Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Download 0.75 Mb.
bet57/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Dialektikani baxs yuritish san’ati sifatida tushunish o‘rta asrlarda ham davom etgan. Unga munozara san’ati sifatida ham qarash o‘rta asrlarda yashagan Markaziy Osiyolik mutafakkirlar, xattoki Uyg‘onish davri vakillariga ham xos bo‘lgan. G. Galileyning “ Dunyoning ikki sistemasi to‘g‘risidagi baxs ” asari bunga yaqqol misol bo‘la oladi.


Dialektika tushunchasi paydo bo‘lgan davrdan boshlab hozirgi ko‘ngacha umuman olganda garchi u boshida tor ma’noda qullangan bo‘lsada, sermazmun falsafiy fikr yuritish, suxbat kurish usuli sifatida insoniyat madaniyati rivojlanishida sezilarli darajada ijobiy rol o‘ynaydi. Dialektik fikr yuritish, munozara madaniyati murakkab muammolarni muxokama qilish, ziddiyatlarni echish, to‘g‘ri xulosalar chiqarish va tushunish maxoratining shakllanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. SHu tarika dialektika asta-sekin qarama - qarshi fikrlar asosida munozara, baxs yuritish orqali ziddiyatlarni ochish usuli sifatida karaladigan bo‘ldi. Inson ijod tafakko‘rining dialektik xarakteri to‘g‘risidagi qarashlar shakllandi.
Rivojlanishdagi sifat o‘zgarishi, eskiga nisbatan jiddiy yangilikning paydo bo‘lishini tushunishda uyg‘onish davri, SHarq va O‘rta Osiyo mutafakkirlari bir qator oldinga ketdilar. Ularning rivojlanish to‘g‘risidagi qarashlarida kishilik jamiyati taraqqiyotiga tadbikan bildirilgan o‘rinishlarni ko‘ramiz.
Rivojlanish va taraqqiyot to‘g‘risidagi g‘oyalarni umumlashtirish va izchil asosda bayon qilib berishda, shubxasiz, nemis klassik falsafasi vakillarining munosib o‘rni bor. Jumladan, uning asoschisi I. Kant rivojlanish g‘oyasini izoxlashda o‘ziga xos bir qator nazariyalarni ishlab chiqish bilan birga , u bu qarashlarini insonning axloqiy rivojlanishiga ham joriy qilishga o‘rindi.
Dialektika ta’limotini rivojlantirish borasida, albatta, nemis klassik falsafasining eng yirik vakili Gegelning o‘rni juda kattadir. Gegelning ulug‘ xizmati shundaki, u birinchi bo‘lib butun tabiiy, tarixiy va ma’naviy dunyoni bir butun, yaxlit jarayon shaklida, o‘zluksiz harakat qilib turadigan holda tasvirlab berdi, bu harakat va taraqqiyot jarayonining ichki bog‘liqligini ochib berdi.
Gegelning qarashlari taraqqiyot to‘g‘risidagi dialektika ta’limotini yanada boyitdi, u dialektik tafakkur tarixida birinchi bo‘lib dialektika kategoriyalari va qonunlarini bayon qilib berdi. Biroq, Gegelning dialektikasida borliqning rivojlanish jarayoni tafakkur rivoji bilan belgilanadi. SHu ma’noda uning qarashlarida dialektikaning tub mohiyati teskari talkin etilgan.
Dialektika tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining, ulardagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog‘lanishlarning eng umumiy qonunlari to‘g‘risidagi fandir. Dialektika bir butun borliqning rivojlanishi to‘g‘risidagi ta’limot sifatida moddiy dunyoga ham uning in’ikosi bo‘lgan ma’naviy dunyoga ham, ya’ni inson bilishiga ham mosdir. SHunga ko‘ra, dialektika tarkibiga o b g‘ e k t i v d i a l e k t i k a va su b g‘ e k t i v d i a l e k t i k a kirishini ta’kidlash lozim.
O b ‘ e k t i v d i a l e k t i k a - moddiy dunyoning, undagi narsa va hodisalarning aloqadorlik va bog‘lanishlari, ularning harakati, rivojlanishi va taraqqiyotidir.
S u b g‘ e k t i v d i a l e k t i k a - moddiy dunening inson miyasidagi in’ikosiga xos bo‘lgan bilish jarayoni sub’ektiv dialektikasidir.
Dialektika kishilar uchun voqeilikni bilish usulidir. Uning yordamida dunega dialektik qarash vujudga keladi. Dunega dialektik qarash esa barcha narsa va hodisalarni, ularni inson ongidagi in’ikosini o‘zaro aloqadorlik va bog‘lanishda, qarama qarshiliklar birligi va kurashda, miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro bir-biriga o‘tishida, eskining yangi bilan doimiy yangilanishida deb tushunishdir Tabiat va jamiyatda hamma narsa dialektik tarzda yuz beradi. Birok, uni aks etirish, bilish natijasida tasavvur hosil qilish usullarida farqlar mavjud. SHulardan dialektik tafakkur usuliga xos bo‘lgan xususiyatlarni qayd etishda davom etib aytish lozimki, tabiatshunoslik va jamiyat taraqqiyoti ta’sirida dialektik tafakkur ham o‘zgarib, takomillashib boradi.
Taraqqiyot natijasida davrning o‘zgarishi tufayli kishilarning tafakkur usullari ham o‘zgarib boradi. CHunki, har bir yangi davr ularning oldiga yangi muammolarni qo‘yadi. YAngi muammolar echimi esa, ularga yangicha yondashuvni talab qiladi. Oqibatda, yangicha fikrlash va yangicha tafakkur shakllanadi. Keyingi yillarda ijtimoiy taraqqiyotdagi tub burilishlar tufayli jahon xalqlari hamjamiyatlarining vujudga kelishi natijasida yangicha tafakkur vujudga kelayotganligi fikrimiz dalilidir. Uning asosini jamiyatni dialektik tushunish tashkil qiladi.
Dialektik tafakkur usuli sofistik, eklektik va dogmatik tafakkur usullaridan tubdan farq qiladi.
Tafakkurning sofistik, eklektik va dogmatik usullari dialektik tafakkur usulining muqobillaridir. Ular o‘z mohiyatiga ko‘ra metafizik usuldir. Falsafada borliqdagi umumiy bog‘liqliklar, aloqadorliklar, rivojlanish va taraqqiyot jarayonlarini buzib ko‘rsatishga urinish, odatda, metofizik qarashdan iborat. Dialektik tafakkurning muqobillari garchi bir - birlariga qarama - qarshi bo‘lsa ham, ayni vaqtda, bir - birlarini to‘ldiradilar va dialektik tafakkurning mohiyatini to‘liqroq anglab etish uchun xizmat qiladilar. Ularning har biri to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tib, bunga ishonch hosil qilamiz.
S o f i s t i k a - yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, bilib turib, ataylab xato asoslar asosida, ko‘p ma’noli so‘zlarga asoslanib, xato asoslardan yolg‘on xulosa chiqarish orqali fikr yuritishdir.
Sofistik tafakkur dastlab qadimgi yunon falsafasida keng tarqalgan edi.
Sofistik tafakkur usuli, Farobiy ta’biri bilan aytganda, «yolg‘ontakam donolik» dir. CHunki, unda haqiqatni ataylab buzib, yolg‘on fikrni haqiqat sifatida ko‘rsatishga o‘rinish mavjud bo‘ladi. Bundan qo‘llaniladigan asosiy maqsad suxbatdoshni chalg‘itish orqali mantiqiy boshi berk ko‘chaga olib kirishdan iborat
E k l e k t i k a – yunoncha tanlayman, degan ma’noni anglatadi. Uning mohiyati turli qarama-qarshi nazariyani, qarashlarni korishtirib yuborishdan iborat.
Eklektik tafakkur usulida narsa va hodisalarning muhim va nomuhim, asosiy va asosiy bo‘lmagan xususiyatlari, ular o‘rtasidagi bog‘liqliklar aralashtirib ifodalanadi. Narsa va hodisalarga, ularning aloqadorliklariga muayyan makon va zamonda, vaziyat va sharoitda yondashmaslik, ulardagi asosiy va ikkinchi darajali tomonlarni hisobga olmaslik kelib chiqadi

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling