Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


San’atning asosiy xususiyatlari va vazifalari


Download 0.75 Mb.
bet132/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

San’atning asosiy xususiyatlari va vazifalari. O‘yinning rang-barang hususiyatlari bo‘lganidek, san’atda ham turi hususiyatlar mavjud. Ular juda ko‘p, biz faqat asosiylarinigina keltirib o‘tamiz.
San’atning birinchi o‘ziga xos xususiyati, bu – uning yangiligi – (originalligi). CHunki ijod mahsuli, ijod qilishi – kashf etish, shu kungacha mavjud balmagan narsani yaratish demakdir. Bunday yangilik muayyan san’at asarining shakl, mazmun, uslub v.b. jihatlari bilan o‘zidan avvalgi asarlarini takrorlamasligini, o‘sha asarlar bilan yonma-yon qo‘yganda, ulardan ijobiy o‘ziga xosligi tufayli ajralib turishini taqozo etadi. San’atning yana bir o‘ziga xos xususiyati – majoziylik. Boshqacha qilib aytganda, narsa-hodisalar yoki so‘z-iboralarining ko‘chma ma’nolarda, ko‘p ma’noli tarzda qo‘llanilishi san’atning san’atligini belgilab beradi. Majoziylik, keng ma’noda olganda, badiiy qiyofa yaratish, umumlashtirish, ramziylik, o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, isteora, kinoya singari badiiy vosita va usullarni o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiylik ham san’atning muhim xususiyatlaridan hisoblanadi. Har bir san’at asari o‘z davrining dolzarb muammolarini, etakchi g‘oyalarini, muayyan mafkurani ko‘tarib chiqmasligi mumkin emas. Faqat ular go‘zallik, ulug‘vorlik, kulgililik, ezgulik, ideal kabiestetik va axloqiy qadriyatlar bilan uyg‘un tarzda idrok etuvchiga etkazib beriladi. Zero san’at asarida asosiy voqealar markazida turuvchi badiiy qiyofani biz asar qahramonni - qahramon deb atashimiz ham shunday; Ijtimoiy yo‘q joyda qahramonlikning mavjud bo‘lishi mumkin emas. San’atning bu xususiyati uning zamonaviylik, mafkuraviylik, hozirjavoblik, dolzarblik, singari tamoyillari va sifatlari bilan bog‘liq. Ayni paytda san’atning individuallashtirish xususiyati ham mavjud. U – voqelikdagi makon va zamon uchun umumiy bo‘lgan fazilatlar yoki illatlarni, go‘zallik yoki xunuklikka, ulug‘vorlik yoki tubanlikni v.b. jihatlarni muayyan bir badiiy qiyofada, tasvirda, ifodada umumlashtirib berishi, ya’ni umumiylikni xususiylikda in’ikos ettirish bilan belgilanadi.
San’at bundan tashqari tarixiylik xususiyatiga ham ega. Har bir haqiqiy san’at asari, vaqt nuqtai nazaridan zamonaviy yoki tarixiyligidan qat’i nazar, u – tarix, badiiylashtirilgan tarix.
San’atning yana bir muhim xususiyati uning milliylik va umumbashariyligi bilan izohlanadi. Bu o‘rinda biz, e’tibor qilsangiz, milliylikni umumbashariylik bilan birga, ajralmagan holda keltiryapmiz. Gap shundaki, ularni boshqa barcha sohalarda alohida-alohida olib qarash mumkin. Faqat san’atda emas. san’atda ular dialektik yaxlitlikda namoyon bo‘ladi. YA’ni haqiqiy milliy qadriyatga aylangan badiiy asargina asl umuminsoniylikni va aksincha, haqiqiy umumbashariy qadriyatga aylangan asargina tom ma’nodagi milliylikni o‘zida mujassam etadi. CHunki inson ravnaq topib, taraqqiy qilishi uchun milliylikdan umuminsoniylikka qarab borishi kerak, tarixda ham doimo shunday bo‘lib kelgan. Inson esa san’atning badiiy tadqiqot ob’ekti. SHu sababli milliy maxdudlikni targ‘ib etgan yoki hes qanday milliy ildizga ega bo‘lmagan «umuman» insonni, milliy-mintaqaviy hududlardan tashqaridan «muallaq» odamni tasvirlagan badiiy asar hech qachon san’at darajasiga ko‘tarila olmaydi. M., CHingiz Aytmatovning Jamillasi chinakam milliy tabiatga ega qirg‘iz ayni paytda uni o‘zbek, ingliz, fin, hind va boshqa ayollar «o‘ziniki» hisoblaydi, undan yashashni o‘rganishga intiladi. SHunday qilib, qirg‘iz adabiyotidagi «Jamila» qissasi umumjahon adabiyotining mulkiga, estetik qadriyatga aylanadi. CHunki u milliyligi bilan umuminsoniy, umuminsoniyligi bilan milliydir.
Biz imkon qadar tahlildan o‘tkazgan san’atning xususiyatlari ma’lum ma’noda uning asosiy vazifalarini ham belgilab beradi. Endi ana shu vazifalarni qisqacha ko‘rib o‘tishga harakat qilamiz.
San’at eng birinchi galda forig‘lantirish vazifasini bajaradi. Forig‘lantirish nima ekanini, uni dastlab Arastu san’atga nisbatan qo‘llaganini biz avvalgi boblar orqali yaxshi bilamiz. Qo‘shimcha qilib shuni aytish mumkinki, san’atning bu vazifasi muayyan badiiy asarni idrok etish mobaynida ro‘y beradi. Uni shartli ravishda uch qismga ajratish mumkin. Dastavval haqiqiy san’at asari inson qalbini ochadi, kalit vazifasini o‘taydi. Keyin uni tozalaydi – poklaydigan ma’naviy modda vazifasini o‘taydi. Undan so‘ng, uchinchi galda, ochilgan va barcha mayda, g‘arazli, salbiy hislardan tozalangan qalbni yuksak tuyg‘ular, ulug‘vor intilishlar, buyuk orzular bilan to‘ldiradi, o‘zingiz hali yaxshi ilg‘ab etmagan, ma’naviyatga bo‘lgan ichki bir botiniy-ruhiy tashnalikni qondiradi. San’atning «ruh ozig‘i» deb atalishi ham shundan. Aynan ana shu vazifa san’atdagi boshqa barcha vazifalarning amalga oshuvini ta’minlaydi, forig‘lantirish vazifasini bajarmagan asar-san’at asari emas.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling