Falsafa asoslari


Uchinchisi — istisno qonuni


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Uchinchisi — istisno qonuni nozidlik qonunining mantiqiy 
davomi bo'lib, fikrning to'liq mazmunini qamrab olib, bayon qi-
lingan ikki zid fikrdan biri chin, boshqasi yolg'on, uchinchisiga 
o'rin yo'q ekanligini ifodalaydi. 
Bu qonun fikrlar o'rtasidagi zid munosabatlarni ifodalaydi. 
Agarda zid munosabatlar fikrning to'liq mazmunini qamrab 
olmasa, ikki zid belgidan boshqa belgilarning ham mavjudligi 
ma'lum bo'lsa, unda «Uchinchisi — istisno» qonuni amal qil-
maydi. 
Istisno qonuni quyidagi holatlarda qo'llanadi: 
1. Alohida olingan yakka buyumga nisbatan bir xil vaqt va 
munosabat doirasida o'zaro zid fikr bildirilganda. Masalan: 
Toshkent — O'zbekistonning poytaxti. 
Toshkent — O'zbekistonning poytaxti emas. 
2. Son va sifatiga ko'ra o'zaro zid mulohazalar bayon qilingan-
da, buyum va hodisalarning sinfi haqida tasdiqlab bayon qilingan 
mulohaza bilan, shu sinf buyum va hodisalar ning bir qismi haqi-
da inkor etib bayon qilingan mulohazalardan biri chin, ikkinchisi 
yolg'on, uchinchisiga o'rin bo'lmaydi. 
207 


Masalan: 
Hamma san'atkorlar qo'shiqchidir. 
Ba'zi san'atkorlar qo'shiqchi emas. 
Bu ikki mulohaza bir vaqtda chin ham, yolg'on ham bo'la 
olmaydi. Ulardan biri (Ba'zi san'atkorlar qo'shiqchi emas) albatta 
chin, ikkinchisi yolg'on, uchinchi mulohazaga o'rin yo'q. 
Demak, Uchinchisi — istisno qonuni: 
1. Ikki zid yakka mulohazalarga nisbatan. 
2. Umumiy tasdiq va juziy inkor etuvchi mulohazalarga nis-
batan. 
3. Umumiy inkor va juziy tasdiq mazmunidagi mulohazalarga 
nisbatan qo'llanadi. 
«Uchinchisi — istisno» qonunida ham, nozidlik qonunidagi 
kabi vaqt, munosabat, obyekt aynanligiga rioya etish shart, aks 
holda bu qonun o'z kuchini yo'qotadi, fikrning izchiUigiga zarar 
yetadi va mantiqsizlikka yo'l qo'yiladi. 
«Uchinchisi — istisno» qonuni, boshqa mantiqiy qonunlar sin-
gari, ziddiyatli mulohazalarning chin yoki yolg'onligini aniqlab 
berolmaydi. Buning uchun voqea va hodisalarning rivojlanish qo-
nuniyatlarini bilish talab qilinadi. Inson o'z bilimlariga asoslan-
gan holda o'zaro zid mulohazalardan qaysi biri chin yoki yolg'on 
ekanligini aniqlaydi. Bu qonun o'zaro zid mulohazalar bir vaqtda 
chin bo'lmasligini tasdiqlaydi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling