Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Realizm tarafdorlari umumiy "universaliya" lar real narsadan oldin va ulardan tashqarida yashaydilar, deb hisoblaganlar. Nominalistlar


Download 0.75 Mb.
bet27/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Realizm tarafdorlari umumiy "universaliya" lar real narsadan oldin va ulardan tashqarida yashaydilar, deb hisoblaganlar. Nominalistlar esa, aksincha, ayrim buyumlarni borligini e’tirof etib, "universaliya" larni inkor qildilar. Ular umumiy g‘oyalar faqat inson fikridagina mavjud bo‘ladi va umumiy tushunchalar sifatida yashaydi, deb ta’lim berganlar. Demak, bu davr falsafasining dikkat markazida umumiy tushunchaning mohiyati masalasi turgan.
Realizmning yirik vakillari: Foma Akvinskiy va Anselm Kenterberiyskiy (1033-1109)dir. Realistlarning fikricha, umumiy tushunchalar ob’ektiv mavjud bo‘lib, mustaqil mohiyat sifatida tabiatdagi ayrim predmetlarga va kishilarga nisbatan birlamchidir. Moddiy olamning ayrim va yakka predmetlari esa ikkilamchidir. Foma Akvinskiy nominalistlarga e’tiroz bildirib, umumiy tushuncha (xudo)ni birlamchi, tabiatdagi predmetlarni esa ikkilamchi, deb izoxladi. Foma Akvinskiy o‘z falsafiy qarashlari bilan nominalistlarni realistlar bilan kelishtirishga, o‘rta asr sxolastik falsafasi va iloxiyotshunosligini mustaxkamlashga harakat kildi.
Nominalistlarning yirik vakillari sifatida IOAN ROSSELIN (1050-1112), IOANN DUNS SKOT (1265-1308)ni ko‘rsatish mumkin. Ularning ta’lim berishicha, tabiatdagi alohida predmetlar, ularning xususiyatlari real va birlamchidir, umumiy tushunchalar esa ikkilamchidir.
SHunday qilib, butun o‘rta asr falsafasidagi universaliyalarning mohiyati to‘g‘risidagi baxslar logika va gnoseologiyaning bundan keyingi rivojiga, ayniqsa, yangi zamon faylasuflarining qarashlariga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Nominalizm elementlari Spinoza asarlarida ham uchraydi. Nominalizm tarafdorlaridan biri bo‘lgan ingliz olimi ROJER BEKON (1214-1294) dastavval din arboblarini, knyazlarni, keyinchalik esa papaning axloqsizlikka berilib ketganligi uchun ayovsiz tanqid kildi. U falsafani ayrim fanlarning tadqiqot natijalarini yakunlaydigan umumiy nazariy fan, deb hisobladi. Bekon tabiiy bilimlar: matematika, fizika, astronomiya bilan muvaffaqiyatli shug‘ullandi va kelajakda fanda juda ko‘p kashfiyotlar qilinishiga astoydil umid bogladi.
Quldorlik ishlab chiqarish usulidan feodalizmga o‘tilishi bilan jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va ma’naviy hayoti to‘liq feodallarning qo‘liga o‘tadi. Qadimgi sivilizatsiya, qadimgi falsafa, siyosat va yurisprudensiya (huquqshunoslik) er bilan yakson qilinadi. Ma’naviy bilim ixtiyori poplar qo‘liga o‘tadi.. Diniy rasm-rusmlar va qoidalar har qanday tafakkurning boshlang‘ich nuqtasi va asosi bo‘lib qoladi.
Uyg‘onish davrining yirik vakillaridan Nikolay Kuzanskiyning fikricha, xudo eng oliy va mutloq borliq bo‘lib, tabiatni va insonni yaratgan. Ayni vaqtda tabiat bir qancha xususiyatlarga ko‘ra, eng avvalo makondagi cheksizligi va vaqtdagi abadiyligi bilan xudoga o‘xshashdir. Uning "Barcha narsalar xudoda bo‘lgani kabi xudo barcha narsalardadir", degan iborasi orqali Xudo tabiiy olam narsalarida nomoyon bo‘lish va narsa qaytadan xudoda jamlanishi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari suradi.
N.Kuzanskiy o‘z qarashlarida gumanistik falsafaning asosiy muammosi hisoblangan inson masalasiga ham katta e’tibor beradi. Mashxur siesatchi Nikola Makiavellini (1469-1527 y.) uyg‘onish davrining birinchi sotsiologi deyish mumkin. U egoizm, moddiy manfaatdorlik inson faoliyatining asosidir, degan g‘oyani ilgari suradi. "Odamlar, - deb yozadi u, - ota-onasining o‘limini yo‘qotgan mol-mulkiga nisbatan tezroq unutadilar".

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling