Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
YAhudiy dinidagi asosiy aqida yakka xudo – YAxvega e’tiqod qilishdir
Download 0.88 Mb.
|
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet
- Bu sahifa navigatsiya:
- YAxudiylik ta’limoti inson hayotini 600 turdan ziyod toat-ibodat, urf-odat bilan bog‘laydi.
- Talmud (kadimgi yahudiy tilida o‘rganish) shakllangan.
- YAhudiylik oqimlari haqida gapirganda ularni keng tarqalgan oqimlariga Sadduqiylar, Farziylar, Esseylar, Massonizm va Sionizmlar kiradi.
YAhudiy dinidagi asosiy aqida yakka xudo – YAxvega e’tiqod qilishdir. Diniy akidalardan birida zamona oxir bo‘lgach, YAxve o‘z elchisi oxir zamon payg‘ambari (Messiya)ni yuborib, "mumtoz xalq"ni dunyoga hukmron qiladi. YAxudiylikda oxir zamon payg‘ambari g‘oyalariga keng o‘rin berilgan. Muso xudoning amrini erga etkazib turuvchi payg‘ambar tariqasidagina emas, balki insonlarni yovuzlikdan, gunoxdan saqlash maqsadida xudo erga yuborgan vakil sifatida ham tasvirlangan.
YAxudiylikda murakkab urf-odat va marosimlar bo‘lib, uni ta’limotining muhim aqidalaridan biri kishilarni azob-uqubatlardan qutqarish bilan yurtda adolat o‘rnatib, olamni yangilovchi oxir zamon payg‘ambarini kelishini kutishdir. YAxudiylik ta’limoti inson hayotini 600 turdan ziyod toat-ibodat, urf-odat bilan bog‘laydi. YAxudiylik tarixi davomida uning bir qancha mazhab va yo‘naliishlari paydo bo‘lgan. YAxudiylikda XX asrda vujudga kelib, faoliyatini hozirgacha davom ettirayotgan islohotchilar dinni zamonaviylashtirishga intilishlari sodir bo‘lmoqda. Turli tangliklar yaxudiylikni o‘z sistemasiga ba’zi tuzatishlar kiritishga majbur etmoqda. YAhudiylikning asosiy aqidalari orasidagi eng muhimlari –monoteizm – yagona xudo bo‘lmish YAxvega e’tiqod; xaloskorlik – xudo tomonidan yuboriladigan xaloskor oxir zamon payg‘ambariga ishonch; bu xalaskor dunyoni qayta qurar va butun yahudiylarni falastindan Sinion (Quddus yaqinidagi tepalik) atrofiga to‘plashi va ularning dushmanlarini jazolashi, narigi dunyoga ishonch, oxiratda har kimning o‘z qilmishiga yarasha ajrini topishi, jannat va do‘zaxlarning mavjudligiga, dunyoning oxiri borligiga, muqaddas kitoblarning benuqsonligi kabilarga ishonishdir. Ilohiyotchilar fikriga binoan, Bibliya23ning birinchi besh kitobi bo‘lmish Tavrot (aynan tarjimasi qonun, Musoning besh kitobi) yahudiylarga etkazish uchun Muso payg‘ambarga xudo YAxvening shaxsan o‘zi Sinion tepaligida bergan. Bibliyaning boshqa qismlari esa (Qadimgi ahdga taalluqlisi) xudoning bevosita pand-nasihatlari ta’siri natijasida yahudiylarning boshqa turli payg‘ambarlariga yuborilgan deb tushuniladi. SHunday qilib Bibliyani shakllanishi uzoq davrni o‘z ichiga oladi. Odatda yaxudiylik shartli ravishda ikki davrga bo‘linadi. Birinchisi, qadimiy (quldorlik davri bo‘lib, u milodning II asrigacha bo‘lgan bu davrda Bibliyaning qadimiy axd qismi yuzaga kelgan. Ikkinchisi, XIX asrgacha davom etgan O‘rta asr feodal, ravvin, talmud, an’anaviy davrlarga bo‘linadi. SHu davrlarda diasporalarda (yunoncha tarqok, falastindan tashqaridagi yahudiy maskanlarining nomi) Tavrotni talqin etish natijasida yaxudiylikning yangi bir mukaddas kitobi Talmud (kadimgi yahudiy tilida o‘rganish) shakllangan. Unda yaxudiylikning aqida va marosimlari batafsil yoritilgan. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida yaxudiylikda yangi bosqich- isloh qilingan yaxudiylik vujudga kelgan. Bu davrlarda yangi burjua sharoitiga moslashish maqsadida aqidalarni yangilash va Talmudda belgilangan bir qator yo‘l-yo‘riklardan, ibodatlardan voz kechishlar ro‘y bergan. Hozirgi zamon yaxudiyligida isloh qilingan yaxudiylik bilan bir qatorda ortodoksal (sof) fundamental yaxudiylik ham mavjuddir. Ortodoksal yaxudiylik Isroilda alohida mavqe’ga ega bo‘lib, rasmiy davlat dini hisoblanadi. Bunga XX asrda vujudga kelgan muxofazakor yo‘nalishdagi yaxudiylik, uning mafkurachilari yaxudiylik va sionizm ittifoqining tarafdorlaridir. O‘tgan asrning 20-30-yillarida g‘arbda rekonstruksionizm deb nom olgan, go‘yoki shaxsiy milliy mansubligini belgilaydigan yaxudiylik "yahudiylar revolyusiyasidir" deb e’lon qilgan yangi yo‘nalishlar ham kiradi. Markaziy Osiyoda yashayotgan yahudiy dindorlari orasida asosan ortodoksal shakldagi yaxudiylik mavjud va ular shartli ravishda etnik ko‘rinishlar tartibiga muvofiq to‘rt xil; evropalik, buxoro, gruzin, tog‘li yoki tat yahudiylariga bo‘linadi. Bu joylardagi yahudiylarning asosiy qismi, keyinchalik ular Buxoro yahudiylari nomini olgan, chamasi, sosoniylar davrida Mavr va Eron orqali kirib kelgan bo‘lsalar kerak. Bunga ularning kadimgi Fors lahjalarining tojik shevasidan biri bo‘lmish tili, shuniigdek ayrim eroniy odatlari va hozirgi kungacha saqlanib qolgan elatlarning madaniyatining birgina obidasi - yahudiylarning lug‘ati 1327 yil Urganchda yozib tugatilgani bundan dalolat beradi. Buxoro yahudiylari o‘zlarining etnik xislatlarini hammadan ko‘proq anik saqlab qolgan yahudiylardir. Bularga Bibliya yaxudiylikining asoslari oilaviy-maishiy tartibdagi patriarxal odatlar bo‘lmish "xalitso"-"to‘rt tirsak", "ketuba", "kadish" o‘n kishidan kam bo‘lmagan dindoshlar ishtirokida vafot etgan ota-onaga bag‘ishlangan xotira ibodatlari kiradi. Ehtimol, ko‘p asrlar mobaynida ular yo‘qotgan asosiy narsa, faqatgina diniy ibodatlarda saqlanib qolgan va juda oz, tor darajadagi kishilar – ravvinlargina biladigan, qadimgi yahudiy tili bo‘lsa kerak. Tat yahudiylari yoki ular, ilgari aytilganidek, Dog‘iston, SHimoliy Kavkazda yashovchi "tog‘lik yahudiylar" Eron lahjalari shevasidan biri bo‘lgan tat tilida so‘zlashganliklari uchun ham eroniy tilida so‘zlashuvchi xalq hisoblanadi. CHamasi, ular V-VI asrlarda Darbantga Erondan ko‘chib kelgan bo‘lib, avval zardushtiylikni, keyin esa (VIII asrlardan boshlab) ikki asrlik Hazar kogonlarining hukmronlik davrida yaxudiylik ta’siriga o‘tganlar. YAxudiylikda markaziy diniy tashkilot yo‘q, Moskvadagi xoral sinagogi va shibatda (o‘quv yurti) ruhoniy xodimlar; ravvinlar, kantorlar va boshqalar tayyorlanadi. YAhudiylik oqimlari haqida gapirganda ularni keng tarqalgan oqimlariga Sadduqiylar, Farziylar, Esseylar, Massonizm va Sionizmlar kiradi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling