Falsafa asoslari


Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi. Globallashuv jara-
yonida yangi estetik qadriyatlar qaror topib bormoqda. Bu inson-
ning tabiatga va jamiyatga bo'lgan munosabatida aks etadi. Ne-
mis faylasufi Immanuil Kant tabiatni axloqiylik bilan bog'laydi: 
«Kimniki bevosita tabiat go'zalligi qiziqtirsa, bu uning fikrlash 
tarzida, yo'q deganda, axloqiylikka, ezgulikka qobiliyat mav-
judligidan dalolat beradi», — deydi u
1
. Ammo Hegelning, tabiatda 
ideal yo'q, shu sababli u ikkinchi darajali go'zallik turi, degan 
fikri estetikada hukmronlik qilib keldi, ayniqsa, bu fikr tabiatni 
«bo'ysundirishni» targ'ib qilgan marksizm ta'limotida keng e'tirof 
etildi. Natijada uzoq yillar mobaynida tabiat estetikasiga e'tibor 
qaratilmadi. Biz me'moriy obidalarni asrash, tiklash haqida 
qayg'urdik, ularni estetik qadriyatlar deb e'lon qildik, lekin land-
shaft estetikasini chetga chiqarib qo'ydik. 
Hozirgi kunda shu narsa aniq bo'ldiki, tabiatni eng ulug' 
va mangu estetik qadriyat deb bilmaslik borib turgan estetik 
savodsizlikdir. Aniqrog'i, bugun tabiatsiz estetikani tasavvur qi-
lish mumkin emas. XXI asrda olamni bilish, voqelikni estetik 
o'zlashtirish bilan bir qatorda uni qadriyat sifatida e'zozlashga 
alohida e'tibor berilmoqda. Endilikda odamlarning yaratuvchan-
lik faoliyati yuksalishi barobarida estetik qadriyatlarga nisbatan 
munosabati tubdan o'zgarmoqda. Bu o'z navbatida inson mohi-
yatan eng oliy qadriyat ekanligi, inson manfaatlarining ustuvor-
ligini ta'minlash barcha islohot va evrilishlarning bosh maqsadiga 
aylanganligi bilan belgilanadi. 
Insoniyatni o'rab turgan borliq, tabiiy va ijtimoiy atrof-muhit, 
tirik va notirik tabiatning eng muhim tomonlarini ifodalaydigan 
qadriyatlar umumbashariy xususiyatga egadir. Bunday qadriyat­
lar jamiyat uchun hech qachon o'z ahamiyatini yo'qotmaydigan, 
abadiy, mutlaq va muqaddas qadriyatlardir. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling