Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Formal mantiq — mulohazalar va isbotlashning strukturasini 
analiz qilish, o'rganish bilan shug'ullanuvchi fan bo'lib, unda 
asosiy e'tibor mazmunga emas, shaklga qaratiladi. 
Noformal mantiq (informal logic) - tabiiy tilda argumentlash-
ni qurish va baholashning noformal standartlarini, uni talqin qi-
lishning usullari va mezonlarini ishlab chiquvchi normativ fandir. 
Nazariy mantiq — muayyan bilimlarning mantiqiy sistemasi 
yoki mantiqiy nazariyalar yig'indisi bo'lib, ular tabiiy va maxsus 
formallashgan (sun'iy) til vositasida, ma'lum bir prinsip va aksio-
malarga asosan qurilgandir. 
Amaliy mantiq — 1) insonlarning tabiiy tafakkurlash jarayonini; 
2) nazariy mantiqdan konkret holatlarda foydalanishni, ya'ni dalil-
lash va rad etishni; 3) faoliyat mantig'i, qaror qabul qilish mantig'i, 
tanlash mantig'i, evristika, prakseologiya, konfliktologiya va boshqa 
shu turdagi mantiqiy nazariyalar va tadqiqotlarni ifodalaydi. 
Eramizdan avvolgi IV asrdan boshlangan va XIX asrning 
oxiri — XX asrning boshlarida yakunlangan (formal) mantiq 
rivojlanishining birinchi bosqichi an'anaviy (klassik) mantiq deb 
ataladi. An'anaviy mantiq to'g'ri tafakkurlashni asosan tabiiy tilga 
tayangan holda o'rgangan. 
Noan'anaviy (noklassik) mantiq — klassik mantiqni tanqid qi-
lish va takomillashtirish bilan birga, uni mukammallashtirish, 
to'ldirish va undagi zamonaviy mantiqning asosini tashkil etuvchi 
g'oyalarni yanada rivojlantirish natijasida vujudga kelgan man-
tiqiy nazariyalarning majmuyidir. 
Zamonaviy mantiq atamasi XIX asrning oxiri — XX asr-
ning boshlarida mantiq ilmi rivojining hozirgi bosqichini ifo-
dalash uchun qo'llaniladi. Bu bosqich yana matematik mantiq 
va simvolik mantiq terminlari bilan ham ataladi. Matematik 
mantiq terminining qo'llanishi uning zamonaviy mantiq bi-
lan qo'llaydigan usullariga ko'ra o'xshashliklarini bildiradi. 
«Simvolik mantiq» termini esa zamonaviy mantiqda mantiqiy 
tahlil qilish maqsadida maxsus yaratilgan formallashgan tillar 
qo'llanishini ko'rsatadi. 
Biz formal mantiqni o'rganamiz. Formal mantiqning o'rganish 
predmetini quyidagilar tashkil etadi: 
203 


— tafakkurlash shakllari, ularning tabiati va ularning tuzilmasi 
(strukturasi) bilan bog'liq qonuniyatlari; 
— fikrlar o'rtasidagi aloqalarning qonunlari; 
— bu qonunlarning buzilishi bilan bog'liq bo'lgan xatolar. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling