Falsafa asoslari


Zamonaviy shaharsozlik estetikasi


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Zamonaviy shaharsozlik estetikasi inson kamolotida muhim 
o'rinni egallaydi. Har bir viloyat, shaharnin \ o'ziga xos shahar-
sozlik an'analari mavjud bo'lib, ular davrlar mobaynida takomil-
lashib, milliy va zamonaviy an'analarni uyg'unlashtirib boradi. 
349 


Mustaqillik yillarida shaharsozlik beqiyos o'zgarishlarga, 
taraqqiyotga yuz tutdi. Shaharlarda nafaqat tarixiy obidalar qayta 
tiklandi, balki ziyoratgohlar obodonlashtirildi, qator zamonaviy 
kasb-hunar kollejlari, maktablar, zavodlar, fabrikalar, sport may-
donlari, shifoxonalar, mehmonxonalar, istirohat bog'lari, xiyo-
bonlar, bozorlar, yo'llar, ko'priklar, savdo majmualari, favvoralar, 
gulzorlar barpo etildi. 
Ayniqsa keyingi yillarda bu sohada muhim o'zgarishlar 
bo'ldi. Turar-joylarni takomillashtirish, badiiy loyihasini mu-
handis, dizayner mutaxassislar yordamida qulay, chiroyli, shinam 
bo'lishiga erishish uchun maxsus loyihalar qabul qilinmoqda. 
Zamonaviy shaharsozlik dizaynini takomillashtirish uchun «Dav-
lat arxitektura va qurilish qo'mitasi tizimini tubdan qayta tashkil 
etish, shaharsozlikning eskirgan metodologiya va normativlari, 
kapital qurilishdagi nomutanosiblik va muammolarni bartaraf 
etish, Shuningdek, loyiha institutlarining samarasiz faoliyatini 
qayta ko'rib chiqish»
1
taqozo etiladi. 
Bugun O'zbekistonning barcha shaharlarida katta hajmda-
gi qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Viloyat 
markazlari Nukus, Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand, 
Buxoro, Guliston, Qarshi, Termiz kabi shaharlarni zamonaviy 
me'morlik talablari asosida tubdan qayta qurish ishlari amalga 
oshirilmoqda. Ana shunday keng ko'lamli ishlar natijasida Sa­
marqand shahri jahondagi inson o'z umri davomida albatta 
borib ko'rishi zarur bo'lgan 50 shaharning biriga aylandi. Buyuk 
Britaniyaning «Ekonomist» jurnalida e'lon qilinishicha Tosh-
kent shahar obodligi va yashash uchun qulayligi jihatidan dun-
yo reytingida 140 ta shahar orasida 58 o'rinni egalladi. Bu mi-
sollarning barchasi madaniy makonda dizaynning o'rni va roli 
ortib borayotganini ko'rsatadi. Nafaqat Toshkent, balki butun 
O'zbekistonning go'zalligi dunyoga namoyon qilinmoqda. Bunda 
funksionallik va badiiylik, foydalilik va go'zallik, tejamkorlik 
1
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy 
javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. - Т.: 
O'zbekiston, 2017.-B. 22-23. 
350 


va ta'sirchanlik, qulaylik va shinamlik kabi dizayn paradigma-
lari madaniy makonni shakllantirishning asosiy omili bo'ladi va 
dizaynning insonparvarlik maqsadini namoyon etadi. Bu milliy-
lik va umuminsoniylik uyg'unligi, urf-odat va an'analar, tarixiy 
tajribaga asoslangan holda sog'lom turmush tarzi va qulay sharoit 
yaratib berish, bir so'z bilan aytganda yurtimizdagi obodlik va 
farovonlik bilan belgilanadi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling