Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Download 0.75 Mb.
bet86/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Formal mantiqqa to‘g‘ri tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi falsafiy fan, deb ta’rif berish mumkin.
Dialektik mantiq, formal mantiqdan farqli o‘laroq, tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida hamda taraqqiyotida olib o‘rganadi. Matematik mantiq esa tafakkurni matematik metodlar yordamida tadqiq etadi. U hozirgi zamon matematikasining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, tafakkurni mantiqiy hisoblash deb ataladigan yuqori darajada abstraktlashgan va formallashgan sistemada tahlil qiladi.
Formal mantiq hozirgi paytda o‘zining maxsus formallashgan tiliga, to‘g‘ri muhokama yuritish uchun zarur bo‘lgan samarali mantiqiy metodlari va usullariga, konseptual vositalariga ega. U tafakkurni o‘rganuvchi boshqa fanlar, xususan, falsafa, psixologiya, fiziologiya bilan hamkorlik qiladi hamda ilmiy bilimlar sistemasida o‘zining munosib o‘rniga ega. Ayniqsa, uning bilish metodi sifatidagi ahamiyati katta.
Tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganish, ulardan ongli ravishda foydalanish fikrlash madaniyatini o‘stiradi, xususan, fikrni to‘g‘ri qurish malakasini rivojlantiradi; bahs yuritishda o‘zining va boshqalarning fikriga tanqidiy munosabatda bo‘lishiga, suhbatdoshining mulohazalaridagi xatolarni ochib tashlashga yordam beradi. Ibn Sinoning qayd etishicha, haqiqatning nima ekani, ne narsaning haqiqatga yaqin ekanligi, nimaning yolg‘onligi, haqiqat va yolg‘onning qanday xillari borligi mantiq yordamida aniqlanadi.
Til – axborot belgilari tizimi. Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. Fikr ideal hodisadir. U faqat tilda – moddiy hodisada (tovush to‘lqinlarida, grafik chiziqlarda) reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila oladigan, his etadigan shaklga kiradi va odamlarning o‘zaro fikr almashish vositasiga aylanadi. Boshqacha aytganda, til fikrning bevosita voqe bo‘lish shaklidir.
Tafakkur ideal hodisa bo‘lib, tilda reallashadi.
Til tafakkur bilan uzviy bog‘langan, fikrimizning bevosita mavjud bo‘lishini ta’minlaydigan va kishilar o‘rtasida aloqa o‘rnatishga xizmat qiladigan axborot belgilari tizimidan iborat.
Belgi bilish jarayonida boshqa bir predmetning vakili vazifasini bajaruvchi hamda u haqda ma’lum bir xabarlar berish, uni saqlash, qayta ishlash va uzatishga imkoniyat yaratuvchi moddiy predmetdir.
Til belgisi simvol–ramzlar shaklida mavjud bo‘lib, o‘zi ifoda qiladigan predmetlar bilan tuzilishiga ko‘ra hech qanday o‘xshashlikka ega emas. Mantiq o‘z e’tiborini ana shunday til belgilarini o‘rganishga qaratadi.
Til belgilari o‘z ma’nosiga va mazmuniga ega. Til belgisining mazmunini u ifoda qilayotgan, ko‘rsatayotgan ob’ekt tashkil etadi. Masalan, «auditoriya» so‘zi real mavjud ob’ekt-ni – auditoriyani aks ettiruvchi fikr mazmunini ifoda etadi. Til belgisining ma’nosini esa u ifoda qilayotgan ob’ektning tavsifi tashkil etadi. Masalan, «Auditoriya» so‘zining ma’nosini «Mashg‘ulot o‘tkazish uchun mo‘ljallangan xona», «Maxsus jihozlangan xona» va shu kabi ekanligi haqidagi axborotlar tashkil etadi.
Tilning ikkita turi mavjud. Ular tabiiy va sun’iy tillardir. Tabiiy yoki milliy tillar tarixan shakllangan tovushlar (nutq) va grafika (yozuv)ning axborot belgilari tizimidan iborat.
Tabiiy til boshqa tillarga murojaat qilmagan holda mustaqil ravishda o‘zini qurishi va ifoda qilishi mumkin.
SHuning bilan bir qatorda, tabiiy tildan foydalanish bilish jarayonida ayrim qiyinchiliklarni ham keltirib chiqaradi. Ular quyidagilar bilan bog‘liq: 1) tabiiy tildagi so‘zlarning ma’nosi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi; 2) tabiiy tilda bir so‘z bir qancha tushunchani ifoda qilishi (omonimlar) yoki bir tushuncha bir qancha so‘zlarda ifoda qilinishi (sinonimlar) mumkin; 3) tabiiy tildagi ba’zi so‘zlar yordamida ifoda qilingan fikr aniq ma’noga ega bo‘lmay qoladi (masalan, «Karim chet tilini yaxshi bilmaydi» degan fikrda Karimning kimga nisbatan yoki qanday vazifani bajarishga nisbatan chet tilini yaxshi bilmasligi ko‘rsatilmagan). Ana shuning uchun ham, tildan noto‘g‘ri foydalanilsa, fikrning mazmuni o‘zgarib ketadi. Bu erda Sa’diy aytgan fikrni esga olish o‘rinlidir: odam tili bilan hayvondan ustun, ammo tildan nojoiz foydalansa, hayvondan battar.
Tabiiy tildagi mana shu kabi hodisalardan xoli bo‘lish uchun ilmiy bilishda terminlardan foydalaniladi. Termin o‘zining qat’iy va aniq ma’nosiga ega so‘z bo‘lib, bu ma’no definitsiya (ta’rif) yordamida ko‘rsatiladi. SHuningdek, tabiiy tilda aniqlikka sun’iy tildan foydalanish yo‘li bilan ham erishiladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling