Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Download 0.75 Mb.
bet129/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Xunuklik. Go‘zallikning ziddi bo‘lmish xunuklik dia­lektik qonuniyatlar nuqtai nazaridan go‘zallikning takomillashib borishidagi zaruriy shartdir. Odatda xunuklikni go‘zallikning aksi deb yuritamiz. Biroq, bunday yondashuvda qisman noaniqlik bor. CHunki uyqash va bir-biriga yaqin, yoki bir-birining aksi bo‘lgan tushunchalardagi unsurlar u yoki bu ko‘rinishda har ikala tushunchada ham ishtirok etishi mumkin.
Gohida shakl va mazmun go‘zalligi bir-birini dialektik tarzda inkor etadi. SHunday bo‘lsa-da, buning ijobiy tomonlari ham mavjud. CHunki, mazmun o‘z vaqtida shaklning kamchiligini ko‘rsatib, uning go‘zallashuviga turtki berib turadi yoki aksincha: ko‘rinishi chiroyli bo‘lgan insonlarning hammasi ham ma’naviyati boy bo‘lmaganidek, yuksak fazilat sohiblarining barchasi ham husn va chiroyda barkamol emaslar. Xunuklik bir paytning o‘zida ham go‘zallikning, ham nafosatdan lazzatlanishning ziddi­dir. CHunki, xunuklik lazzatlanish tuyg‘usi mavjud bo‘lgan jarayondan uzoqroq joyda vujudga keladi; u insonga hayrat baxsh etishdan, uning vujudini forig‘lashdan mahrum.
Ulug‘vorlik. Estetik tafakkur tarixida ulug‘vorlikning nazariy asoslarga bag‘ishlangan tadqiqotlar talaygina. Jumladan, ingliz nafosatshunosi E.Byork go‘zallikni ulug‘vorlik bilan qiyoslar ekan, ularni bir-biriga qarama-qarshi tushunchalar sifatida tadqiq etadi. Olmon mumtoz nafosatshunosi I.Kant esa go‘zallik va ulug‘vorlikni uyg‘unlikda rivojlanuvchi tushunchalar deb hisoblaydi. Ulardan farqli o‘laroq, Hegel, ulug‘vorlikni go‘zallikning bir ko‘rinishi, ulug‘vorlik–zohiriy go‘zallikning botiniy go‘zallikka aylanishi, deb tushuntiradi. SHiller ulug‘vorlik tushunchasini dramatiklashtirib, qayg‘u va qo‘rquvni engish insonni qanchalik ulug‘lashi, unga chiroy baxsh etishini ta’kidlab o‘tadi. Bu borada u «axloqiy xavfsizlik» tushunchasini kiritadi, qo‘rquv va dahshatga qarshi borish uchun ham xavfdan xoli bo‘lish lozimligini uqtiradi. SHillerning «axloqiy xavfsizlik»ning zaminiy xususiyatini hayot va o‘lim masalalari bilan izohlashi ulug‘vorlik muhokamasining favqulodda ahamiyatga ega bo‘lgan tushuncha ekanligidan dalolatdir. Zero, insonning ulug‘vorligi uning gavdasining kattaligi bilan emas, balki kichkina bo‘lsa-da jasorat, mardlik, bunyodkorlik kabi ulug‘ sifatlarni qoldirishi bilan belgilanadi.
Ulug‘vorlik san’atda o‘zining har tomonlama ijodiy ifodasini topadi; san’atning barcha turlari uchun ulug‘vorlik asosiy mezon bo‘lib hizmat qiladi. Badiiiy adabiyot va ifodali san’at turlari ulug‘vorlikni tasvirlashda xilma-xil vositalardan foydalanib hamda ulug‘vorlik mavzusini badiiy o‘zlashtirib, qahramonlik eposlarini liro-epik dostonlarni, qahramonlik fojialarini, mardonavor musiqa asarlarini (simfoniya, oratoriya)ni vujudga keltirdi.
YUqoridagilardan xulosa qilsak, ulug‘vorlik-insonning narsa hodislarga estetik va axloqiy mezonlar bilan yondashishi va ulardan yuksak hayratlanish tuyg‘usini hosil qiluvchi estetik hissiyot majmuidir. Ulug‘vorlikning ko‘lami go‘zallik ko‘lami kabi cheksizdir. Ulug‘vorlik o‘zida hajm, miqdor, ko‘lam va buyuklikni mujassam etadi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling