Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Download 0.75 Mb.
bet115/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Ixtiyor erkinligi tufayli inson har qadamda axloqiy tanlov muammosiga duch keladi. Bu muammo kishida mas’uliyat hissi mavjudligidan dalolat beradi. Mas’uliyatni, o‘zgalar va o‘z vijdoni oldida javobgarlikni sezmagan kishi xohlagan ishga qo‘l urishi mumkin – uni o‘z qilmishining oqibati qiziqtirmaydi, u faqat manfaat ustuvorligini tan oladi, xolos. Unday odamni axloqsiz deb ataydilar. Zero inson yo ezgulikni, yo yovuzlikni tanlashi tufayli nimanidir ixtiyor etadi: axloqiy tanlov – har bir xatti-harakat, har bir qilmishning ibtido nuqtasi.
Iroda erkinligi masalasi bilan birinchi bor yunon faylasufi Sokrat shuqullanadi. U iroda erkinligini kishining aql bilan tanlangan yo‘ldan yurishi uchun aqlga nomuvofiq, bo‘lgan xarakatlarni bartaraf etishda o‘zini majbur hilish deb va aqlning hissiy mayllar ustidan qalabasini taominlash deb tushungan. Uning fikricha, iroda erkinligiga aqliy rivojlanish orqali, qususan axloqiy bilimni egallash orqali erishish mumkin. Misol, har bir fazilat u yoki bu turdagi bilimlardan iborat. Mardlik - qo‘rquvni daf hilishni, donolik - qonunlarga rioya hilishni, qanoatlilik - o‘z hissiyotlariga erk qo‘ymaslik, adolat yaxshilikni qanday qilib amalga oshirishni o‘rgatadi.
O‘tmishdagi ko‘ogina faylasuflar oboektiv zaruriyat va suboektiv irodaning dialektik birligi va qarama-qarshiligini tushunmay, masalaning goq bir tomonini goq boshqa tomonini mutloqlashtiradilar.
Ularning baozilari fatalistlar (yaoni lotincha «fatum» so‘zidan olingan bo‘lib, maonosi taqdir demakdir). Narsa va xodisalarning oboektivligini tan olganliklari holda insonning erkin ijodiy yaratuvchilik imkoniyatlarini uning o‘z hulqini erkin tanlash imkoniyatini, o‘z hatti-harakatlari uchun axloqiy javobgarliklarni hisobga olmaydilar.
Ularga qarama-qarshi volyuntaristlar (lotincha «volyuntas» iroda so‘zidan olingan) boshqa yo‘nalishlardan farqli o‘laroq, idrokni, tasavvurni yoki tafakkurni emas, balki irodani birlamchi deb eotirof hiladi. Bu yo‘nalishdagi faylasuflar tarixiy zaruriyatni butunlay inkor etgan holda faqat inson irodasining mutloq erkinligini hech bir sabablarga bog‘liq bo‘lmagan irodani tan oladilar. Ular qaqiqiy axloq tashqi omillarga toqat hilolmaydi, degan qoidaga tayanib, axloqiy erkinlikni individual boylik, oldindan belgilangan biron maqsadlarga bog‘liq bo‘lmagan, o‘z niyatlari va qarorlarigagina moslashtirilgan hatti-harakatlar hilish imkoniyati deb tushunadilar.
Mutafakkir erkinlik bilingan zaruriyatdir, deyish bilan jarayonni faqat sof musho’adadan iborat, aql yordamidagina erishiladi, deb tushundi. «Men aqlga amal hiluvchi odamni erkin, deb atayman», - deydi u. Irodani aql bilan birday qilib ko‘rsatgan. Soinozaning fikricha, o‘zini qimoya hilishga intilish va o‘z foydasini ko‘zlash insonning hulq-atvorini xarakatga keltiradi. Iroda qamisha motivlarga bog‘liq deb eotirof hiladi, erkinlik zaruriyatni bilishga asoslanuvchi hatti-harakat sifatida yuz berishi mumkin deb hisoblaydi. SHarq mutafakkiri Forobiy axloqni aqlga bo‘ysundiradi.
A.Navoiy:
Gar oltin qafas ichra qizil gul bitsa,
Bulbulga tikandek oshoyon bo‘lmas emish.
deb erkinlikni uluqlaydi.
Erkinlik va zaruriyat o‘rtasidagi ziddiyatlarni qal etishda Gegel o‘z falsafasida muxim qadam tashladi. U ham Soinoza kabi erkinlik deganda bilib olingan zaruriyatni tushunadi, lekin uni faqat individning bilish faoliyatidangina iborat qilib qo‘ymaydi. «Bu tasavvurda, - deb yozgan edi u, - erkin ifoda o‘zida va o‘zi uchun nima ekanini tushunishdan zarra ham yo‘q».
Uning nazarida, erkinlik va zaruriyatning o‘zaro munosabati dialektik bog‘liqdir. «o‘z ichida hech qanday zaruriyatga ega bo‘lmagan erkinlik shuningdek, erkinliksiz zaruriyatning faqat bir o‘zi mohiyat eotibori bilan mavqum va qaqiqiy bo‘lmagan taorifdir». Gegelning erkinlik va zaruriyatning tarixiy harakterini ularning jamiyat taraqqiyoti bilan mustaqkam bog‘liqligini eotirof etganligi uning qizmatidir. Gegel fikricha, alohida shaxsga mumkin bo‘lgan erkinlik imkoniyati uning zaruriyati bilishga shaxsiy intilishi va bunda yutuqlarga erishishigagina bog‘liq bo‘lmay, balki birinchi navbatda, u yashagan jamiyat tarixiy taraqqiyotning qaysi bosqichida turishga bog‘liqdir. Faylasuf taokidlab ko‘rsatganidek, bunda jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi naqadar yuksak bo‘lsa, shaxsning axloqiy erkinligi shu qadar yuksak bo‘ladi.
Gegel iroda erkinligiga dialektik yondoshar ekan, uni uch bosqichda rivojlanishda talqin etadi, yaoni tabiiy holatda, formal va ongli iroda holatida ifodalaydi.
Gegel nazarida, iroda erkinligining o‘zboshimchalik bosqichini inkor etib, chinakam ongli iroda bosqichiga ko‘tarilishi lozim. Bunda u faqat shakli bilangina emas, balki mazmuni ham erkin bo‘ladi, zaruriyatni anglaydi. Ijtimoiy axloq soxasidan tashqarida individning suboektiv axloqi har qanday maono va axamiyatdan maqrumdir. Individual iroda umumiy irodaning namoyon bo‘lishidir va shu sababli unga bo‘ysunmoqi zarur. Axloqiy erkinlik tarixiy zaruriyatni bilishdan iborat, ammo uning o‘zi kishi tomonidan shunchaki bilingan zaruriyatdan iborat emas, balki bu zaruriyatni orogressidan, yaoni taraqqiyotidan iboratdir.
Axloqiy erkinlik Gegel jamiyatning maonaviy taraqqiyot darajasi bilan boqlaydi. SHu bilan birga, jamiyat taraqqiyotining har bir yuqori bosqichida bilish kengayadi, tobora jamiyatdagi kishilarning kengroq doirasini qamrab boradi. Gegelning axloqiy orogress to‘qrisidagi genial farazlari ana shunday.
Umuminsoniy axloq - jamoa axloqidir. Bizning jamiyatimizda ustiga masouliyat olgan kishi jamoaning do‘stona yordamini kutishga qaqlidir. Ammo jamoaning qamqo‘rligi kishining shaxsiy masouliyatini biror bir darajada soqit hilmaydi. Jamiyatimizda har bir aozoning hulqi uchun oila, mahalla, jamoaning axloqiy masouliyati ortib borayotganligiga qaramay har bir kishi o‘z faoliyati uchun javob beradi.
SHaxs erkin tanlash, yaoni tanlay olishga qodirligi va tanlagani uchun, o‘z tanlagan ijtimoiy maqsadini muvaffaqiyat bilan amalga oshirishi uchun javob beradi.
Xozirgi dunyoda kishining axloqiy masouliyati to‘qrisidagi masala ijtimoiy axamiyatga ega. Axloqiy masouliyat axloqqa befarq holda amalga oshuvi bilan emas, holbuki baozi etika namoyondalari buning aksini tasdiqlaydilar. Bu masouliyat jamiyat qo‘yadigan talablarning maonosini aniq tushunishni, bu talablarning qaysi tomonlariga rioya hilishi va hilmaslikni, qanday axloq uchun kurasha olishligini bilishni nazarda tutadi. Farovonlikni yuksaltirish bilan birga odamlarning ichki dunyosini boyitish, hayot maqsadi va maonosini to‘qri tushuntirishni shakllantirish muximdir.
SHaxs axloqiy masouliyatning roli, ayniqsa mustahil, demokratik jamiyatda buyukdir. Uning axamiyati farovonlikka yaqinlashgan sari yuksalib boradi. Axloqiy asoslar tobora katta axamiyat kasb etadigan xozirgi davrda har bir jumquriyatimiz kishisida o‘z hatti-harakati va faoliyati uchun yuksak axloqiy masouliyat hissini tarbiyalash, demokratik fikrlash, xarakat hilish har bir yurtimiz fuqorosining eng muxim vazifadir. Bu muammoni to‘qri qal hilish jamiyatda kishi hulqini axloqiy baholash sistemasi bo‘lishini taqoza etadi.
Umuman, axloqiy baho deganda, ijtimoiy hayot dagi turli xodisalarni maoqullash yoki qoralash, ularning axloqiy talablariga, konkret ijtimoiy jamoaning axloqiy ruqiga mos kelishi yoki kelmasligini belgilash tushuniladi. Axloqiy baho o‘z mazmuniga ko‘ra ijobiy, salbiy, individual yoki jamoaga xos bo‘lishi, nig‘oyat adolatli yoki adolatsiz bo‘lishi mumkin. Faqat hamma narsani erkin iroda ustiga aqdaravermasdan, jiddiy va to‘qri baho berish mumkin.
Bizning axloqimiz shaxsning jamiyatdagi hulqiga talablari qo‘yib va uning hatti-harakatini baholab, u yoki bu hulqni suboektiv qabullashga emas, balki uning ijtimoiy manfaatlariga, ijtimoiy taraqqiyotning oboektiv qonunlariga muvofiq kelishiga asoslanadi. Axloqiy baholovning oboektiv mezoni faqat ijtimoiy va shaxsiy manfaat uyunligi bo‘lishi mumkinligini isbotlab beradi.
SHaxsning faoliyatini, uning masouliyati va aybini to‘qri baholash uchun shaxsni faoliyatga undagan motivlarni, niyatlar yig‘indisini aniqlash lozim. Motiv kishining axloqiy ong darajasi ko‘rsatkichi va u boshqa kishilarga munosabat amal hiladigan orinsiolar harakterining ifodasi bo‘lib xizmat hiladi. SHuningdek, motivga qarab kishi o‘z faoliyatida ko‘zlagan maqsadlari xaqida ham fikr yurita olamiz, motivni maqsadlar va vaziyatlar shakllantiradi. SHu sababli faoliyatga axloqiy baho berganda birinchi navbatda shu faoliyatga asos bo‘lgan motivga eotibor berish lozim. (Masalan, Drayzerning «Amerika fojiasi»dagi Klayd jinoyati, Dostoevskiyning «Jinoyat va jazo»sidagi Raskolnikov obrazidagi motivlar)
Faqat niyatning amalga oshuvi bilan axloqiy bahoga asos bo‘lishi mumkin. Aniq natijalarga qarab biz motivlarning xususiyati xaqida fikr yurita olamiz. Etika motivni va kishining xarakatini uzviy bog‘liqlikda olib qaraydi. harakatga axloqiy baho berishda, shuningdek, barcha shart-sharoitlarni hamda bu xarakatning jamiyat uchun, boshqa kishilar uchun qanday natija berishini chuqur tahlil hilish zarur. Muayyan xarakat shu shaxsning umumiy hulqida qanday o‘rin tutganligini tasodifiy, emasligini aniqlash lozim. U yoki bu xarakatni amalga oshirishda qanday vositalardan foydalanilganq qo‘llanilgan bu vositalar qalolmi yoki yo‘qmi ekanligini hisobga olish kerak. Etika maqsadlar va erishish vositalarining birligini talab hiladi: buyuk maqsadlar olijanob vositalar, motivlar yordamidagina amalga oshuvi mumkin.
Kishining hatti-harakatlari bilan bir qatorda uning faoliyasizligi jixatidan baholanadi. Kishi qanday ish qilgani uchungina emas, balki qo‘lidan keladigan ishni bajarmagani uchun ham javob beradi. quddi shunday odam yomonlikni bartaraf etish uchun biron chora ko‘rmay, unga bevosita yordam bergani uchun ham javobgardir.
Hatti-harakatni to‘qri baholamoq uchun ularning natijalari, motivlari, maqsadlari va vositalari, hatti-harakat sodir bo‘lgan vaziyat va uning oqibatlari bilan bir qatorda shaxs saviyasining qususiyatlari, uning axloqiy qiyofasi, ijtimoiy tajribasi, hayot yo‘li, ruqiy aqvoli, aqliy imkoniyatlari va darajasi (yoshi, jinsi, salomatligi, maolumoti, madaniy saviyasi va shu kabilarni) ham eotiborga olish lozim. Axloqiy baholov orinsioi kishilarga har tomonlama, barcha qususiyatlarni nazarga olib yondashuvni talab hiladi.
Nazorat uchun savollar?
1.Etika, axloq, xulq tushunchalari va ularning o‘zaro aloqasini qanday tushunasiz?
2. Axloq va uning jamiyat hayotidagi roli qanday
3.Axloq va huquq aloqasi qanday?
4. Axloq va xulqning umumiyligi nimada?
5. O‘ziga xosligi nimada? .
6. Konfutsiy va uning izdoshlari ilgari surgan g‘oyalar nimalardan iborat?
7. Forobiy va uning izdoshlari ta’limotlaridagi muhim o‘rinlarni nimalar tashkil etadi?
8. Kant va Hegelning axloqshunosligiga nimalar asos qilib olingan? 9. Feyerbax axloqiy ta’limotining o‘ziga xosligi nimada?
10. Navoiy asarlarida axloq masalalari.?
11. Ma’rifatparvarlar ta’limotida axloq masalalari?

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling