Falsafa asoslari


Ekoestetikaning XXI asr taraqqiyotidagi o'rni


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Ekoestetikaning XXI asr taraqqiyotidagi o'rni. Insoniyat hozir 
o'z tarixining mas'uliyatli davrida yashamoqda. Biz «tabiat-
jamiyat-inson» munosabatlari uyg'unligining yangi rivojlanish 
bosqichiga qadam qo'ydik. Bu tarixiy davr o'z real imkoniyat-
1
Кант И. Сочинения в 6 т. Т. 5. -М., Мысль, 1966. - С.314. 
343 


lari, obyektiv taraqqiyot qonuniyatlari bilan jamiyat oldiga turli 
muammolarni qo'ymoqda. 
Bulardan eng muhimi tabiatni asrashdir. Tabiat alohida bir 
xalq va millatniki emas. Tabiat muqaddas bir dargoh, inson ko'z 
ochib ko'rgan dunyo, ona zamin, insoniyatning umumiy uyi. 
Shunday ekan uni avaylab-asrash, atrof-muhitning ifloslanishiga 
yo'l qo'ymaslik, umumdavlat, umuminsoniyat ishidir. Ekologik 
muammoni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo'lib, 
sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ana shu muammoning 
hal qilinishiga bog'liqdir. Bu esa odamlarning, xalqlar va millat-
larning ma'naviyatini yuksaltirish, tabiatga estetik munosabatini 
shakllantirishni taqozo etadi. Negaki voqelikka estetik munosa-
batda bo'lish tabiatga bo'lgan muhabbatdan boshlanadi. Tabiat 
uning o'zini gavdalantiruvchi barcha san'at turlari uchun bitmas-
tuganmas shakllar manbayi bo'lib kelgan va shunday bo'lib qo-
ladi. 
Inson bilimining ortishi, tabiat hodisalarining mohiyatini 
aniqlash, qonuniyatlarini o'rgana borish, texnikaning taraqqiyo-
ti inson qudratini oshirishi natijasida tabiat ustidan hukmronlik 
o'rnatishga intilishi boshlandi. Va bu salbiy oqibatlarga olib keldi. 
XXI asrga kelib tabiat va inson o'rtasida yangicha muloqot vujud-
ga kelmoqda. Inson tabiatning hukmroni emas, uning bir bo'lagi 
ekanligi tabiatga nisbatan qilingan har qanday yomonlik oqibatda 
insonga qilingan yomonlik ekanligini anglab yetdi. 
Hozirgi zamonning eng katta muammolaridan biri ekologi-
ya ekanligi, uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos 
bo'lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko'p jihatdan ana 
shu muammoning hal qilinishiga bog'liqligi hammamizga ayon 
haqiqat. Xalqimiz yaqin o'tmishda boshidan o'tkazgan totalitar, 
ma'muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida atrof-muhitga bepisand 
munosabatda bo'linib, tabiat boyliklaridan ochko'zlarcha foy-
dalanishga zo'r berilgan edi. O'sha davr bizga o'simlik va hayvo-
not dunyosi genofondiga salbiy ta'sirni, biologik xilma-xillikning 
qisqarishi, katta hajmdagi sanoat va boshqa chiqindilarning 
ko'payishi, cho'llanish, yer va suv resurslari degradatsiyasi, Orol 
dengizi halokati kabi mintaqaviy va global miqyosda yechilishi 
344 


zarur bo'lgan muammolarni meros qilib qoldirdi. Bu muammo-
lar inson hamda uning manfaatlari himoyasi, birinchi navbatda, 
sog'lom va musaffo atrof-muhitga ega bo'lish huquqini ta'minlash 
jarayoni amalga oshirilayotgan islohotlarning o'zagini tashkil et-
gan O'zbekiston uchun atrof tabiiy muhitni asrab-avaylashni va 
uni sog'lomlashtirishni yanada dolzarb qilib qo'ydi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling