Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Nafosat tushunchasi va uning mohiyati


Download 0.75 Mb.
bet120/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Nafosat tushunchasi va uning mohiyati. Nafosat bir tomondan real voqelikni, ikkinchi tomondan ilmiy tushunchani anglatadi. U real voqelik sifatida inson hayotining barcha sohalarini nurlantirib turuvchi qamrovli ma’naviy hodisa, tushuncha sifatida esa estetika faniga oid yuzlab, ehtimol, minglab atamalarni o‘z ichiga olgan eng yirik istiloh, ovro‘pacha ta’rifda - metakategoriya. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, nafosatning «hududi» nihoyatda keng: u ob’ektiv voqelik sifatida narsa-xodisalarning estetik xususiyatlarni anglatsa, sub’ektiv voqelik tarzida insonning ana shu estetik xususiyatlarini anglash va idrok etish borasidagi botiniy faoliyatidir.
SHu o‘rinda estetik xususiyatlar o‘zi nima, ularning mavjudlik shartlari nimalar bilan belgilanadi, degan masalaga to‘xtalib o‘tish joiz.
Odatda go‘zallik, ulug‘vorlik, fojiaviylik, kulgililik singari istilohlar haqida gap ketganida, biz ularni estetikaning mezoniy tushunchalari yoki asosiy kategoriyalari deymiz. CHunki ular estetika fanining mezonlarini belgilab beradigan istilohlar, fan salmog‘ini o‘lchaydigan o‘lchov tushunchalar vazifasini bajaradi, ya’ni ular yuqorida aytilganidek, o‘zlari voqelik bo‘lmagani holda estetik voqelikning mohiyati, tuzilmasi shakli v.h. to‘g‘risida fikrlash uchun maxsus kalit bo‘lib xizmat qiladilar. Deylik, go‘zallik tushunchasi tabiat, jamiyat yoki san’atda mavjud bo‘lgan estetik ob’ektning go‘zalligini tadqiq va talqin etish, sharxlash uchun zarur; lekin u narsa-hodisaning ob’ektiv reallikdagi estetik xususiyatini sharxlar ekan, ayni paytda shu xususiyat to‘g‘risidagi ilmiy talqin mezonlarini belgilab berish vazifasini ham o‘taydi. Ana shu ob’ektiv reallikdagi estetik xususiyatlar (go‘zallik, ulug‘vorlik, fojiaviylik, mo‘‘jizaviylik va boshqalar) nafosatni tashkil etadi. Bu hususiyatlar ham san’at, ham tabiat, ham jamiyat olamidagi ob’ektlarda mavjud bo‘ladi. Bularning bari bizni o‘rab turgan estetik muhit bo‘lmish nafosatni tashkil etadi. Biroq, bu-nafosatning bir tomoni, uni shartli ravishda tashqi nafosat yoki ob’ektdagi nafosat deyishimiz mumkin. Nafosatning ikkinchi tomoni ham borki, o‘zini ichki nafosat yoki sub’ektdagi nafosat tarzida namoyon qiladi. Ana shu ikkinchi jihat estetik jarayonni vujudga keltirish xususiyatiga ega bo‘lgan falsafiy hodisa-voqelikni estetik anglash bilan belgilanadi.
Aytganlardan shunday qisqacha xulosa chiqarish mumkin: nafosat - - o‘z ichiga ham tabiatdagi, ham jamiyatdagi, ham shaxs hayotidagi estetik jihatlarni o‘zida mujassam qiladigan estetik munosabat ob’ekti sifatida estetik xususiyatlarni, estetik faoliyatini va estetik anglashni qamrab oladigan, yashash sharti sub’ektiv xilma-xillik bilan belgilanadigan murakkab, maqsadni emas, balki serqirra maqsadga muvofiqlikni birinchi o‘ringa qo‘yadigan hissiy-intellektual borliq, inson hayotining insoniy mazmunini ta’minlaydigan ma’naviy-ijtimoiy hodisa.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling