Falsafa asoslari


Texnogen sivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/193
Sana16.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1273042
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Texnogen sivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan 
taraqqiyotiga ta'siri. XX asrda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot nati-
jasida biosfera ichida noosfera ya'ni texnikaviy muhitning paydo 
bo'lishi inson hayoti va faoliyatining asosi bo'lgan mehnatga kat-
ta ta'sir ko'rsata boshladi. Bugun uyali aloqa, kompyuterlarsiz 
hayotni tasavvur etib bo'lmaydi. Bu esa texnika hayotimizga to-
bora chuqur kirib borayotganini ko'rsatadi. Albatta, biosferadagi 
barcha o'zgarishlarning sababchisi inson — uning tafakkuri ekan-
ligi barchaga ayon. XXI asr yuqori texnologiyalar, axborotlar asri 
sifatida namoyon bo'lmoqda. Bu esa kishilarning ongi, faoliyati 
mana shu tezkorlikka moslashishi lozimligini taqozo etadi. 
Texnika rivojining ko'p yillik tarixi bizning texnik bilimlari-
miz, ixtirochilik, konstruktorlik qobiliyatimiz fan, inson ehtiyoj-
lari, yashash muhiti rivojiga muvofiq doimiy mukammallashib 
borishini ko'rsatmoqda. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi sanoat va 
texnika taraqqiyoti bilan bog'liqdir. U industrial sivilizatsiya yoki 
texnogen jamiyati deb atalmoqda. 
Inson va jamiyat «texnosfera»da joylashgan bo'lib, texnika 
bir joyda to'xtab turmaydi. Texnika innovatsiyasi inson hayotini 
to'xtovsiz o'zgartirib turuvchi katalizator — harakatga keltiruvchi 
sifatida inson ongidan joy oldi. Mexanizatsiyalash va avtomat-
lashtirish ijtimoiy hayotga, iqtisod, siyosat va mafkuraga kirib 
keldi. «Inson va mashina» munosabatlari tobora yangicha maz-
mun kasb etib bormoqda. 
Har qanday rivojlangan texnika ham ijtimoiy masalalarni in-
sonsiz hal eta olmaydi. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayot-
gan texnika asrida taraqqiyot taqdirini ma'naviy jihatdan yetuk 
odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murikkab texnologiyani 
egallash qobiliyati ma'naviy barkamollik va mustaqil tafakkur 
bilan birga borishi kerak. Texnik taraqqiyotni, uning jamiyat-
345 


dagi o'rni va rolini to'xtatish, inkor etish mumkin emas, Shun-
day ekan, texnogen sivilizatsiyada inson texnogen madaniyat-fan 
amaliyoti, texnikaning yangidan-yangi shakllari, ularni ishlata 
bilish uquvi va mahoratiga ega bo'lishi taqozo etiladi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling