Xulosalar. Ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida va yo‘nalishlarda turli-tuman metodlarning murakkab, dinamik va muvofiqlashtirilgan tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur metodlar har doim tadqiqotning muayyan shartlari va predmetidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha va tushuntiruvchi matnlar
B o r l i q to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotga ko‘ra, uning mohitiyatini anglab etishda borliqni tashkil etuvchi narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va aloqalarni, ularning o‘zgarishi va rivojlanishlarini bilish ham juda muhimdir. Olamning bir butun, yaxlit ilmiy manzarasini hosil qilishda va u to‘g‘risida nazariy xulosa chiqarishda bunday yondashuv, xal qiluvchi metodologik usuldir. Busiz borliqni qonkret holatini, mohiyatini, manbai, sababi, rivojlanishi, harakatga keltiruvchi kuchi hamda taraqqiyot yo‘nalishini tushunishga imqon ham yaratilmaydi. Bu shundan dalolat beradiki, aloqadorlik, umumiy bog‘lanish va rivojlanish to‘g‘risidagi qarashlar alohida o‘ziga xos falsafiy muammo hisoblanadi.
Falsafa tarixida barcha falsafiy muammolar bilan birga borliqning harakatlanishi, taraqqiyoti, umumiy bog‘lanish va aloqadorlikda ekanligi to‘g‘risidagi qarashlar ham paydo bo‘lgan. Bu muammolar falsafada “dialektika tushunchasi” yordamida ifodalangan.
D i a l e k t i k a falsafa tarixida, dastlab, o‘zaro baxs munozara olib boruvchi kishilarning fikr va munozaralaridagi qarama- qarshi zid fikrlarning tuknashuvi orqali haqiqatni aniqlash ma’nosini anglatgan. Bu, ayniqsa, antik davr faylasuflarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ular o‘z muxokamalarida bir -birlariga mukobil savollarni berib, bu savollarga har tomonlama yondashuv yordamida bir yoklama, tor javoblarni bartaraf qilishgan. Natijada masalaga munozara davomida har xil nuqtai nazarlarni bildirish tufayli, turli ilmiy, nazariy, axloqiy, siyosiy, huquqiy, va shu kabi voqea - hodisalar to‘g‘risidagi o‘z qarashlarini ishlab chiqqanlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |