Gedonizm (yunoncha hedone - lazzatlanish) – lazzatlanib umr kechirish inson hayotining asl mazmunini tashkil etishi lozim, degan qarashga asos bo’lgan g’oya va turmush tarziga intilish. Qadimgi Yunonistonda Aristin va Elinur gedonizmning asoschisi hisoblanadi. Yangi davr falsafasida Mill va Bentam tomonidan qaytadan tiklashga harakat qilingan. Falsafada gedonizmga ko’proq moddiy boyliklarga e’tibor berish asosida hayot kechirish deb qaraladi. Bu hol gedonizm g’oyalarini mutlaqlashtirish sharoitida hosil bo’ladi. Aslida esa, ko’pincha, gedonistlar inson uchun eng yaxshi jamiyat – farovon, moddiy boyliklar mo’l-ko’l bo’lgan davr, deb hisoblaydilar. Ammo bu qarash, ayrim hollarda, ma’naviy qadriyatlarga e’tiborni susaytiradi, ular ahamiyatini to’g’ri anglashga xalaqit beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |