Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Ayniyat qonuni. Biror buyum yoki hodisa haqida fikr yuritil-
ganda, ularga xos bo'lgan barcha muhim belgilar, qamrab olinadi. Predmet haqidagi fikr necha marta va qanday holatda takrorla- nishiga qaramasdan doimiy, o'zgarmas va qat'iy mazmunga ega bo'ladi. Tafakkurga xos bo'lgan bu aniqlik xususiyati Ayniyat qo- nunining mohiyatini tashkil etadi. Ayniyat qonuniga ko'ra, malum bir predmet yoki hodisa haqi- da aytilgan ayni bir fikr ayni bir muhokama doirasida ayni bir vaqtda o'z-o'ziga tengdir. Bu qonun formal mantiq ilmida «A—A» formulasi bilan ifodalanadi. Ayniyat qonunining asosiy talabi quyidagicha: fikrlash jarayo- nida turli fikrlarni aynanlashtirish va, aksincha, o'zaro aynan bo'lgan fikrlarga teng emas, deb qarash mumkin emas. Bu man- tiqiy tafakkurning muhim shartlaridan biridir. Fikrlash jarayoni- da bu qonunni bilib yoki bilmasdan buzish holatlari uchraydi. Ba'zan bu holat bir fikrning tilda turli xil ifodalanishi bilan bog'liq bo'ladi. Tilda mavjud bo'lgan omonim va sinonim so'zlarning qo'llanishi ham ba'zan turli fikrlarning o'zaro aynanlashtirilishi- ga, ya'ni noto'g'ri muhokamaga olib keladi. Bahs-munozara ja- rayonida qanday qilib bo'lsa ham raqibini aldash va yutib chiqish maqsadida Ayniyat qonuni talablarini ataylab buzuvchilar sofist- lar deb ataladi, ularning ta'limoti esa sofistika deyiladi. O'zbek xalqiga xos bo'lgan askiya san'atida Ayniyat qonuni ta- labining ataylab buzilishini so'zlarning o'z ma'nosida emas, balki ko'chma ma'nolarda qo'Uanishini kuzatish mumkin. Bu o'ziga xos so'z o'yini bo'lib, unda qo'llaniladigan nozik qochirimlar askiya aytuvchining mahoratini ko'rsatadi va tinglovchilarning kulgusiga sabab bo'ladi. Aytish mumkinki, hayotda, amaliyot- da tushunchalarning turli ma'nolarda qo'llanilishi g'arazli yoki beg'araz, yaxshi yoki yomon maqsadlarga xizmat qilishi mumkin. Ayniyat qonuni tafakkurga, uning barcha elementlari, shakl- lariga xos bo'lgan umumiy mantiqiy qonundir. Bu qonunning talablari tafakkurning har bir shakliga xos bo'lgan konkret qoi- dalarda aniq ifodalanadi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling