Фалсафа асос doc
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi savol.
Mavzuning rejasi:
1. Ma‟naviyat tushunchasi, uning mohiyati. 2. Ma‟naviyatning tarkibiy qismlari. Urf - odat an‟ana va marosimlar. 3. Ma‟naviyatning milliy va umuminsoniy jihatlari, iqtisod va ma‟naviyat birligi . Birinchi savol. Ushbu savolda ma‟naviyat tushunchasi, ya‟ni ma‟naviyat ijtimoiy hodisa ekanligiga to„xtalar ekanmiz, “Ma‟naviyat tushunchasi” atam-asi rasmiy hujjatlarda, ilmiy adabiyotlarda ilmiy tushuncha sifatida alohi-da tahlil etilmagan. Ayniqsa, Sobiq Ittifoq davrida asosan uni inkor qi-lish va unga past nazar bilan qarash mavjud edi. Falsafa fanida ham katego-riya 72 sifatida unga o„rin ajratilmagan. Bunday holatning sababi esa ijtimoiy taraqqiyotda ma‟naviyatning o„rnini ilg„ay bilmaslik yoki uni inkor qilishda edi. Marksizm falsafasida ma‟naviyat tushunchasiga o„rin ajratilmagan edi. Mustaqillik natijasidagina iqtisodiy omillar bilan birgalikda ma‟naviyat masalalariga ham alohida e‟tibor berildi. Bu e‟tibor faqat nazariya sohasida emas, amaliyotda ham namoyon bo„ldi. “Halqning ma‟naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish, - deb yozgan edi Prezident Islom Karimov, - O„zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir” 1 . Mamlakatimizda ma‟naviyat masalalari bo„yicha o„quv rejalari va dasturlar tuzildi. O„rta va Oliy o„quv yurtlarida Ma‟naviyat fani kiritildi. Respublika “Ma‟naviyat va ma‟rifat markazi” tuzilib, barcha viloyat, shahar va tumanlarda uning bo„limlari ochildi. 1999 yilda Respublika “Ma‟naviyat va ma‟rifat Kengashi” tuzildi. 2006 yil 25 avgustda “Milliy g„oya targ„iboti va ma‟naviy - ma‟rifiy ishlarni takomillashtirish va ularning samarador- ligini oshirish” nomli Prezidentimizning farmoni e‟lon qilindi. Respublika Ma‟naviyat va ma‟rifat Kengashi strukturasida o„zgarishlar qilindi. Bu sohada tadqiqotlar olib borish boshlandi. Ma‟naviyat sohasiga ta‟riflariga e‟tibor boshlandi. “Ma‟naviyat” so„zining negizida arabcha “ma‟ni” so„zi yotadi. “Ma‟naviyat” so„zi qanchalik purma‟no ekani uning ko„p qirraligi to„g„risida I. A.Karimov shunday yozadi: “Yer, oila, ota - ona, bolalar, qarindosh-urug„lar, qo„ni - qo„shnilar, halq, vijdon, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, erkinlik - ma‟naviyatning ana shunday ma‟nosi keng” . Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling