Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Konfutsiylikda oliy ilohiy kuch osmon hisoblanib, Xitoy hukmroni esa xudolar bilan insonlar o‘rtasidagi vositachi, "osmon o‘g‘li", deb talqin qilina boshlagan
Download 0.88 Mb.
|
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI asrda yozgan “Lung-YUy” (Suhbatlar va mulohazalar) kitobidir.
- SHu ma’noda Konfutsiy ta’limotini inson xatti-harakati hayoti y
- O‘g‘il ota-onasini oldida quyida
Konfutsiylikda oliy ilohiy kuch osmon hisoblanib, Xitoy hukmroni esa xudolar bilan insonlar o‘rtasidagi vositachi, "osmon o‘g‘li", deb talqin qilina boshlagan. Xitoy imperatorlarini hatto xudo darajasiga ko‘tarishgacha borib etilgan.
Konfutsiylikda ajdodlarga va ruxlarga sig‘inish muhim o‘rin egallaydi. SHu boisdan qurbonlik qilish, tug‘ilish, oila qurish, dafn va boshqa marosimlar tantanali bajariladi. Bularni davlat hokimlari, oila yoki urug‘ boshliqlari boshqaradilar. Konfutsiylikda kohinlar bo‘lmagan, dastlabki davrlarda hech qanday sistemali ta’limot ham bo‘lmagan. Keyinchalik bu ta’limotlar yaratilib, u hamma klassik qonunlari 13 kitobda, sharhi esa 40 jildda bayon qilingan. Bularning eng ahamiyatli qismi 9 ta kitobdan iborat. Bular: "Snshu" (To‘rt kitob) va "Utszin" (Besh kitob)dir. Bu qonunlar ham diniy "muqaddas", ham dunyoviy donishmandlik manbai hisoblanadi. Konfutsiy garchi samoni oliy ruhiy qudrat, ajdodlarga qurbonlik keltirishni ularni e’zozlashning asosiy ifodasi deb bilsa ham. O‘z ta’limotida osmon sirlari muammolarini deyarli tilga olmagan hamda ruhlar va narigi dunyo kabi tushunchalarga kam e’tibor bergan. Konfutsiyning falsafiy va axloqiy g‘oyalari markazida inson, uning aqliy va ma’naviy qiyofasi, olamdagi hamda jamiyatdagi o‘rni, vazifasi va muammolari turadi. Konfutsiy fikricha, olamdagi barcha mavjudot singari insonning taqdiri ham samoviy qudratga bog‘liq. SHuning uchun ham odamlarning oliyjanobligi yoki tubanligi, oliy yoki past tabaqaga mansubligini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Binobarin, podshoh – podshohligicha, fuqaro – fuqaroligicha, ota – otaligicha, farzand – farzandligicha qolishi kerak. Bunday g‘oya, ko‘ramizki, mavjud tizimni saqlab qolishni nazarda tutar edi. SHu bilan birga Konfutsiy ideal, oliy inson, asl, mard kishi konsepsiyasini ishlab chiqqan. Bu konsepsiyaga ko‘ra, odamlar ijtimoiy kelib chiqishi yoki jamiyatdagi mavqei orqali emas, balki odamiylik, adolatgo‘ylik, haqgo‘ylik, samimiyat, farzandlik izzat-hurmati kabi yuksak ma’naviy fazilatlarga erishish tufayli yuksak kamolotga erishuvi mumkin. Konfutsiyning bu falsafiy ta’limoti keyinchalik Xitoyda hukmron dinlarning biriga aylangan va konfutsiylik deb nom olgan dinning asosi bo‘ldi. Bu dinning asosiy manbasi – Konfutsiy izdoshlari eramizdan oldingi VI asrda yozgan “Lung-YUy” (Suhbatlar va mulohazalar) kitobidir. Konfutsiylik Lao Szi ta’limotidan tubdan farq qiladi. U jamiyatni ijtimoiy larzalardan asrab qolishga intilgan feodal amaldorlarning qarashlari va manfaatlarini himoya qilgan. Konfutsiylik belgilangan diniy tartib-qoidalarga amal qilishni qat’iy talab etadi. Konfutsiyning o‘zi hayotligida diniy tartiblarni sidqidildan bajargan. Konfutsiylikda ijtimoiy-axloqiy masala alohida o‘rin egallaydi. SHu ma’noda Konfutsiy ta’limotini inson xatti-harakati hayotiy me’yorlari haqidagi ta’limot deyish ham mumkin edi. Insonlar o‘rtasidagi xayot tarzi an’anaviy besh munosabatdan iborat ekanligi qayd etilgan. Davlat boshlig‘i bilan amaldorlar o‘rtasidagi munosabat. Ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasidagi munosabat. Er bilan xotin o‘rtasidagi munosabat. Katta va kichik, aka-ukalar o‘rtasidagi munosabat. Do‘st-birodardar o‘rtasidagi munosabat. Bu ta’limotda shunday qadriyatlar ham borki, unga qoyil qolmay iloj yo‘q. Birgina misol keltiramiz. O‘g‘il ota-onasini oldida quyidagi besh vazifani bajarishi shart. Har doim ota-onani to‘la hurmat qilish. Ularga eng suyukli taomni keltirish. Ular betob bo‘lib qolganlarida chuqur qayg‘urish. Ular vafot etganlarida yurak-yurakdan achinish. Ular xotirasiga tantanali ravishda qurbonliklar qilish. Konfutsiylikda diniy marosimlarning asosiy mazmuni – konfutsiylikka qadar mavjud bo‘lgan an’analarni, urug‘-qabilaviy marosimlarni mustahkamlash, qonunlashtirishni tashkil etar edi. CHunki, Konfutsiy o‘zini xech qanday yangi ta’limot yaratmaganligini faqat eski marosimlarga, tartib-qoidalarga qattiq rioya qilishni talab qilganligini aytar edi. Jumladan u shunday deydi: “Qadimdan joriy etilgan marosimlar saqlanmas yoki ular bekor qilinar edi, unda hamma narsa aralashib ketadi, izdan chiqadi. Nikoh marosimini yo‘q qilingchi, unda er-xotinlik bo‘lmaydi, bu bilan bog‘liq katta-katta jinoyatlarga yo‘l ochiladi yoki dafn va qurbonlik marosimini yo‘q qilingchi, unda bolalar vafot etgan ota-onalari xotirasi to‘g‘risida o‘ylamay, tiriklariga esa xizmat qilmay qo‘yadilar, Pin-Szing marosimini yo‘q qilingchi, unda podshoh bilan amaldorlar o‘rtasidagi farq yo‘q bo‘lib ketadi, kichik-kichik knyazchalar o‘zboshimchalik qila boshlaydilar, natijada ta’qib qilish va zo‘ravonlik boshlanadi”. Xitoy xalqi tarixida qadimgi marosimlar katta o‘rin tutganligini Konfutsiy yaxshi bilar edi. SHuning uchun ham Xitoy xalq an’analarini, marosimlarini o‘zining ta’limotida asosiy mazmunga aylantirgan. Xitoyliklar uchun eng yomon fojia – erkak tomonidan avlodning qolmasligidir. Ular avlodlari qolmasa, biz o‘lganimizdan so‘ng bizlarni kim yod etadi, deb qattiq qayg‘uga tushadilar. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling