Falsafa — tafakkur madaniyati, borliq haqidagi bilimlarning insoniyat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy taraqqiyoti tarixining umumlashgan ifodasidir


Download 13.12 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi13.12 Kb.
#200863
Bog'liq
Falsafa


Falsafa — tafakkur madaniyati, borliq haqidagi bilimlarning insoniyat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy taraqqiyoti tarixining umumlashgan ifodasidir. Falsafa insoniyat tarixida amalga oshirilgan boy tajribani yaxlit o'rganib, umumlashtirib, ularning ijobiy, salbiy jihatlarini tahlil etib, kelajakni oldindan ko'rishga imkon beradigan, kishilarning yangi sharoitlardagi faoliyatiga asos bo'ladigan umumiy xulosalar tizimini yuzaga keltiradi. Falsafada o'tmish tahliliga katta e’tibor berilsa ham, asosiy maqsad — jamiyatning, insonning istiqboli bilan bog'liq bo'Igan muammolami o'rganishdir. Shu jihatdan jamiyatning tarixi va kelajagini yoritishga. qaratilgan barcha ijobiy ijtimoiy, siyosiy g'oyalar, jumladan milliy g'oyalar ham, o'ziga xos falsafiy umumlashmalar, xulosalardir.

Falsafa, falsafiy tafakkur to'g'risida so‘z ketganda uning ikki jihatini e’tiborga olmoq kerak. Falsafa, bir tomondan, o ‘z mohiyatini anglab, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy munosabatlar ichida yashayotgan, ma’lum bilimlarni o'rganib, ulardan hayotiy yo‘llanma bo'ladigan yangi umumiy xulosalar qilishga intilayotgan barcha sog‘lom fikrli kishilarga xqs bo‘igan tafakkur salohiyatidir. Inson hayot saboqlarini anglab, olgan bilimlari, orttirgan tajribasi yakunlarini muayyan e’tiqod, manfaatlar, qadriyatlarga tayanib qilgan xulosalari ham falsafiy umumlashmalar hisoblanadi. Bu o‘rinda 0 ‘rta asrda yashagan buyuk arab faylasufi A1 Kindiyning quyidagi fikrlari ustida to‘xtab o'tmoq joizdir. Bir kuni shogirdlari A1 Kindiydan, ustoz, ba’zi odamlar falsafa kerak emas deydilar, ularga qanday javob berish kerak, deb so'ragan ekanlar. A1 Kindiy ularga, kimki falsafa kerak emas desa, unga, nima uchun kerak emas, deb savol beringlar. Shunda muxoliflaringiz juda ko‘p dalillarni keltirib, ularni bir-biri bilan bog‘lab, umumlashtirib, sizga javob berishga harakat qiladilar, shuning o‘zi falsafadir, degan ekan. A1 Kindiyning, falsafaning dushmanlari ham falsafaga muhtojdirlar“, degan teran fikrida ham xuddi shu ma’no bor. Inson borki, u falsafani fan sifatida o‘rganmagan bo‘lsa ham, albatta, o‘ylaydi, fikrlaydi, o'tgan avlodlardan qolgan merosni, o'z bilimlarini, jamiyatdagi vaziyatni muayyan e’tiqod, manfaat, bilim va qadriyatlarga tayanib qiyosiy tahlil etadi, ularni umumlashtirib, istiqlol bilan bog'liq bo‘lgan xulosalar qilishga intiladi. Inson o'z o'tmishini o'ylab, qilgan ishlarini, jamiyatda. bo'Igan va bo'layotgan jarayonlarni muayyan vaziyatlar, qadriyatlar, g'oyalar, mafkuralar bilan bog‘lab xursand bo'lishi, achinishi, qayg'urishi, afsuslanishi ham hayotdagi yutuqlari, mag'lubiyatlari, yo‘l qo'ygan xatolarini vijdon va iymon mezonlari asosida falsafiy tahlil etishining natijasidir. Bu ham ruhiy tahlil falsafasidir. Inson o ‘z mohiyatini, jamiyatdagi burchi, mas’uliyati, manfaatlarini o'ylaganida ham, falsafiy fikrlar girdobida bo'ladi. Din ham olamni falsafiy tahlil etishning o'ziga xos yo'lidir. Xalq www.ziyouz.com kutubxonasi maqollari, donolarning hikmatli fikrlari, hadislardagi axloqiy, huquqiy o‘gitlar minglab yillar davomida shakllangan hayot tajribasi saboqlarini umumlashtirishdan kelib chiqqan falsafiy xulosalardir. Ko‘pni ko‘rgan keksalarning yoshlarga qilgan nasihatlari ham o‘ziga xos falsafiy o‘gitlardir. Bunday xulosalar bir-biriga mos kelishi yoki butunlay qarama-qarshi bo‘lishi esa, insonning tafakkuriga ta’sir etayotgan e’tiqodlar, g‘oyalar, mafkuralar, manfaatlar, qadriyatlarning mohiyati, aqliy, ilmiy, axloqiy salohiyatining darajasi bilan belgilanadi. Ikkinchi tomonidan — falsafa eng qadimgi fandir. Bu fan insoniyatning hayot saboqlari asosida shakllangan barcha bilimlarni umumlashtirib, olamni yaxlit anglashga, u bilan muayyan munosabatlarga kirishishiga imkon beradigan: metodologik, gnoseologik, aksiologik, ijtimoiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan nazariy qarashlar, ilmiy kategoriyalar, qonunlar tizimini o‘z ichiga oladi. Falsafani fan sifatida о ‘rganish esa, jamiyat a’zolariga insoniyatning tafakkuri va madaniyati, bilimi rivojlanishi jarayonida minglab yillar davomida shakllangan ilmiy, nazariy, axloqiy meros va qadriyatlarga tayanib fikrlash, ma’naviy kamol topishga, jamiyat ijtimoiy rivojlanishi istiqbolini oldindan ко‘ra bilishga imkon beradi.
Download 13.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling