Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Qarama – qarshiliklar birligi va kurashi qonuni


Download 0.75 Mb.
bet59/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Qarama – qarshiliklar birligi va kurashi qonuni dialektika qonunlari ichida markaziy o‘rinni egallaydi. Bu qonunga muvofik har bir narsa bir – biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan va biri ikkinchisini istisno etuvchi qarama – qarshi tomonlarga, kuchlarga ega. Bu qarama – qarshi tomon va kuchlar o‘rtasidagi kurash taraqqiyotining manbaini ifodalab, eskining yuqolishi va yangining paydo bo‘lishiga olib keladi.
Qarama – qarshiliklar borligi va kurashi qonuni bilish jarayonida ham o‘z ifodasini topadi. Ma’lumki, bilish jarayoni bir – biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan hissiy va ratsional bilishdan iboratdir. Hissiy bilish orqali inson narsa va hodisalarning faqat tashqi tomonlari va xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumot oladi, mavxum tafakkur orqali esa ularning ichki munosabatlarini belgilovchi qonuniyatlarni biladi. Bu erda hissiy va ratsional bilish bir jarayonning ikki ajralmas, ammo bir – biridan farq qiluvchi muhim tomonlaridir.
Qarama – qarshi tomonlarning birligi nisbiy, utkinchi xususan o‘ziga xos ziddiyatlar mavjud. Ishlab chiqarish bilan isteg‘mol ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari ijtimoiy borliq bilan ijtimoiy ong o‘rtasidagi ziddiyatlar ijtimoiy ziddiyatlardan hisoblanadi.
Ma’lumki, narsalar turli – tumandir. Hamma tomonlari bilan aynan uxshash bo‘lgan ikki narsaning o‘zi yo‘q. Narsalarning tafovut darajasi ham bir xil emas: muhim va nomuhim tafovutlar mavjud.
Narsa va hodisalardagi tafovutlar qarama – qarshiliklar asosini tashkil etadi. Qarama – qarshiliklar deb shunga aytiladiki, tabiatdagi narsa va hodisalarga mavjud bo‘lgan tomonlar, xossalar va yo‘nalishlar bir – birini inkor qiladi, bir vaqtning o‘zida bir – birini takozo qiladi. Masalan, magnitdagi shimoliy va janubiy kutblar , elektrning manfiy va musbat zaryadlari, atomdagi tortilish va itarilish, ijtimoiy hayotdagi yovuzlik va ezgulik o‘zaro bir – birini inkor etadi, ayni vaqtda biri ikkinchisini takozo etadi.
Narsa va hodisalarning qarama – qarshi tomonlari o‘rtasidagi munosabat ziddiyat deb ataladi. To‘qnashuv tushunchasi ziddiyatdan farqli o‘laroq, narsa va hodisalarning qarama – qarshi tomonlari keskinlashib, ularning eski chegaradan birgalikda yashashi mumkin bulmay qolgan holatini belgilaydi. Ziddiyatlar hamma vaqt ham tuknashuv bilan tugamay, balki alohida sharoitlardagina shunday holda bo‘lishi mumkin. Mana mana shu real munosabatlar karam-qarshiliklar birligi va kurash qonunida aks etib, dialektikaning mohiyati va magzini tashkil etadi.
Hamma narsa va hodisalar ichki ziddiyatlarga va bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan tomonlarga ega.
Quyosh sistemasi ham qarama-qarshiliklar birligining murakkab namunalaridan hisoblanadi. Sayyoralar sistemasining markazi hisoblangan quyosh bilan boshqa sayyoralar o‘rtasida shunday aloqadorlik mavjudki, bu aloqadorlik markazga intiluvchi tortish kuchi va markazma kochuvchi – itariluvchi kuchlar ta’sirida yuzaga keladi. SHu qarama-qarshi kuchlar o‘rtasidagi kurash quyosh sitemasining yashashi va rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini belgilaydi.
Agar atomni olsak, bir atom moddasi ham, avvalo, musbat va manfiy elektr zaryadlari, proton va elektron kabi murakkab qarama-qarshi tomonlarining yig‘indisidir. Atom yadrosining o‘zida tortilish va itarilish kabi kabi qarama-qarshi kuchlar mavjuddir.

Narsa va hodisalarning harakat mohiyatidan kelib chiqadigan ziddiyatlarga ichki ziddiyat deb ataladi. Tashqi ziddiyatlar deb turli narsa va hodisalar o‘rtasidagi qarama – qarshiliklarga aytiladi.
Ziddiyatlarni ichki va tashqi ziddiyatlarga bo‘lish nisbiydir, chunki ular bir – biriga o‘tib turadi. Ma’lum bir ziddiyat boshqa narsa va hodisaga nisbatan ichki yoki boshqa bir munosabatda tashqi ziddiyat bo‘lib qolishi ham mumkin. Dialektika ichki va tashqi ziddiyatlarning birligini hisobga olish bilan birga, ularning taraqqiyotidagi o‘rniga baho berishda har tomonlama yondashishni talab qiladi.
Metafiziklar faqat tashqi ziddiyatlarni tan olib, narsa va hodisalarda ichki ziddiyatlar mavjudligini inkor etadilar. Ular taraqqiyot manbaini narsa va hodisalarning bir – biriga qarama – qarshi tuknashuvidan kelib chiqqan tashqi ziddiyatdan iborat deb qaraydilar.
Asosiy ziddiyatlar deganda hodisaning mavjudligi va rivojlanishi vujudga kelishi va yo‘q bo‘lishi yoki yangi sifatning tug‘ilishini o‘z ichiga oladigan eng chuqur mohiyatini ifodalaydigan ziddiyatlar tushuniladi.
Asosiy va asosiy bulmagan ziddiyatlardan bosh va bosh bo‘lmagan ikkinchi darajali ziddiyatlarni farqlash lozim. Bosh ziddiyatlar deb rivojlanishning u yoki bu bosqichining mohiyatini belgilab beradigan ziddiyatlarga aytiladi. Hodisalar taraqqiyoti bosqichida bosh va bosh bo‘lmagan ziddiyatlar o‘rin almashishi, ya’ni bir sharoitda bosh bo‘lgan ziddiyat yangi bir sharoitda bosh bo‘lmagan ziddiyatga aylanishi ham mumkin.

Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni dialektikaning asosiy qonunlaridan biridir. Bu qonunning mohiyati shundan iboratki, narsa va hodisalardagi sezilarli bo‘lmagan miqdoriy o‘zgarishlar asta – sekin to‘plana borib,taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida me’yorini buzadi va sakrash yo‘li bilan tub sifat o‘zgarishlariga olib keladi.
Moddiy olamdagi xilma-xil narsa va hodisalar bir-biridan o‘z sifati bilan ajrab turadi. Sifat - narsalarning ichki muayyanligi bo‘lib, uning qator xossa, belgi, ususiyatlari birligidir.Sifat narsa qanday bo‘lsa, uni shundayligicha aniqlab beradi. Narsalarning sifati esa ularning xossa orqali namoyon bo‘ladi. Xossa narsa sifatining boshqa narsalar bilan o‘zaro aloqadorligidagi tashqi namoyon bo‘lishidir. Biz narsalarning ichki sifatini ma’lum bir xossalarida namoyon bo‘lishi orqali bilamiz. Har bir narsa ko‘plab xossalariga ya’ni asosiy va ikkinchi darajali xosalariga ega bo‘ladi. Masalan, metal zichlik, issiklik, o‘tkazuvchanlik cho‘ziluvchanlik kabi xossalariga ega. Sifat-jismning barcha xossalarini birgalikta bog‘lovchidir. Demak, sifat narsaning umumiyligini, yaxlitligini uning nisbiy barqarorligini bir-birga o‘xshashligi ifodalaydi. U keng ma’noda narsalarni turli-tuman xosalari ygindisidir. Lekin sifat va xossa aynan bir xil ma’nodagi tushunchalari emas. Sifatning o‘zgarishi muqarrar surg‘atda xossaning o‘zgarishiga olib keldik, biroq xossaning o‘zgartirishga har doim sifatning o‘zgartirishga ta’sir etavermaydi, ayrim xossalar narsalar narsalarning sifatiga ta’sir etmasdan yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Sifat predmeti doimiyligi, nisbiy barqarorligi ifoda etadi.
Narsalar sifatligi muayyanligidan tashqarida bir-biridan miqdoriy tomonlar bilan farq qiladi. Miqdor predmetning xajm, o‘lchovi, og‘irligi, harakati tezligi va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Tabiat hodisalari kabi ijtimoiy hodisalariga ham miqdoriy tomonga ega. CHunonchi, suv o‘z solishtirma og‘irligi kaynash va mo‘zlash darajasiga ega, bir ijtimoiy tuzum boshqa xususiyat jihatidangina emas, balki ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyot, surat, darajasi mehnat unumdorligi, madaniyat va hokazolar bilan farq qiladi. Narsa va hodisalardagi miqdor va sifatiy tomonlari doimiy bir-birini taqazo qilib, birlikda bo‘ladi. Har qanday narsa miqdori va sifati birligiga ega. Tabiatda fakt miqdorga va sifatga ega bo‘lgan narsa yo‘k. SHuning uchun hamma narsaga sifati tomondan berilgan tavsiya to‘gri bo‘ladi. Miqdor va sifatning birligi, o‘zaro bog‘liqligi me’yor tushunchasi ifodalanadi. Me’yor – bu miqdoriy munosabatlar va ob’ektiv sifatga mos tuzilmalarning muvofiqligi. Ob’ektning miqdori ushbu sifat doirasidan chiqmasdan muayyan oraliqda o‘zgaradi. Bu oraliq chegaralari esa predmetni muayyan yaxlitligini, sifat va miqdor o‘rtasida o‘zaro munosabatni ifoda etadi. Bu o‘rinda har bir narsa, hodisa o‘ziga xos o‘lchovga ega bo‘ladi, chunki ushbu sifat xususiyati har qanday miqdor bilan emas, balki muayyan miqdor bilan uyg‘unlashadi. Ushbu ob’ektga xos bo‘lgan miqdoriy o‘zgarishlar doirasidan chiqish shu ob’ektga xos bo‘lgan me’yorning buzulishiga va uning yangi sifatga o‘tishiga olib keladi. Me’yorning turli shakllari mavjud bo‘lib, nazariy bilimlar sistemasida u quyidagilarga ajratilgan: 1.) Oddiy me’yor – alohida o‘z ichiga olgan predmet o‘lchovi; 2.) sistemali substansiyali me’yor – ushbu sistemaning elementi bo‘lgan predmet o‘lchovi; 3.) aniq me’yor – barcha haqiqiy munosabatlar yig‘indisi bo‘lgan predmet o‘lchovi. Ijtimoiy hayot qoidalari turli-tuman me’yor munosabatlarga ega. Bir me’yordan ikkinchi me’yorga o‘tishning barcha xalqasi me’yor markazi tuguni deyiladi. Sifat, miqdor va me’yor tushunchalarida kishilarning ongiga bog‘liq bo‘lmagan narsalarni ob’ektiv va eng umumiy tavsifi ifodalanadi. SHuning uchun ham ayrim faylasuflarning narsalari sifatini sub’ektiv tushuncha deb ta’kidlashlaridan nazariy jihatidan asossizdir.
Miqdor o‘zgarishlari bilan sifat o‘zgarishlari o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘lishiga qaramay, ular ayrim o‘ziga xos xususiyatlariga ham ega. CHunonchi :

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling