Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja
Qadimgi Markaziy Osiyodagi ahloqiy
Download 0.75 Mb.
|
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buddachilik ahloqshunosligi
- Abu Bakr ar-Roziy
- Mashshoiyyun lik axloqshunosligining yana bir buyuk vakili Ibn Sinodir
- Imom G‘azzoliyning
Qadimgi Markaziy Osiyodagi ahloqiy tafakkur taraqqiyoti Zardushtiylik dinining vujudga kelishi bilan bog‘liq.
Zardushtiylik dinini ma’lum ma’noda ahloqiy e’tiqod, uning muqaddas kitobi “Avesto”ni qadimgi ajdodlarimiz amal qilgan ahloqiy me’erlar va ko‘rsatmalar majmui deyish mumkin. “Avesto”dagi talqinlar insonning real hayoti bilan bog‘liq ekanligi diqqatga sazovor. Unda ezgulik ruhi – yaratuvchilik, ijodkorlik quvvati timsoli bo‘lsa. YOvuzlik esa buzish va buzg‘unchilik kuchi tarzida namoyon bo‘ladi. “Avesto” yuqorida aytganimizdek, ajdodlarimizning ahloqiy- estetik qomusi, qadimiy urf-odatlarimizning o‘ziga xos majmui sifatida qimmatlidir. Qadimgi SHarq ahloqshunosligida Qadimgi Hindiston ahloqiy tafakkuri alohida o‘ringa ega. Buddachilik ahloqshunosligi nafaqat Hindistonda, balki Qadimgi Xitoyda ham o‘ziga xos mavqe egalladi. Lekin Qadimgi Xitoyda yana ikki katta ahamiyatga va qamrovga ega ahloqshunoslik yo‘nalishi mavjud edi. Ulardan biri Daochilik bo‘lsa ikkinchisi uning asosiy raqibi hisoblanmish konfutsiychilik bo‘lib qora xalqdan nodonligi uchun jirkanib, uni ahloqiy hayotga nomunosib deb biladi. Zero, konfutsiychilikning ahloqiy ideali szyun-szi himmatli jo‘mard. Uning yuksak fazilatlari fidoyilik, sofdillik, sadoqat va adolat. U muomala bobida muloyim, yuksak martabalilarga xurmat bilan murojat qiladi, xalqqa nisbatan esa himmatli, adolatli munosabatda bo‘ladi. O‘rta asrlar musulmon SHarqi ahloqshunosligida raylik mutafakkir Abu Bakr ar-Roziy (865-925) ta’limoti o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Uning ahloqiy qarashlari «Lazzat», «Falsafiy hayot tarzi», «Ruhiy tabobat», «Baxt va farovonlik belgilari» singari kitoblarida aks etgan. Ar-Roziy etikani insonda xushxulqlikni tarbiyalash va badxulqlikni yo‘qotish yo‘llari hamda usullari haqidagi fan deb biladi; u kishini aql bilan ish ko‘rishga, me’yorida lazzatlanishga, o‘z ehtiroslarini jilovlab, bir lahzalik lazzatga umrini baxsh etmaslikka o‘rgatadi. Xullas, Ar-Roziyning axloqiy qarashlari, ilmiy til bilan aytganda, gedonizm va evdemonizmga asoslanadi. «Ruhiy tabobat» kitobining o‘n oltinchi bobida Ar-Roziy e’tiqodiy fanatizmning zarari haqida to‘xtaladi. Ideal darajadagi sof diniy e’tiqodning hayotda bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidlar ekan, taqvodorlikni faqat nisbiy tarzda tushunishga chaqiradi Ar-Roziyning ushbu fikrlari hanuzgacha o‘z axloqiy ahamiyatini yo‘qotgan emas. Mashshoiyyunlik axloqshunosligining yana bir buyuk vakili Ibn Sinodir. Ibn Sinoning axloqiy qarashlari asosan «Ahloq ilmiga doir risola», «Burch to‘g‘risida risola», «Nafsni pokiza tutish to‘g‘risida risola», «Adolat haqida kitob», «Turar joylardagi tadbirlar» singari asarlarida va zamondoshlari bilan olib borgan munozara- yozishmalarida o‘z aksini topgan. Ibn Sino o‘z asarlarida bir qancha axloqiy fazilatlarga ta’rif beradi. CHunonchi, iffat, hikmat, shijoat, adolat, sahiylik, qanoat, qat’iyat, sadoqat, hayo, kamtarlik va boshqalar shular jumlasidandir. SHuningdek, alloma ularning aksi bo‘lgan – o‘g‘rilik, aldamchilik, fisqu-fasod, nafrat, rashk, adovat, bo‘xton, irodasizlik, takabburlik, nodonlik kabi illatlarni ham tavsiflaydi; har ikki turdagi mazkur tushunchalarning bir-biri bilan bog‘liqligini, bir-biriga o‘tib turishini va bunday bog‘lanish ijobiy hol ekanini ta’kidlaydi. Tasavvuf axloqshunosligida Imom G‘azzoliyning o‘rni beqiyos. Uning ahloqiy qarashlari, asosan, har jihatdan buyuk asar bo‘lmish «Ihyoi ulum ad-din» deb atalgan to‘rt jildlik kitobida o‘z aksini topgan. Unda Xudoning yakkaligiga etiqod sifatida talqin etiladi va muhabbat, ixtiyor erkinligi, taqdir, niyat singari muammolar bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. G‘azzoliy mahabbatni bilishning mahsuli deb ataydi. Zero, inson nimaniki bilsa, o‘shanigina sevishi mumkin. Masalan, toshda muhabbat bo‘lmaydi u bilishdan yiroq. Muhabbat faqat bilishning jonli sub’ektigagina xos sifatdir. Mutafakkirning fikriga ko‘ra, muhabbatning besh turi mavjud: 1) insonning o‘ziga, o‘z kamoloti va sog‘-omonligiga muhabbati, 2) insonning o‘z hayotini davom ettirishini ta’minlovchi, uni asrovchi, undan turli mahluqotlarni (halok etuvchilarni) nari tutuvchi vali ne’matlariga muhabbati: 3) insonning, garchand shaxsan o‘ziga yaxshilik qilgan zotlarga yaxshilik qilmagan bo‘lsa ham, boshqa insonlarga xizmat ko‘rsatgan, yaxshilik qilgan zotlarga muhabbati; 4) Insonning tashqi yoki ichki qiyofadagi barcha go‘zallikka bo‘lgan muhabbati; 5) Insonning o‘zi bilan botiniy (ichki), yashirin o‘xshashligi bor bo‘lgan zotlarga muhabbati. Mazkur muhabbat turlari barchasi Ollohga bo‘lgan muhabbatning bilvosita ko‘rinishidir. 4.O‘rta asrlar musulmon SHarq mintaqasi ahloqiy tafakkuri rivojida ahloqning mohiyatini tushuntiruvchi va ahloqiylikni targ‘ib etuvchi mashhur pandnomalar – xalq ichida keng tarqalgan badiiy-didaktik asarlar ham o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Ular uchun umumiy bo‘lgan xususiyat, bu-ahloqiy me’yorlarni, tamoyillarni, ahloqiy madaniyat omillarini ko‘pchilikka tushunarli, rang-barang shakllarda, qiziqarli hikoyatlar orqali etkazishdir. Ularning eng mashhurlaridan biri taxminan III-IV asrlarda yaratilgan qadimgi hind adabiy-didaktik asar “Kalila va Dimna”dir. Asarda ko‘z oldimizda ikki dunyo namoyon bo‘ladi: biri – insof, adolat, diyonat, halollikka suyangan, ahloqiy fazilatlarning tajassumi bo‘lmish insonlar dunyosi, ezgulik olami, ikkinchisi-yolg‘onni, qalloblikni, munofiqlikni, xudbinlikni kasb qilib olgan, illatlar tajassumi bo‘lgan odamlar dunyosi, yovuzlik dunyosi. Ana shu ezgulik va yovuzlik orasidagi kurash asarning o‘q tomirini tashkil etadi. Unda ahloqiylik asl baxt ahloqsizlik esa inson uchun halokat girdobi ekani ajoyib hikoyatlarda, masallarda o‘z aksini topadi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling