Falsafa asoslari


Tafakkur va uning xususiyatlari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Tafakkur va uning xususiyatlari. Tafakkur bilishning yuqori 
bosqichi ratsional (lotincha ratio — aql) bilish bo'lib, unda pred-
met va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, 
ular o'rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya'ni qonuniy bog'lanishlar 
aks ettiriladi. 
Aqliy bilish, tafakkurlash voqelikni abstraktlashgan (mavhum-
lashgan) va umumlashgan holda aks ettiradi. Tafakkurlash til bi-
lan uzviy aloqada, ya'ni til fikrning voqe bo'lish shakli hisobla-
nadi. Sharq mutafakkirlari tilga katta e'tibor berganlar. 
Tafakkur (aqliy bilish) hissiy bilish bilan uzviy bog'liq. Tafak-
kur yordamida buyum va hodisalarning mohiyatini tushunishga 
erishiladi. 
Tafakkur voqelikni umumlashtirib va mavhumlashtirib, 
muayyan mantiqiy shakllarda, ya'ni tushuncha, mulohaza va xu-
losa chiqarish hamda ular o'rtasidagi aloqalar shaklida aks et-
tirib, ma'lum mantiqiy qonun-qoidalarni vujudga keltiradiki, 
to'g'ri, aniq, izchil, ziddiyatlardan xoli fikrlash ana shu qonun-
qoidalarga amal qilishni taqozo etadi. Bu qonun-qoidalar amali-
yotda vujudga kelgan bilimlarni isbotlash yoki rad etish, ularning 
to'g'riligi yoki xatoligini tasdiqlash yoxud inkor etishga xizmat 
qiladi. 
Tafakkur qonunlari. Inson bilish jarayonida buyum va hodisa-
lar, ularning sifat, xususiyatlari haqida tushunchalar hosil qiladi, 
fikr-mulohaza yuritadi, ularni mantiqiy bog'lab, xulosalar hosil 
qiladi. Bu jarayonni tushunish uchun tafakkur shakli va tafakkur 
qonuni nima ekanligini bilib olish zarur. 
Tafakkur qonunlariga amal qilish to'g'ri, tushunarli, aniq, 
izchil, ziddiyatsiz, asoslangan fikr yuritishga imkon beradi. Aniq-
lik, izchillik, ziddiyatlardan xoli bo'lish va asoslanganlik to'g'ri 
tafakkurlashning asosiy belgilaridir. Bular mantiqiy qonunlarning 
asosini tashkil etuvchi belgilar bo'lganligi uchun, ularning har 
birini alohida-alohida ko'rib chiqamiz. 
204 



Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling