Фалсафа асос doc


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#191655
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77
Bog'liq
falsafa asoslari

Ikkinchi  savol.  Endigi  vazifa  ma‟naviyatning  tarkibini  aniqlashdan  iborat.  Ma‟naviyatning 
ijtimoiy  hayotdagi  o„rni  va  ahamiyati  ko„p  jihatdan  uning  tarkibiga  bog„liq.  Ma‟naviyat  tarkibiga 
kiruvchi  ong,  tafakkur,  san‟at,  ahloq  din,  e‟tiqod  kabi  ko„plab  tushunchalar  falsafa,  ruhshunoslik, 


73 
 
etika, san‟atshunoslik, estetika, adabiyotshunoslik kabi fanlarda tahlil qilingan. 
Ma‟naviyat ham o„z tarkibiga kiruvchi ko„plab unsurlarning o„zaro ta‟siriga kirishi oqibatida 
shaklanadi. Ma‟naviyat bilimlar negizida shakllanadi. Ma‟no so„zning mag„zi bo„lgani kabi ilmning 
mag„zi  bilimdir.  Insonda  yoki  jamiyatda  bilim  qancha  ko„p  bo„lsa,  ma‟naviy  yuksalish  ham 
shunchalik mustahkam, poydevor yaratilgan bo„ladi. Bilim ma‟naviyatning asosini tashkil qiladi. 
Bilimlarning  ta‟siri  shundaki,  ular  ma‟naviyatni  yuksaltirishga  xizmat  qilishi  bilan  birga, 
ma‟naviyatga  qarshi  qaratilishi,  ma‟naviyatga  putur  yetkazishi  ham  mumkin.  Masalan,  insoniyatga 
juda katta ofat keltirgan orasida ham juda bilimli, fanlarni yaxshi egallaganlari talaygina edi. Lekin 
ular o„z bilimlaridan insonlar va ularning ma‟naviyatini, hayotini yuksaklikka ko„tarish uchun emas, 
ularni urib, kamsitib, yo„q qilishga urindilar. Aytish mumkinki, ilm va bilim insoniy qadriyatlar va 
insoniy ahloq bilan uyg„unlashgandagina yuksak ma‟naviyatga asos bo„ladi. 
Yosh  avlodga  bilim  berganda  ta‟lim  jarayonini  tarbiya  bilan  uyg„un  olib  borish  yuksak 
m‟naviyatni shakllantirishga bosh yo„nalishdir. Ma‟naviyat tarkibiy qismlaridan biri ahloqdir. O„tash 
ma‟noda  inson  bilimlarini,  aql  -  zakovatini,  kuch  -  quvvatini,  butun  faoliyatini  yo„naltiruvchi 
kuchdir.  Aslida,  ahloq  faqat  hulqni  emas,  tafakkurni,  aqlni  va  inson  faoliyatini  tartibga  solibgina 
qolmay,  muayyan  tomonga,  maqsadga  yo„naltirib  ham  turadi.  Kishining  hulqi,  faoliyati  ma‟lum 
ahloqiy me‟yorlardan chetga chiqsa yoki ulardan quyiroq bo„lsa, bunday shaxs ma‟naviyatsiz shaxs 
hisoblanadi. 
Kishi hulqini faqat ahloq emas, urf - odatlar, an‟analar kabi hodisalar ham boshqaradi. Ular esa 
ahloq  tarkibiga  kirmaydi.  Bu  hodisalar  ahloq  tarkibiga  kirmasa  ham  ma‟naviyat  tarkibida  sezilarli 
o„rin tutadi. 
Urf - odat, rasm - rusum, an‟ana va marosimlarning ma‟naviyat bilan o„zaro ta‟siri shundaki, 
oqilona  jamiyatning  taraqqiyot  darajasiga  mos  keladigan  an‟ana  va  marosimlar  ma‟naviyatni 
boyitishga, rivojlantirishga xizmat qiladi. Masalan, ilm - fanga, hunar o„rganishga intilish, kattalarga 
hurmat  singari  ko„plab  an‟analar  ma‟naviyat  rivojiga  xizmat  qiladi.  Shu  bilan  birga  oshiqcha 
isrofgarchilik,  dabdaba  bilan  o„tkaziladigan  marosimlar  millat  ma‟naviyatiga  putur  yetkazish  bilan 
birga iqtisodga ham salbiy ta‟sir ko„rsatadi. 
Bir  vaqtlar  halqning  ijtimoiy  va  ma‟naviy  darajasiga  mos  bo„lgan  marosimlarning  ba‟zilari 
vaqt  o„tishi  bilan,  iqtisodiy  va  ma‟naviy  taraqqiyot  tufayli  shu  halq  rivojiga  to„siq  bo„lib  qolishi 
mumkin. 
Ma‟naviyat  tarkibidagi  muhim  hodisalardan  biri  e‟tiqoddir.  E‟tiqod  muayyan  g„oyani, 


74 
 
ta‟limotga  bo„lgan  qat‟iy  ishonchni  anglatadi.  Demak,  e‟tiqod  bo„lishi  uchun  avvalo  o„sha  g„oya, 
ta‟limotning  o„zi  bo„lishi  lozim.  G„oya  va  ta‟limotlarda  odamlarning,  ijtimoiy  guruhlarning 
manfaatlari aks etadi. 
Milliy va ijtimoiy g„oya vujudga kelishi uchun odamlar mavjud manfaatlarni anglab yetishlari 
kerak. Manfaatlarni anglash darajasi ham turlicha bo„lishi mumkin. Odamlar va ijtimoiy guruhlar o„z 
manfaatlarini  chuqur  anglab  yetgach,  bu  manfaatlarni  ro„yobga  chiqarish  yo„llari  to„g„risida  ham 
puxta tasavvur hosil qilganlaridan keyingina milliy va ijtimoiy g„oyani yaratish imkoniyati tug„iladi. 
Ijtimoiy guruhlar mavjud manfaatlarni to„la anglamagan va ularni ro„yobga chiqarish yo„llari 
to„g„risida yetarli bilimga ega bo„lmagan sharoitda ijtimoiy g„oya yaratilsa, u ko„pchilikning ongiga 
chuqur  kirib  bormaydi.  Manfaatlarni  anglash,  ularni  ro„yobga  chiqarish  yo„llari  va  usullari  haqida 
yetarli bilimlar asosida vujudga kelgan ijtimoiy g„oya shu ijtimoiy guruhning har bir a‟zosi ongiga 
qanchalik chuqur singib borsa, shunchalik mustahkam e‟tiqod paydo bo„ladi. E‟tiqodga tayanmagan 
va e‟tiqodga aylanmagan g„oya quriq safsata bo„lib qoladi. 
E‟tiqod alohida bir fikr yoki xulosaga nisbatan emas, balki odatda fikrlar va xulosalar tizimi 
negizida paydo bo„lgan g„oya yoki ta‟limotga nisbatan shakllanadi. Siyosiy, diniy, ahloqiy e‟tiqodlar 
xuddi shu yo„sinda maydonga keladi. E‟tiqod - ma‟naviy ustunlaridan biridir. E‟tiqodsiz ma‟naviyat 
yuksaklikka  ko„tarila  olmaydi.  Uni  yuksaklikka  qat‟iy  ishonch,  mustahkam  e‟tiqodgina  eltishi 
mumkin. Shuning uchun ham Amir Temur bobomiz o„z tuzuklarida: “Dilda e‟tiqod butun bo„lsa, aslo 
naslimiz yo„qol-magay, tilimiz unutilmagay, e‟tiqod susaysa til emas iymon ham unutilgay” deb qayd 
etganda u haq edi. 
Shuning uchun ham e‟tiqod muayyan g„oya va mafkuraga oddiy ishonish emas, balki u qat‟iy 
ishonch natijasida vujudga keladi, kuchli ishonch, his  - tuyg„ular ta‟sirida voyaga yetadi. Insonning 
eng  kuchli  va  yuksak  tuyg„ularidan  biri  esa  muhabbatdir.  Elga,  diyorga,  halqqa  muhabbat  e‟tiqod 
tarkibidagi eng muhim qismlardan hisoblanadi. 
Butunlik  sifatida  ma‟naviyatning  eng  asosiy  xususiyatlaridan  biri  uning  ochiq  tizim 
ekanligidadir.  Ma‟naviyatni  tashkil  etuvchi  unsurlarning  har  biri  boyib  va  boshqa  unsurlar  bilan 
mutanosiblikda rivojlanib borgani sari ma‟naviyat ham boyib, rivojlanib boradi. 
Har  bir  halqning  ma‟naviyati  boshqa  halqlar  ma‟naviyatidan  oziq  olishi  mumkin,  amo  uni 
zo„rlab kiritib bo„lmaydi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling