Falsafa asoslari


Maishiy turmush estetikasi


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Maishiy turmush estetikasi. Turmush bu ijtimoiy hayot soha-
siga oid tushuncha bo'lib, u inson, millat va xalqning yashash 
tarzi, urf-odatlar, rasm-rusum majmuyi, obyektiv reallik, moddiy, 
oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, sog'liqni saqlash, shuningdek, 
ma'naviy qadriyatlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishdan iborat. U 
azaldan madaniy qadriyatlarni vujudga keltiradigan va asraydigan 
muhim makon bo'lib kelgan. Turmush madaniyati inson hayoti va 
ijtimoiy muhitda iqtisodiy, ijtimoiy, estetik mezonlarni ko'rsatish 
bilan birga estetik madaniyatni ham shakllantiruvchi hodisadir. 
Turmush madaniyatining o'ziga xosligi mehnat, oila, Vatan, 
kattalarga hurmat, o'zini tutish me'yorlari kabi tabiiy, sodda 
ammo, asosiy qadriyatlarni singdirishida namoyon bo'ladi. Tur-
mushga singgan qadriyatlar nisbatan mutlaq bo'ladi, juda kam 
o'zgaradi. Ushbu fazilatlar, qadriyatlarni har bir shaxs o'zi bilan 
oilasiga olib o'tadi va uning abadiyligini ta'minlaydi. Turmush 
estetikasi dizayn, ekoestetika, atrof-muhit estetikasi, estetik tar-
biya bilan bevosita bog'liq bo'lib, moddiy va badiiy madaniyatni 
integratsiyalashning eng ta'sirchan vositalaridan biridir. 
Turmush estetikasi insonni voqelikka estetik munosabatini 
namoyon etadigan sohalardan bo'lib, u bevosita tashqi ko'rinishi, 
kiyinish va muomala madaniyati, narsa va buyumlarga, turar 
joylariga munosabatini aks ettiradi. O'z o'mida insonni o'rab 
turgan narsa va buyumlar olamining go'zalligi inson hayotining 
uyg'unligini ta'minlaydi va uni estetik tarbiyalaydi. Turar joyi, 
tashqi ko'rinishi, kiyim ko'rkamligi orqali inson yashayotgan, 
mansub bo'lgan jamiyat haqida estetik tasavvur olish mumkin. Va 
aksincha turmushda tartibsizlik, palapartishlik estetik madaniyat 
pastligidan dalolat beradi. 
Turmush estetikasining insonni o'rab turgan narsa va buyum-
lar, turar joylariga munosabatini o'z ichiga oladi. Insonning 
dizaynerlik, ijodkorlik qobiliyatlari dastavval turmushda shakl-
lanib boradi. Bunda malum bir xalqning tarixi, mentaliteti, 
346 


avvaldan shakllanib kelgan turmush tarzi muhim o'rin tuta-
di. Kiyinishidan tortib, oilaviy an'analar, oilaviy makongacha 
bo'lgan hodisalarda odamlarning narsalar dunyosiga, go'zallik 
va ulug'vorlik orqali qarashlari, estetik didga, ijtimoiy ideallarga 
o'ziga xos munosabatlari namoyon bo'ladi va bu pirovard natijada 
turmush madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladi. 
Mustaqillik yillarida madaniy-hordiq infrastrukturasidagi is-
lohotlar, bolalar uchun sport maktablari, madaniyat saroylari va 
barkamol avlod saroylari, fitnes klublar, tikish-bichish, kasb-hu-
nar o'rganish bilan bog'liq to'garaklar aholi turmush estetikasiga 
ijobiy ta'sir ko'rsata boshladi. «Ma'lumki, aholining turmush sha-
roitini yaxshilash, hayotdan rozi bo'lib yashashiga erishish bu-
gungi zamonaviy davlatchilik taraqqiyotidagi muhim ko'rsatkich 
hisoblanadi. Yaqinda ayni shu ko'rsatkichlar bo'yicha Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti ko'magida AQSHning Kolumbiya universiteti 
sotsiologlari tomondan ijtimoiy so'rov va tadqiqotlar o'tkazilib, 
shu asosda «Butunjahon baxt indeksi»ning («World Happi­
ness index») yangi reytingi e'lon qilindi. Diqqatga sazovor jihati 
shundaki, ushbu ro'yxatda O'zbekiston 158 mamlakat orasida 
44-pog'onada, Mustaqil Hamdo'stlikka a'zo mamlakatlar orasida 
birinchi o'rinda qayd etildi»
1

Turmushning ijtimoiy-estetik mohiyatini tahlil qilish uch nar-
saga e'tibor berishni taqozo qiladi. Bular — inson hayot kechira-
digan rang-barang predmetlar olami; insonning boshqalar bilan 
muloqotda o'zligini namoyon qilish holatlari; insoniy munosa-
batlarning odob-axloqda aks etish imkoniyat va xususiyatlari. 
Bulardan birinchisi bevosita dizayn bilan bog'liq. 
Turmush estetikasining muhim jihati insonni o'rab turgan 
narsa va buyumlar yaratish va unga bo'lgan munosabatida aks 
etadi. Qadimgi odamlar turli narsalardan loy, yog'och, tosh va 
tabiatning boshqa predmetlaridan o'ziga xos mo'jizalar yaratgan-
ligi ma'lum. Bu narsalar dizayn faoliyati jarayonida yaratila borib 
turmush madaniyatining muhim xususiyatini tashkil qiladi. 
1
Karimov LA. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat 
qilish - eng oliy saodatdir. - Т.: O'zbekiston. 2015. -12 b. 
347 


Inson turmush estetikasining muhim tarkibiy qismlaridan biri 
insonning kiyinishi bilan bog'liq bo'lib bu modaga borib taqa-
ladi. Ma'lumki, moda deganda tashqi madaniyat shakllarining 
vaqti-vaqti bilan qisman o'zgarish va takrorlanib turishini tushu-
namiz. Bunday takrorlanishlar va o'zgarishlar iqtisodiy, ma'naviy, 
axloqiy, estetik omillar kabi ijtimoiy asosga ega bo'ladi. Modani 
asosiy ko'pchilik e'tirof etadi, u o'zini faqat kiyinishda emas, ish-
lab chiqarishda ham, siyosatda ham, san'atda ham, fanda ham, 
hatto mafkurada ham namoyon qila oladi. U ijtimoiy-estetik me-
zon sifatida baholash xususiyatiga ega va shu bilan odamlarga 
nima kerakligini belgilab beradigan hukmron didga aylanadi. 
Moda odamlarning yashash tarzidan (uslubidan) kelib chiqib, do-
imiy ravishda o'zgarib boradigan hayot mazmuniga mos shaklni 
taklif etadi. Zotan u ommaviy estetik didning darajasi va o'ziga 
xosliklarini zamon ko'zgusida aks ettirish xususiyatiga ega. Shu 
jihatdan u, yuqorida aytib o'tganimizdek, o'zgaruvchanlik tabi-
atiga ega. 
Inson qaddi-qomatiga estetik ko'rinish berishi bilan ham es-
tetik taassurot qoldira oladi. Inson chehrasi va tanasining tabiiy 
tuzilishiga oid ba'zi nuqsonlarni kosmetika, jismoniy tarbiya va 
tibbiyotning ayrim sohalari yordamida «tartib»ga keltirish mum-
kin. Biroq bu yerda me'yor asosiy mezon hamda ijtimoiy ong 
darajasi bilan bevosita bog'langan bo'lishi lozim. Bugungi kun-
da estetik jarrohlik insonga «kosmetik bezak» bermoqda, «chi-
roy» baxsh etmoqda, o'ziga ishonchni orttirmoqda. Ammo, qalb 
go'zalligi insoniy go'zallikning asosi bo'lishi lozim. Shu bois tur-
mush estetikasi shaxs badiiy-estetik madaniyatini shakllantirish-
da asosiy ijtimoiy manba va omil bo'lib xizmat qiladi. 
Inson faoliyatining barcha shakl va mahsulotlariga estetik sa-
lohiyat xos bo'lganligi bois turmush uning estetik gavdalanishini 
mazmundor qiladi va rang-baranglashtiradi. Bu o'rinda dizayn-
ning turmush estetikasiga ta'sirini alohida ta'kidlash joiz. Shu 
ma'noda insonni qurshagan predmet va narsalar muhiti uyg'unlik, 
shinamlik va qulaylik xususiyatlari bilan insonda zavq, ko'tarinki 
kayfiyat, xotirjamlik kabi hissiyotlarni uyg'otishi; insonga o'z ha-
yotidan mamnunlik uyg'otishi, ruhiy muammolar yechimini hal 
348 


etishda yordam berishi mumkin. Binobarin, me morlar, amaliy 
san'at namoyandalari, dizaynerlar, umuman ijodkorlar bu estetik 
qulayliklarni nafaqat moddiy balki insonning ma'naviy ehtiyojla-
rini qondirish maqsadida yaratadi. 
Turmush estetikasi inson faoliyati sohalari, narsalar olami, in-
teryerning tarkibiy qismlari, uning shakllanish qonuniyatlari, ish 
joylar muhitini shakllantirish kabi masalalarni hal etishda zamo-
naviy ilm-fan bilan bog'liq bo'lib yangi texnik va texnologik ish-
lanmalar, dizaynga tayanadi. Narsa va buyumlarni qulay, shinam 
joylashtirish va ulardan to'g'ri foydalanish kundalik hayotimiz 
yuqori turmush madaniyatiga daxldor bo'lib bormoqda va ijti-
moiy hayot markazida turibdi. 
Mamlakatimizda yoshlarning mehnat va estetik tarbiyasiga 
katta e'tibor qaratilmoqda. Ko'eha, mahalla va turaf joylarni 
bezashda maktab, litsey va kollej talabalari qatnashmoqda. Shu 
orqali yoshlarning voqelikka estetik munosabatini shakllan-
tirishga katta e'tibor berilmoqda. Ayniqsa, «Barkamol avlod» 
bolalar markazlarida o'lkashunoslik va ekologiya, dizaynerlik 
to'garaklarining mavjudligi bolalarda dizaynerlik qobiliyatining 
shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bolalarning 
dizaynga oid bilim va ijodiy tafakkuri boyib bormoqda, dizayner-
lik kasbining dastlabki ko'nikmalari shakllanmoqda. 
Allomalarning insonda hamma narsa go'zal bo'lishi kerak, 
degan ta'rifi shu o'rinda o'z ma'nosini ko'rsatadi. Kiyim-ke-
chak, libos, narsa va buyumlar nafaqat moddiy, shu bilan birga, 
badiiy-estetik ahamiyatga ham ega predmetlar majmuyi bo'lib, 
insonning tashqi qiyofasi, didi, o'ziga bahosi, ixtisosligi, ijtimoiy 
mavqeini ham gavdalantiradi, bugina emas, tashkiliy va ruhiy 
vaziyatni ham ifodalaydi. Va nihoyat, kiyim-kechak, libosning 
yarashiqli, narsa, predmetlarning ko'rkamligi kishilarda muay-
yan estetik mamnunlik va xushnudlik uyg'otishini ta'kidlash 
lozim. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling