Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja
Download 0.75 Mb.
|
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот
Oilaviy muhit. Oilaning mustahkam bo‘lishi, oila a’zolarining axloqiylik darajasi undagi muhitga bog‘lik. Qaysi oilada sog‘lom muhit, hukm sursa, uning ravnaqi, baxtliligi ta’minlangan bo‘ladi. Sog‘lom muhit deganda biz faqat oiladagi insonparvarlik, vatanparvarlik, ziyolilik, halollik, rostgo‘ylik kabi tamoyillar va me’yorlarga amal qilinishinigina emas, balki uning eskicha an’anaviylik yoki yangicha zamonaviyligini ham tushunishimiz lozim. Zero aynan ana shu ikki xil turmush tarzi oila kelajagi bilan bog‘liq.
YAngicha zamonaviy oiladagi muhitda to‘y - ma’rakalarda eng yomon illat bo‘lmish isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday oilada totuvlik, xotirjamlik qaror topadi, dasturxon ustidaga suhbatlar yangi kitoblar, filmlar, ijtimoiy-siyosiy yangiliklar, inernet habarlari ustida boradi, dam olish maskanlariga borish rejalari tuziladi; asosiy xatti–harakat farzandlarning oliy ma’lumotli bo‘lishiga, zamonaviy kasbiy mahoratni egallashiga, ularni halq va Vatan fahrlanadigan shaxslar bo‘lib etishishlariga qartiladi. Agar eskicha-an’anaviy oilaviy muhit O‘zbekistonda erkin demokratik fuqarolik jamiyati qurilishiga to‘sqinlik qilsa, yangi zamonaviy oila muhiti uning tezroq ro‘yobga chiqishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Oila tarqalishi ham mumkin. Buning turli sabablari bor. Biri - oilaning axloqiylik nuqtai nazaridan tarqalishi. Bunda bolalar balog‘atga etgach, erkin shaxs sifatida yangi oilaga asos bo‘lishlari - o‘g‘il bolalarning uylantirilishi, qizlarning erga berilishi nazarda tutiladi. SHuningdek, oilaning tabiiy tarqalishi ham mavjud. Unda ota-onaning yoki otaning vafoti tufayli oila mulkining meros tarzida bir yoki bir necha farzandga o‘tishi munosabati bilan oila tarqalishi mumkin. Bundan tashqari, nikoh bekor qilinishi munosabati bilan oila tarqaladi. Dastlabki axloq maskani bo‘lmish oilalar yig‘indisi fuqarolik jamiyatini, millatni tashkil etadi. Fuqarolik jamiyati mohiyatan oila bilan davlat o‘rtasidagi daraja. Garchand, uning taraqqiyoti davlat taraqqiyotidan keyinroq ro‘y bersa ham, u albatta davlatni taqozo etadi, ya’ni fuqarolik jamiyatining yashashi uchun uning oldida mustaqil nimadir - rasmiy, tizimli boshqaruv bo‘lishi kerak. Fuqarolik jamiyati zamonaviy dunyomizda vujudga keladi, zero, hozirgi paytdagina fuqarolar huquqi haqiqatan ham inobatga olinadi. Fuqarolik jamiyatida har bir odam o‘zi uchun maqsad. Biroq, u boshqalar bilan munosabatga kirishmasdan turib, o‘z maqsadiga to‘la erisha olmaydi: boshqalar uning maqsadga etishishi yo‘lidagi vositadir. Natijada har bir alohida maqsad boshqalar bilan o‘zaro munosabatlar vositasida, ularning farovonlikka intilishini qanoatlantirgani holda, o‘zi ham qanoatlanadi. Boshqacharoq qilib aytganda, fuqarolik jamiyatida yaxshi, badavlat, baxtli, huquqiy yashash uchun bo‘lgan har bir fuqaroning intilishi pirovard natijada butun jamiyatning o‘shanday yashashiga olib keladi. Fuqarolik jamiyatining yashash sharti - erkinlik. SHaxsning qonun doirasidagi so‘z erkinligi, fikr erkinligi va faoliyat erkinligiga to‘la yo‘l qo‘yilmas ekan, fuqarolik jamiyati amalda mavjud bo‘la olmaydi. Bu jamiyatning yana bir muhim tomoni shundaki, unda qarindoshlik, urug‘doshlik, elatdoshlik singari hissiyotlardan kasbdoshlik, mahalladoshlik hissiyotlari ustun maqomga ega bo‘ladi; yonma-yon ishlayotgan va yashayotgan jamiyat a’zolari, «begonalar» - umumiy maqsad uchun kurashayotgan hamma elkadoshlar o‘zlarining uzoq qarindoshlaridan ko‘ra bir-birlariga yaqinroq ekanliklarini anglab etadilar. Undagi boshqaruv esa erkin tanlov va erkin saylov asosida, hokimiyat idoralari tazyiqidan qonun bilan himoyalangan ixtiyoriy tuzilmalar ko‘magida ish olib boradi. Mamlakatimizda hozir erkin, demokratik fuqarolik jamiyatini tuzishga kirishganmiz. Bu jamiyat, ma’lum ma’noda, g‘arbliklar tasavvuridagi fuqarolik jamiyatlaridan farq qiladi. G‘arbda bu borada e’tibor asosan huquqiy yo‘nalishning ustuvorligiga qaratilsa, bizda axloqiy-ma’naviy yo‘nalishning ustuvorligini ko‘rish mumkin. SHu nuqtai nazardan olib qaraganda, biz qurayotgan fuqarolik jamiyati G‘arb dunyosi uchun o‘rnak bo‘lishi mumkin. Bu faxrlanish hissidan kelib chiqqan balandparvoz gap emas. Masala shundaki, G‘arb jamiyatlari hozirgi paytda axloqiylikni huquqiylikning yuqori bosqichi sifatida qabul qilmoqdalar. Lekin ular uchun «axloqiy o‘rin bo‘shatishdan» ko‘ra «huquqiy o‘rinni egallab turish» nafaqat qonuniy, balki zavqliroq tuyuladi. Bizning mentalitetimizda esa buning aksi - har bir «axloqiy o‘rin bo‘shatish» o‘zbek qalbiga quvonch, o‘z insonlik burchini bajarganlik hissini to‘ldiradi. Bundan tashqari, bizda fuqarolik jamiyati qurishni ma’lum ma’noda tezlashtiradigan, G‘arb mentalitetiga xos bo‘lmagan mahallalar bor. O‘zbek mahallalari tom ma’noda axloqiy tarbiyaning maskani; oila kattalari bolaga qanchalik tarbiya bera olsa, o‘sha oila yashayotgan mahallaning tarbiya borasidagi hissasi ham shuncha bo‘ladi, desak xato qilmaymiz. O‘smirlar mahallaning oqsoqollaridan hayiqib turadilar, ularning salobati ta’sirida o‘zlarini nojo‘ya harakatlardan tiyadilar. Qizlar esa hayo va iboni dastlab oiladan, keyin mahallada o‘rganadilar. Bo‘lajak kelin – kuyov haqida ham birinchi ma’lumotni mahalladoshlaridan olinadi. SHuning uchun ham “Bir bolaga etti qo‘shni ota – onadir” degan naql bor. SHariat bo‘yicha xar bir oila uchun o‘ng, so‘l, orqa va old tomondagi qirqtadan xonadon, jami bir yuz oltmish xonadon qo‘shni maqomidadir. Qo‘shning qo‘shniga sha’riy haqqi bor. Xalqimizda “Qo‘shning tinch – sen tinch” yoki “Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo‘shning afzal” kabi maqollar bekorga keltirilmagan. O‘zbek mahallalari tom ma’noda axloqiy tarbiyaning maskani, oila kattalari bolaga qanchalik tarbiya bera olsa, o‘sha oila yashayotgan mahallaning tarbiya borasidagi hissasi ham shuncha bo‘ladi, desak xato qilmaymiz. Buning ustiga, mahallada xalqimizning qadimiy demokratik an’analari hozir ham o‘z kuchini yo‘qotgan emas. Mahallada yashayotgan hukumat a’zosi ham, millioner tijoratchi ham, farrosh ham, oddiy o‘qituvchi ham bir xildagi mahalladoshlik huquqiga ega. SHunday qilib fuqarolik jamiyati muayyan xalq uchun jam bo‘lib, jamoat tarzida yashashning eng oliy shaxsi hisoblanadi va nosiyosiy bo‘lgan barcha munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Buyuk olmon faylasufi Hegel davlatni axloqiy g‘oyaning voqe bo‘lishi deb ta’riflaydi va tabiiy munosabatlarni ma’naviy munosabatlar bilan muqoyasa qilib, oilani - hissiyotga, fuqarolik jamiyatini - asabning ta’sirlanish qobiliyatiga, davlatni esa o‘zi uchun asab tizimiga o‘xshatadi; u o‘z ichida botinan tashkil topgan, biroq uning yashashi o‘zida ikki holatning taraqqiy topishiga bog‘liq, bular - oila va fuqarolik jamiyati. Davlat aqlning ro‘yobga chiqishi sifatida har bir shaxs ixtiyoriga mosdir. Odatda, davlatning maqsadi o‘z fuqarolarini baxtli qilish deb hisoblanadi. Agar fuqarolar qiynalsa, ularning sub’ektiv ehtiyoj-maqsadlari qondirilmasa, davlatning mustahkamligi shubha ostida qoladi. Davlatning asosi – siyosiy tuzum. Uning taqdiri ham ana shu siyosiy tuzumga bog‘liq.9 Demokratik tamoyillarni amalga oshirish jarayonlarida davlat, hamma fuqaro baravariga teng, degan usulda ish ko‘rmasligi lozim, hammaning huquqiy tengligini tan olgan holda, ijtimoiy tenglashtirish tamoyiliga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Davlatning mavjud bo‘lish sharti, eng avvalo, uning suverenitetida. Bunda xalq tashqi olamga nisbatan mustaqil bo‘ladi va o‘z davlatini shu mustaqillik asosida tuzadi. SHu bois suverenitet to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tish joiz. Davlat suvereniteti eng avvalo millat suvereniteti demakdir. U shaxs mustaqiligini, huquqlarini kafolatlaydigan va millat xukmronligini to‘liq ta’minlaydigan ijtimoiy-siyosiy xodisalar. Millat suvereniteti birinchi navbatda ularning siyosiy jihatdan o‘z - o‘zini boshqarishda qadimdan egallab kelgan hudud va undagi foydali qazilmalarga egalik qilishda, o‘zi tanlagan davlat hokimiyatida hamda milliy fuqarolikda namoyon bo‘ladi. SHuningdek, inson suvereniteti ham davlat suverenitetining muhim qismi qisoblanadi. U fuqaroning yashashga, mustaqil dunyoqarashga bo‘lgan huquqi bilan belgilanadi va zulmga, adolatsizlikki, ochlikka, shaxs erkinligining buzilishiga qarshi kafolatlar majmuini o‘z ichiga oladi. Respublikamiz Prezidenti I.Karimovning quyidagi so‘zlari davlat va uning fuqarosi o‘rtasidagi munosabatlarni zamonaviy talqin etishda muhim ahamiyatga ega: «Inson va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda inson manfaatlari ustuvor bo‘lishi kerak. Davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari o‘z faoliyatini inson huquqlarini himoya qilish va qo‘riqlash ishiga safarbar qilgandagina o‘z vazifasini to‘g‘ri ado etgan hisoblanadi. Bu qoidani xamma tan olishi, bu qoidaga xamma itoat qilishi shart»10 SHunday qilib suveren davlat inson huquqlarini, shaxs nomusi va qadr - qimatini himoya qilishni o‘zining asosiy vazifasi deb biladi, uning yuksak axloqiy mohiyati ham ana shunda. Totalitar tuzum davlati yolg‘on, aldov - axloqsizlik instituti. Biz tanlagan demokratik davlatning asosida esa yuksak axloqiylik yotadi. Davlat va fuqarolik jamiyatidagi axloqiy yuksaklik darajasini uning fuqarolari axloqiy madaniyati belgilaydi. Axloqiy madaniyat shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini egallashi va bu tajribalardan boshqa odamlar bilan bo‘lgan munosabatlarida foydalanishi, o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni o‘z ichiga oladi. Qisqasi, u shaxs axloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi. Zero, axloqiy madaniyat axloqiy tafakkur madaniyatining qator unsurlarini o‘z ichiga olgan tuzilmadir. U shaxsning o‘zgalar bilan o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Donishmandlarning “YUziga boqma, so‘ziga boq” – degan hikmatlari ayni haqiqatdir. Til – inson tafakkuri maxsuli. U inson madaniyati fikriy go‘zalligini yaxshi, ibratli, xavas qilsa arziydigan fazilatlarini yuzaga chiqaruvchi vositadir. Muomala esa insonlarni bir – biriga bog‘lovchi, yaqinlashtiruvchi, katta–kichik xayrli ishlarga undovchi fazilatdir. Insonning go‘zal hayot kechirishida, jamiyat orasida o‘z o‘rnini topa olishida, boshqalarning hurmat ehtiromiga erishishda muomalaning o‘rni kattadir. Insonning shirinso‘zligi kishining tarbiyalanganligidan guvohlik bersa, so‘zga boyligi, chechanligi, ma’nodorligi uning o‘qimishli, bilimdonligini ko‘rsatadi. Go‘zal muomala inson dilini qanchalik hushnud etsa, aksincha achchiq so‘z, qo‘pol muomala inson qalbini larzaga soladi. SHirin muomalada bo‘lish ham katta san’at. SHirin so‘z bilan kishining ishonchi va qalbini egallash mumkin. So‘z, yuz va ko‘z, tilning ko‘rki hisoblanadi. Muomala madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. Til shunday kuchga egaki, suyaksiz bo‘lsa ham suyakni tebratadi. Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‘yishni, an’anaviy axloqiy me’yoriy talablarini bajarishni taqazo etadi. SHuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, ko‘zga ko‘rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorkin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo‘lishi so‘z, nutq vositasida ro‘y beradi. So‘zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. SHu bois muomala odobi o‘zini, eng avvalo, shirinsuhanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, hushfe’llilik singari axloqiy me’yorlarda namoyon qiladi. Muomala odobida nigoh muhim ahamitga ega. Ma’lumki, odamning nigohida, yuz ifodasida, qo‘l harakatlarida uning qay sabablardandir tilga chiqmagan, so‘zga aylanmagan xissiyoti, talablari o‘z aksini topadi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling