Фалсафа асос doc
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa asoslari
Mavzuning rejasi
1. Borliq muammosining falsafiy mazmuni. Borliq kategoriyasi. 2. Borliqning asosiy shakllari. 3. Materiya harakat, makon va zamon tushunchalarining talqini. Birinchi savol. Borliq muammosining falsafiy mazmuni va borliq kategoriyasini yoritishda falsafada borliq muammosi falsafaning asosiy masalalaridan biri bo„lib, qadim zamondan buyon kishilar o„zlarini o„rab turgan tabiat va jamiyat, inson haqida fikrlay boshlagan. Shular asosida kishilarda mavjudlik va yo„qlik haqida qarashlar paydo bo„la boshlagan. Shu bilan birga kishilar o„zlarining ham dunyoga kelishi, yashashi va nihoyat yo„qlikka aylanishi kabi jarayonlarni kuzatganlar. Shular asosida keyinchalik dinlarda “bu dunyo” va “u dunyo”(narigi dunyo) degan tushunchalar paydo bo„lgan. Dunyoning mavjudligi, ya‟ni, borligi to„g„risida bahs yuritgan faylasuflar bu masalaga turlicha yondashib, ularning ba‟zilari, “dunyo avval ham mavjud bo„lgan, hozir ham mavjud, bundan keyin ham mavjud bo„ladi” deyishsa, boshqalari “dunyo avval mavjud bo„lmagan, u Xudo yoki ruh tomonidan yaratilgan. Dunyodagi hamma narsalar, xususan inson ham Xudo yoki ruh tomonidan yaratilgan” deyishgan. Uchinchi xil mutafakkirlar esa “dunyo yaratilishiga faqat Xudo sababchi bo„lgan, u shundan buyon o„zi mavjud, o„zi rivojlanadi” degan qarashlarni ilgari surilishiga sababchi bo„lgan deyiladi. Aslida borliq muammosining falsafiy tahlili shuni ko„rsatadiki, dunyo bir butun, abadiy mavjud, lekin uni tashkil etgan narsalar o„z mavjudligi jihatidan har xil o„tkinchi ekanligini misollar bilan asoslash lozim. Shuni aytish kerakki, borliq tushunchasi bunda moddiylikdan tashqari ma‟naviylikni ham o„z ichiga oladi. Demak borliq keng ma‟noda eng umumiy tushuncha sifatida bir butun dunyo va undagi narsa va hodisalardan tortib, inson hayoti, ongli va ongsiz faoliyatlar va ong mahsulotlari, ma‟naviy - ruhiy hodisalar ham borliq tushunchasi tarkibiga kirishligiga e‟tiborni qaratish lozim. 31 Demak, borliq keng ma‟noda eng umumiy tushuncha sifatida bir butun dunyo va undagi narsa va hodisalardan tortib inson hayoti, ongi, kishilar faoliyatining barcha ob‟ektiv va sub‟ektiv sharoitlari, katta jamiyatda sodir bo„ladigan butun jarayonlardan iborat hamma reallikni o„z ichiga oladi. Falsafada borliq kategoriyasi alohida ahamiyatga ega bo„lib, falsafada borliq kategoriyasi dunyo, tabiat, inson, jamiyat, inson ongi, uning individuallashgan va moddiylashgan ko„rinishlarini shunchaki mavjudligi emas, balki ulardagi umumiy harakterga ega bo„lgan reallikka xos eng umumiy aloqadorlikni ifodalashga e‟tiborni qaratish lozim. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling