Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Tayanch iboralar: umumbashariy, mintaqaviy va mahalliy 
muammolar tushunchalari; energetika masalalari, oziq-ovqat 
muammosi, demografiya; ekologiya; ekologik tanazzul; ekosiste-
ma; demografik siyosat. 
Takrorlash uchun savollar 
1. Umumbashariy muammolarning vujudga kelish sabablari 
nimada? 
2. Ilmiy-texnika taraqqiyoti va uning sotsial oqibatlari nima-
larda namoyon bo'lmoqda? 
3. Energetika va oziq-ovqat muammosi. 
4. Urush va tinchlik muammosi. Jahonda barqarorlikni 
ta'minlash masalalari. 
5. Umumbashariy muammolarda demografik omilning o'rni 
qanday? 
201 


IKKINCHI BO'LIM. MANTIQ FALSAFASI (LOGIKA) 
10-mavzu. Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. 
Tushuncha tafakkur shakli sifatida 
Mantiq ilmi o'rganadigan masalalar va uning asosiy qonunlari. 
Mantiq ilmi jamiyat tarixida ikki ming yildan ko'proq davr mo-
baynida o'rganib kelinadi. Uni o'rganish insonga olamni bilish, bi-
limlarini ko'paytirish, atrofidagi odamlar bilan muloqotini to'g'ri 
tashkil qilish uchun xizmat qiladi. Fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan 
inson to'g'ri tafakkur shakllari va ular bilan bog'liq qonun-qoidalar-
ni bilib olar ekan, o'z fikrini mantiqan to'g'ri qurishga, asoslangan 
bo'lishiga, nafaqat o'zining balki boshqalarning ham flkrlaridagi 
noaniqliklarni aniqlashga va tuzatishga o'rganadi. Bu ish uzoq ta-
rixga ega bo'lgan mantiq ilmini chuqur bilishni taqozo etadi. 
Mantiq ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Qadimgi 
Yunon faylasufi Aristotel (er. av. 384—322-yy.) nomi bilan bog'liq. 
U birinchi bo'lib, ushbu ilm o'rganadigan masalalar doirasini 
aniqlab berdi. Aristotelning «Kategoriyalar», «Talqin haqida», «Bi­
rinchi analitika», «Ikkinchi analitika», «Sofistik raddiyalar haqi­
da» nomli asarlari bevosita mantiq masalalariga bag'ishlangan. 
Uning «Ritorika», «Poetika» asarlari ham mantiqiy ta'limotining 
muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. «Metafizika», «Ruh haqida» 
asarlarida esa mantiq masalalari nla'lum darajada bayon qilingan. 
Aristotel o'z ta'limotini «logika» emas, «analitika» deb atagan. 
Logika termini er.av. Ill asrdan boshlab, fanni ifodalovchi termin 
sifatida qo'llanila boshlagan. 
«Mantiq» so'zi yunon tilidagi «logika» so'zining arabcha tar-
jimasidir. «Logikos» — so'z, aql, aql yuritish, qonun ma'nolarini 
beruvchi keng qamrovli termindir. «Mantiq» istilohining qamrovi 
ham «logos»niki kabi bo'lib, uning o'zagi «so'zlashuv» ma'nosini 
beradigan «nutq» so'zidir
1

Biz «mantiq» istilohini fanni ifodalash uchun qo'llaymiz. 
Mantiq shakllari orasida quyidagilar muhim o'rinni egallaydi: 
1
Muhammad Fazlul-imom Xayriobodiy. Mirqotul mantiq. - Т.: Toshkent 
islom universiteti, 2011. 3-bet. 
202 



Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling