Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shartli mulohaza
- asos (antetsedent)
Ayiruvchi mulohaza deb «yo», «yoki», «yoxud» mantiqiy
bog'lovchilar vositasida bog'langan oddiy mulohazalarga aytila- di. Bu bog'lovchilar ikki oddiy mulohaza, bir qancha predikatlar yoki bir qancha subyektlarni bir-biridan ayirib turadi. Masalan: «Nodira ingliz tilini yoki nemis tilini yoki ispan tilini o'rganadi». «Konsertda birinchi yoki ikkinchi qatorda o'tiramiz». Ayiruv chi (dizyunktiv) mulohazalar oddiy va qat'iy turlarga bo'linadi. Oddiy ayiruvchi mulohaza tarkibidagi mulohazalardan biri yoki hammasi chin bo'lishi mumkin, qat'iy ayiruvchi mulohazada esa tarkibidagi mulohazalardan faqat bittasi chin bo'ladi. Masalan: «A.Avloniy shoir yoki dramaturgdir». Bu — oddiy ayiruvchi mu lohaza. «Abdullayev musobaqada yo yutadi, yo yutmaydi». Bu — qat'iy ayiruvchi mulohaza. Oddiy dizyunksiya «v», qat'iy di- zyunksiya «y» belgisi bilan ifodalanadi. Oddiy dizyunktiv mu lohaza p v q formulasi bilan, qat'iy dizyunktiv mulohaza p у q formulasi bilan belgilanadi. p chin chin yolg'on yolg'on q chin yolg'on chin yolg'on p v q chin chin chin yolg'on РУЧ yolg'on chin chin yolg'on Shartli mulohaza ikki oddiy mulohazaning «agar... unda» mantiqiy bog'lovchi orqali birikishidan tashkil topadi. Shart li mulohazaning mohiyatini aniqlash uchun «zaruriy va yetarli shart» tushunchalarini farqlash zarur. Hodisaning zaruriy sharti deb, uning mavjudligini ta'minlaydigan holatga aytiladi. Agar hodisaning sharti zaruriy bo'lmasa, hodisa ham bo'lmaydi. Ma salan, «Agar o'simlik suvsiz qolsa, u quriydi». 228 Shartli mulohaza tarkibida asos va natija qismlari farqlanadi. Shartli mulohazaning «agar» va «unda» so'zlari oralig'idagi qismi — asos (antetsedent), «unda» so'zidan keyingi qismi — natija (kon- sekvent) deb ataladi. Mulohaza qismlarining bunday nomlanishi- ga sabab ularning turli vazifalarni bajarishlari bilan bog'liq. Agar bu qismlarning o'rni almashsa, mulohaza ham o'zgaradi 1 . «Agar yomg'ir yog'sa, unda uylarning tomi ho'l bo'ladi» mulohazasida «yomg'ir yog'sa» — asos, «uylarning tomi ho'l bo'ladi» — natija hisoblanadi. Demak, asosda ko'rsatilgan hodisa, natijada qayd etilgan hodisaning kelib chiqishi uchun yetarli shartni ifodalagan mulo- haza shartli mulohaza deyiladi. Implikativ mulohazalardagi «agar ... unda» mantiqiy bog'lamasi «—>» belgi bilan ifodalanadi. Hozirgi zamon mantiq ilmida esa ba'zan (n) simvoli bilan belgilanadi. Bu simvollar moddiy implikatsiya belgisi deb ataladi. Implikativ mulohaza- ning formulasi: p —> q. Implikativ mulohaza asosi — chin, nati- jasi — yolg'on bo'lgan holatdan boshqa hamma ko'rinishlarda chin bo'ladi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling