaynida o’quvchilarning jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligi, har kungi mashqlarni o’zlashtirishiga qarab, individual yondashildi. Bu mashg’ulotlarda asosiy e’tibor past o’zlashtiruvchi o’quvchilarni yaxshi o’zlashtiradigan o’quvchilar bilan tenglashtirishga qaratildi.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling