Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Islom dini paydo bo‘lgandagi ijtimoiy iqtisodiy shart–sharoitlar


Download 0.88 Mb.
bet148/171
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761244
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   171
Bog'liq
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

1. Islom dini paydo bo‘lgandagi ijtimoiy iqtisodiy shart–sharoitlar. Islom dini dunyoda keng tarqalgan jahon dinlaridan biri bo‘lib, Osiyo qit’asidagi Eron, Pokiston, Afg‘oniston, Turkiya kabi ko‘plab mamlakatlar, Arabiston YArim Oroli, Iordaniya, Suriya, Afrika qit’asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, misr Arab Respublikasi, Somali singari mamlakatlar xalqlari, Efiopiya, Sudan, Malayziya, Indoneziya xalqlari, Livan, Hindiston, Xitoy hamda Filippin aholisining ma’lum bir qismi, Evropa qit’asida esa, Bolqon yarim orolida yashovchi xalqlarning bir bo‘lagi islom diniga e’tiqod qiladi. SHuningdek, islom dini Markaziy Osiyo, Zakavkaze, va SHimoliy Kavkaz, Volgabo‘yi, G‘arbiy Sibir va boshqa ayrim joylarda yashovchi aholining bir qismining ongi va turmushida mavjud bo‘lib, bu xalqlar turmush-tarziga o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Er yuzida islom diniga e’tiqod qiluvchilar, ya’ni musulmonlar so‘nggi davrlarda keskin rivojlanishi natijasida hozirgi kunda qariyb ikki milliardga yaqinlashdi va son jihatidan xristianlikdan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi.
Islom dini paydo bo‘lishi arafasida arablarda poleteizmdan monoteizmga o‘tish harakati, orzu-ishtiyoqi bo‘lganidek, yaxudiylikda ham politeizmdan monoteizmga o‘tguncha bir qancha tarixiy jarayonni boshdan kechirgan. Bu jarayon ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik jamiyatiga o‘tguncha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Mana shu tarixiy davrda yahudiy qabilalari ko‘p xudolarga e’tiqod qilganlar. Har bir qabilaning, har bir urug‘, hatto shaharning o‘z xudosi bo‘lgan; moddiy olam hodisalarining har bir guruhi alohida xudoning nomi bilan bog‘langan. «Sening shaharlaring qancha bo‘lsa, xudolarning shahri ham shunchadir», deyiladi Tavrot yozuvlarida. YAxudiylikdagi mahalliy avliyolar hisoblanmish Iso (Iisus), Navin, Ibrohim (Avraam), Ishoq (Isaak) YOqub (Iakov), YUsuf (Iosif) kabilar boshqa dinlarda, shu jumladan islomda payg‘ambar deb tan olingan.
Arabiston YArim orolida yaxudiylik bilan bir qatorda monoteistik ta’limotni targ‘ib qiluvchi xristian jamoalari ham mavjud edi. Ular arabistonga tahminan milodiy yil taqvimining boshlarida kirib kelgan bo‘lishlari mumkin. Masalan, 471 yildan e’tiboran xristian cherkovlari Qadimgi SHarq cherkovlari deb atala boshlangan. Xristianlikning bir tarmog‘i bo‘lmish nestorianlar esa, eng avvalo, Ossuriylar orasida tarqalgan. Bularning diniy jamoalari hozir ham Suriyada, Iroqda, Eronda va Hindistonda bor.
Arabiston yarim orolida islomning vujudga kelishi arafasida yahudiylik, xristianlik, hattoki zardushtiylik va monizm ta’limotlari bu mintaqalarda keng tarqalgani haqida yozma ma’lumotlar mavjud. Mazkur dinlarga e’tiqod qiluvchi qabilalar bilan arab qabilalarining aloqalari mavjud bo‘lib, bir-birlariga ta’siri sezilarli darajada bo‘lgan. Jumladan, mehnat faoliyatida, savdo-sotiq ishlarida, hattoki urf-odat, turmush tarzi, ma’naviyatining rivojlanishida o‘z ifodasini topgan.
Arablarning islomdan oldingi ma’naviyati ularning yashash sharoiti, mehnat faoliyati, ruhiyati, dunyoqarashining shakllanishi esa mavjud poleteistik (ko‘pxudolik) dinlari ta’sirida bo‘lgan. SHu narsa ayonki, yaxudiylik va xristianlikda politeizmdan monoteizmga o‘tish islomdan oldin vujudga kelgan. Islomda esa bu jarayon VI asrning va VII asrning boshlarida qaror topdi.
Islom va boshqa jahon dinlarining politeizmdan monoteizmga o‘tish tarixi bu jarayonning muayyan evolyusiyasi davri o‘tishi natijasida yuzaga kelishini ko‘rsatadi. Arab xalqlarining ma’naviyati o‘sha davrdagi turmush tarzi, diniy e’tiqodlari doirasida shakllangan va rivojlangan. Islom dinining vujudga kelishi bilan ularning ma’naviyati, hayot tarzi va qarashlarida sekin-asta tub o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib kelgan.
Bir so‘z bilan aytganda islom dini arabiston yarim orolidagi vaziiyatni e’tiborga olib islomdan oldingi davrni Johiliya davri deb atadi. Bu so‘z arab tilida “Johillik”, “Bilmaslik”, “Nodonlik” ma’nolarini anglatadi. CHunki bu davrda arablar orasida al-vasaniyya – ya’ni ko‘pxudolik hukm surib, ular yakkaxudolikdan bexabar edilar. Bundan tashqari xalq orasida qizlarini tiriklayin ko‘mish, mayxo‘rlik va boshqa bir qator axloqiy buzuqliklar keng yoyilgan bo‘lib, islom dini bunday odatlarga chek qo‘ydi. Arablar orasida ko‘pxudolik shu darajada avj olgan ediki, xatto har bir qabila va har bir oilaning o‘z xudosi bo‘lgan. SHuning uchun ham islomdan oldin Ka’bani ichida 360 ta but va sanamlar bo‘lgan. Keyinchalik muhammad payg‘ambar Makkani fath qilgach, bularni sindirib tashlashni buyuurgan.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling