Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja
Download 0.75 Mb.
|
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот
Muxabbat bosh mezoniy tushuncha sifatida deyarli barcha asosiy tushunchalarda va tamoyillarda o‘z «xissa»siga ega. Na ezgulikni, na yaxishlashga, na vataparvarlikni, na insonparvarlikni muxabbatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi, o‘tgan ma’ruzalarning ba’zilarida biz bu tushunchaning moxiyati, turlari xaqidagi Iloxiy. Imom G‘azzoliy, Erix Fromm singari mutafakkirlar fikrlarini keltirgan edik. Qo‘shimcha qilib shuni aytish mumkinki, u insonni tashqi va transstendetralolam bilan bog‘lovchi, uni yolgizlikdan olib chiqadigan buyuk kuch. Muxabbatning ob’ekti doimo go‘zallik, manfaatsiz go‘zall. Olloxmi, Vatanmi, yormi — muxabbat egasiga undanda go‘zalroq narsa yo‘q. Ayni shu paytda bir obe’ktni sevgan kishi boshqa ob’ektlarni xam sevmasligi mumkin emas.
SHuni ta’kidlash lozimki, muxabbat shu ma’noda u oliy tushuncha. Leyush uni tuban. quyi narsa xodisalarga nisbatan xam qo‘llash xollari uchrab turadi. CHunonchi, Fromm singari g‘arblik mutafakkirlar, ba’zi rus faylasuflari muxabbat tushunchasini o‘likka (nekrofil), moldunyoga, pulga nisbatli qo‘llaydilar. Ularga nisbatan «o‘chlyus», «ruju», «xirs» singari tushunchalarni qo‘llash ma’qul emasmikan? Muxabbat xam, axloqshunoslikdaga ko‘pgina tushunchalardek, «juftlik» xususiyatiga ega, uning ziddi — nafrat. Nafrat tushunchasi, albatta, muxabbat singari keng qamrovli emasu. U aksil muxabbat tarzida namoyon bo‘lgan ob’ektdan chetlashish, undan begonalanishni taqozo etadi. Xazar, jirkanch xissi nafratning kundalik turmushidagi tor, «mayda» ko‘rinishidir. Nafratning ularga nisbtan «yirikliga» uning ijtimoiy xodisa sifatida namoyon bo‘lishidir. Ayni paytda, bu tushuncha g‘azabdan keskin farq qiladi. U, g‘azabga o‘xshab, o‘z ob’ektini yo‘qotishga intilmaydi, undan faqat yuz buradi. Ko‘rinishdan, nafrat kishida yoqimsiz taassurot uyg‘otsada, aslida u asosan illat emas, axloqiy fazilat sifatida insonning vijdonliligidan, botiniy jasoratidan dalolatdir. Mezoniy tushunchalar orasidagi yana bir juftlik ezgulik va yovuzlik, ezgulik axloqshunoslikdagi eng asosiy kategoriyalardan. U inson faoliyatining asl moxiyatini anglatadi Tangri irodasining inson qalbidagi tajassumi sifatida namoyon bo‘ladi.«Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu a’mol» uchligi «Avesto» dan tortib, barcha muqaddas kitoblarda etakchi o‘rinni egallashi xam shundan ezgulik inson shaxsining komillikkka, baxtni, jamityani esa yuksak taraqqyotga etkazuvchi vositadir. U insonning axloqiy faoliyati tufayli muayyanlashadi, yuzaga chiqadi . Uni sinfiylik yoxud partiyaviylik qobig‘iga o‘rash mumkin emas. CHunonchi, «sinfiy dushmanni», ya’ni biror bir shaxsni yoki guruxni faqat boshqa sinfga mansub bo‘lgani uchun jisman yo‘qotish, qanchalik bo‘yabbo‘jalmasin, ezgulik bo‘lolmaydi. U tom ma’nodagi yovuzlikdir. SHu bois totalitar tuzumlarda ezgulikni bunday talqin etishning noilmiyligi, soxtaligi xozirga kunda xammaga ayon. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling