Falsafa: fani bo’yich


Download 58.36 Kb.
bet2/3
Sana09.05.2023
Hajmi58.36 Kb.
#1448970
1   2   3
Bog'liq
Oqbo\'tayev Shahzod

Mantiqiy analiz – tadqiq etuvchi obyektni tarkibiy qismlarga ajratib o‘rganish. Ma’lumki, obyektiv voqelik nihoyatda murakkab bo‘lib, u aniq narsa va hodisalardan tashkil topadi. Ular esa o‘z navbatida xilma-xil xususiyat va sifatlarga ega. Bunday hodisa va narsalarni bilish va ular to‘g‘risidagi bilimlarimizni chuqurlashtirish uchun bu murakkab narsalarni tarkibiy qism, element hamda bo‘laklarga fikran ajratish, ya’ni analiz qilish zarur.
Masalan, tergovchi jinoyatning mohiyatiga yetish uchun uni turli xil versiya (taxmin)lar asosida tahlil qilib ko‘radi. Jinoyat joyini ko‘zdan kechiradi, guvohlar bilan ishlaydi, har bir harakatni o‘z fikrlarida qaytadan tiklaydi. Bunda fikriy tahlil amaliy tahlil bilan bog‘liq bo‘ladi. Lekin analiz fikrlash jarayonida alohida uchramaydi, u har doim sintez bilan birgalikda, u bilan bog‘liq holda keladi.
Sintez – analiz yordamida butunning bo‘laklarga ajratilgan qismlari, elementlarini yana fikran to‘plab, yaxlit holda o‘rganish. Bir obyektni o‘rganish jarayonida uni avvalo bo‘laklarga ajratib, so‘ng bu bo‘laklarni yana bir butunga to‘playmiz. Bunda sintez bevosita amaliy sintez bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi.
Masalan, tergovchi jinoyat sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirayotganda, dastlab turli xil dalillarni guruhlarga ajratadi (tahlil qiladi), so‘ng bu ma’lumotlarni yig‘ib, sintez qiladi. Sintezlashtirish jarayonida fikr yakkadan umumiyga, qismdan butunga, konkretdan abstraktga boradi. Sintez analiz (tahlil)ga asoslanadi va bilishda tushunchalarning vujudga kelishini yakunlaydi.
Tushunchaning vujudga kelishi, umuman obyektiv reallikdagi narsa va hodisalar hamda ularning xususiyatlarini tafakkurda aks ettirishning eng muhim xususiyatlaridan biri bu abstraksiyalash, ya’ni mavhumlashtirishdir.
Mavhumlashtirish – obyektiv reallikdagi narsa-hodisalarni ikkinchi darajali, muhim bo‘lmagan alohida xususiyatlaridan uzoqlashib, mavhumlashtirish yordamida ularning eng muhim, asosiy va umumiy tomonlarini aniqlash. Olamni ilmiy o‘rganishda hodisalarning ichki mohiyatini ochish va ular haqida to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqarish uchun mavhumlashtirishning ahamiyati juda katta. Mavhumlashtirish bu fikrlash qobiliyatidir. O‘quvchini mavhumlashtirishga o‘rgatish uning ilm-fanni egallash, konkret hodisalarning umumiy tomonlarini bila olishi uchun juda muhim ahamiyatga ega. Ilmiy mavhumlashtirish predmetlarning konkret belgilaridan uzoqlashgan holda ularni chuqurroq bilishga xizmat qiladi. Ilm-fan ilmiy abstraksiyalarga asoslanadi.
Mavhumlashtirish usuli fikrni umumlashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Umumlashtirish – narsa va hodisalarning o‘xshash hamda muhim belgi yoki xususiyatlarining bog‘lanishlarini fikrda muayyan tushunchaga birlashtirish jarayoni va uning natijasidirUmumlashtirish – ilmiy bilishning muhim vositalaridan biri.
Fikr umumlashtirishda xususiylikdan umumiylikka, turdan jinsga qarab harakat qiladi hamda umumiylik narsa-hodisalarning muqarrar o‘xshash va muhim belgilari sifatida olib qaraladi. Demak, tushunchalarni hosil qilishda taqqoslash, analiz-sintez, mavhumlashtirish va umumlashtirish mantiqiy usullari katta ahamiyatga ega ekan.
TUSHUNCHANING TURLARI VA ULAR O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR
Tushunchaning turlari haqida gapirishdan oldin ularni turlarga bo‘lishning eng asosiy mezoni bo‘lmish tushunchalarning hajmi va mazmuni haqida tasavvur hosil qilishimiz lozim. Tushunchaning hajmi va mazmuni uning mantiqiy tarkibini tashkil qiladi.
Tushunchaning hajmi deb, uning mohiyatini tashkil etuvchi predmetlarning yig‘indisiga aytiladi.
Tushuncha o‘zida bir turkumga mansub narsa va hodisalarni birlashtiradi. Masalan, «inson», «yulduz», «jinoyat» tushunchalari. Bularning har biridan o‘z hajmiga bog‘liq bo‘lgan boshqa tushunchalar doirasida ham foydalanish mumkin. Jumladan, «inson» tushunchasida o‘tgan, hozir va kelajakda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha odamlar haqidagi bilimlar mujassamlashtiriladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tushunchaning mantiqiy tuzilishi bir tomondan uning hajmi bilan ifodalansa, ikkinchi tomondan mazmuni bilan ifodalanadi.
Narsa va hodisalarning tushunchada aks etgan muhim belgilarining yig‘indisiga tushunchaning mazmuni deyiladi. Ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, tushunchaning mazmuni, unda ifodalanishi mumkin bo‘lgan barcha muhim belgilarni aks ettirar ekan. Masalan, «ziyoli o‘qituvchi».
«Ziyoli» tushunchasi o‘zida madaniyat, ilm, ma’naviyat sohibini gavdalantiradi.
Tushuncha hajm va mazmun birligidan iborat. Shuning uchun hajmsiz mazmunli, mazmunsiz hajmli tushunchalar bo‘lmaydi.
Tushunchalarning hajmi va mazmuni o‘rtasidagi munosabat shakl va mazmun o‘rtasidagi o‘zaro teskari nisbat qonunidagidek namoyon bo‘ladi. Ya’ni, tushunchalar hajmining kengayishi ular mazmunining mavhumlashuviga, hajmning qisqarishi mazmunning boyishiga olib keladi.
Masalan, «jinoyat» iborasining hajmi keng, mazmunini ifodalovchi muhim belgilari ham nisbatan mavhum.
«O‘g‘rilik» so‘zi hajm jihatidan jinoyatdan torroq, lekin mazmunan
boy.
Mazkur teskari nisbat qonuni hamma tushunchalarda emas, balki
ba’zi turdagi tushunchalarda namoyon bo‘ladi. Buyumlarni umumiy belgilarga qarab ajratish tushunchalarni turga ajratishdir. Tushunchada ifodalangan hodisalar guruhi hajm jihatidan munosabatlariga qarab jins va tur guruhlariga bo‘linadi. Jins turga nisbatan keng bo‘ladi.Demak, narsa va hodisalar bir xildagi jins va tur guruhlariga oid bo‘lgandagina ularning o‘rtasidagi hajm va mazmun munosabatlarining teskari aloqadorligini ko‘rishimiz mumkin. Aks holda, bu munosabat amalga oshmaydi. Masalan, «uy» tushunchasining hajmi qanchalik kengaymasin, «poeziya» tushunchasi torayib qolmaydi yoki aksincha.
Hajm va mazmun tushunchani turlarga bo‘lishning eng asosiy mezoni hisoblanadi. Mazkur mezonga binoan tushuncha muayyan turlarga bo‘linadi.
Tushunchalar hajmiga ko‘ra, nol (bo‘sh), yakka, umumiy chegaralangan yoki umumiy chegaralanmagan tushunchalarga bo‘linadi.
Nol tushunchalar – insoniyat tajribasida uchramagan, fanda qayd etilmagan narsa va hodisalarni ifodalovchi hajmsiz tushunchalar. Masalan, shayton, ajina, farishta va boshqalar.
Yakka tushunchalar ayrim, alohida predmet, hodisa va jarayonlarning umumiy va muhim tomonlarini aks ettiradi. Masalan, Sirdaryo, General Rahimov, Samarqand shahri va boshqalar.
Umumiy tushunchalar – bir yoki bir necha guruh narsa va hodisalarning muhim, umumiy tomonlarini aks ettiruvchi tushunchalardir. Masalan, yulduz, fabrika, jinoyat, jamiyat.
Umumiy tushuncha bilan yakka tushunchalar orasida jamlovchi yoki boshqacha aytganda, to‘planma tushunchalar alohida o‘rin egallaydi.
To‘planma tushunchalar – bir to‘plam, bir guruh predmetlarning butun, yaxlit holatda aks etishi. Masalan, xalq – kishilarning to‘plami, militsiya – ichki ishlar organlari xodimlarining to‘plami, armiya – askarlarning hamda harbiylarning to‘plami. Lekin askar va odam tushunchalari to‘planma emas. Chunki bu tushunchalar to‘plamni emas, balki bir guruh predmetlarni aks ettiradi.

Download 58.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling