Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Download 0.75 Mb.
bet128/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Estetik mushohada. Odatda biz «mushohada» deganimizda «kuzatish» so‘zining sinonimini tushunamiz. Aslida esa bunday emas: kuzatish, falsafiy qilib aytganda, bilish munosabatining tajribaviy asosi, u ob’ektga yunaltirilgan bo‘lib, qo‘yilgan maqsad va ilmiy bilim mantiqi tomonidan boshqarib, tuzatilib boriladi, unga o‘zgartirishlar kiritib turiladi, ya’ni u maqsad asosida ish ko‘radigan fikriy faoliyat. Kuzatishda inson o‘z diqqatini ob’ektga yo‘naltirar ekan, uning qiziqishi hodisadan mohiyatga qarab boradi; unda bor narsaning borligini yoki yo‘q narsaning yo‘qligini tasdiqlash muhim. Mushohada esa muayyan narsa—hodisaning idrok etayotgan kishi tomonidan tanlangan rakursda olib qaralishini ta’minlovchi fikriy faoliyat.
Har bir fan o‘z maqomiga ko‘ra muayyan tadqiqot faoliyat sohasi bo‘lib, bu faoliyat tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilishga qonun va kategoriyalar asosida olamni yangidan idrok etishga qaratilgan bo‘ladi.. Estetika ham falsafiy fan (uni bugungi kunda nafosat falsafasi ham deb atalmoqda) sifatida o‘zining qonun va kategoriyalariga ega. Estetika kategoriyalari (go‘zallik, hu­nuklik, ulug‘vorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik va h.k.) inson va tabiat, inson va jamiyat, inson va ijtimoiy borliq bilan doimo hamkorlikda vujudga keladi.
Go‘zallik. «Go‘zallik»ning tugal ilmiy ta’rifi haqida biror-bir qat’iy fikr mavjud emas. Biroq, go‘zallikning idrok etilishi, tabiatda namoyon bo‘lishi, san’atda aks etishi hamda uning jamiyat rivojiga ta’siri haqida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan g‘oyalar, yaratilgan ta’limotlar o‘zining salmog‘i bilan ahamiyatlidir. Inson va uning ruhiy-jismoniy, axloqiy-estetik faoliyati, tabiat va undagi hodisalar, jamiyat va unda ro‘y berayotgan ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy-iqtisodiy jarayonlar go‘zallikka yondoshuvning tarixan tarkib topgan asosiy obektlaridir.
SHuni alohida ta’kidlash zarurki, go‘zallik haqidagi qarashlar va nazariyalar markaziga «Go‘zallik nima?» degan savol qo‘yiladi-yu, ammo ularning aksariyatida «Nima go‘zal?» degan savolga javobni ko‘ramiz. Jumladan, «Huvarnosi Ahura Mazda ko‘p go‘zaldir, go‘zaldir juda» (Zardusht), «Go‘zallik bu g‘oyalardan iborat g‘oyaning g‘oyasi» (Aflotun), «Go‘zallik-bu turli musiqalar, yaxshi xulq-atvorga to‘g‘ri keladigan, odamlar erishishga havas qiladigan narsalardir» (Abu Nasr Forobiy), «Har qanday go‘zallik, go‘zallikni anglay olgan muhabbat ob’ektidir» (Imom G‘azzoliy), «Go‘­zallik bu hayotdir» (N.G.CHernishevskiy), «Go‘zallik-hodisaga aylangan erkinlik» (F. SHiller), «To bizga taalluqli emas ekan, hamma narsa go‘zal» (A. SHopenhauer), «Go‘zallik Xudo-san’atkor tomonidan yaratilgan illyuziya-xayolotdir» (F. Nitsshe) kabi fikrlar go‘zallikka turlicha yondoshuv natijasida yuzaga kelgan.
Odatda, go‘zallik ikki omil asosida yuzaga keladi. Bu: 1. Inson tafakkuri va mehnatining mahsuli natijasida yaratiladigan go‘zallik. 2. Inson tafakkuridan tashqarida, insonga bog‘liq bo‘lmagan xolda yuzaga keladigan go‘zallik. Birinchisida aql, ruh va xissiyot ustuvor bo‘lsa, ikkinchisida makon va zamonning o‘rni salmoqlidir.
SHu o‘rinda go‘zallik tushunchasi «chiroyli», «ko‘rkam», «nafis», «jozibador», «maftunkor», «latofatli» kabi tushunchalarga nisbatan kengqamrovli va ustuvor ekanligini alohida ta’kidlash joiz. Ayniqsa, go‘zallik bilan kundalik turmushimizda tez-tez tilga olinadigan «chiroylilik» tushunchasi orasida muayyan tafovutlar mavjud. CHiroylilik - narsalarning tashqi ko‘rinishini, holatini, bajarilgan ish yoki qilingan ha­rakatdagi o‘zaro hamohanglikni ifodalovchi tushuncha. CHi­roylilik insonlarda yoqimli taassurot qoldiradi, ammo ayni bir paytda o‘sha chiroyli bo‘lgan narsa-hodisa yoqimsiz holatlarni ham vujudga keltiradi. Masalan, «Bangidevona» o‘simligining guli oppoq, chiroyli bo‘ladi. Ammo, gulining hidi yoqimsiz, tanasidan sassiq xid chiqadi. SHunga ko‘ra, chiroylilik narsa-hodisaning yoki shakl yoki mazmunidagi xususiyatni aks ettirishi bilan kishida yoqimli taassurot qoldiradi. SHuning uchun ham narsa-hodisalarning faqat shakl (tashqi) yoki faqat mazmun (ichki) mohiyatiga qarab unga go‘zallik iborasini ishlatish o‘rinli emas. Zero, go‘zallik narsa-hodisalarning faqat bir tomoninigina aks ettirmaydi, aksincha u mazmun bilan shaklning uyg‘unligi, mosligi, hamoxangligi, maqsadga muvofiqligi asosida shakllanadi. SHu ma’noda go‘zallik ham obektiv ham subektiv xususiyatga ega.
Ma’naviy qadriyatlar tizimida go‘zallik eng avvalo san’atda o‘z aksini topadi. Ma’lumki, san’at borliqni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirib olib tasvirlamaydi, aksincha uni badiiy qiyofalar vositasida ifo­dalaydi. SHunga ko‘ra, san’at asari insonni faqat voqelikdagi go‘zalliklar bilan cheklanmaslikka, ayni paytda mavjud go‘zal­liklarni ongli tarzda mushohada qilishga, baholashga undaydi. Rassomlik san’ati go‘zallikni bizga shu tariqa namoyon etadi. Ro‘zi CHorievning «Bolalik xotiralari», «Zamondoshlarim» portretlar turkumi, «Farg‘ona vodiysi» kabi rangtasvir asarlari fikrimizning yorqin ifodasidir. SHu bois ularning asarlaridagi go‘zallik ruxi insonlarni rangtasvirni sevishga da’vat etadi, tasviriy san’atni xis qilish va uni idrok etishga chaqiradi. Go‘zallikni yaratishda rassomning zimmasiga yuklana­digan mas’uliyat yuksakligi va muqaddasligi ham ana shunda. Bu xususda estetik olim Tilab Mahmudov shunday deydi: «Qachonki san’at asarlari muhim hayotiy muammolarni aks ettirsa yoki xalq kayfiyati va g‘oyalarini ifodalasa, ular millionlab mehnatkashlarning ezgu hamrohiga aylanadi. Bunday asarlar hech qachon xalqdan, ama­liyotdan ajralgan emas. Rassomning millat hayoti bilan aloqasigina yangi va asl san’at asarlarining paydo bo‘lishida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi».16
Go‘zallikning inson kamolotida tutgan o‘rni insonning xulqiy go‘zalligi bilan izohlanadi. Ho­zirgacha inson va borliq, inson va jamiyat, inson va texnika o‘r­tasidagi munosabat masalasi ko‘plab ilmiy sohalarning tadqiqot ob’ekti bo‘lib kelmoqda. SHunga ko‘ra, go‘zallik falsafasi hi­soblangan estetika ayni paytda, inson go‘zalligining mohiyatiga doir muammolarni tadqiq etishni o‘zining muhim vazifasi qilib belgilaydi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling