Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 0.88 Mb.
bet139/171
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761244
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   171
Bog'liq
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Hinduiylik jamiyatning tabaqalarga bo‘linishini aks ettiruvchi savob va jazo (karma) g‘oyasiga asosan, inson hayotida 4 ta asosiy maqsad bor, deb da’vo kilinadi:
1) dxarma oila va jamiyatda diniy talablarni bajarish:
2) artxa foydali ishlar qilish, zarur materiallarga ega bo‘lish;
3) kama muhabbat tuyg‘ulariga erishish, his-tuyg‘ularni qondirish;
4) moksha o‘zgarish zanjiridan butunlay xalos bo‘lish.
Hinduiylikdagi vishnuizm va shivaizm oqimlarining vakillari o‘z xudolariga bag‘ishlab minglab katta-kichik ibodatxonalar qurganlar. Bu dinga e’tiqod kiluvchilar "muqaddas joylar", daryolar va boshqa har xil narsalarga sig‘inadilar. Hind xalqi orasida yovuz ruhlarga e’tiqod qilish keng tarqalgan. Ular turli hayvonlar ho‘kiz, sigir, maymun va ilon kabilarga ham sig‘inadilar, ularni muqaddaslashtiradilar. Masalan, hinduiylik tarafdorlari sigirni sahiylik manbai va go‘zal ayol timsoli deb hisoblaydilar. Ruhoniylar sigirlarni so‘ymaslik va go‘shtini emaslikni targ‘ib kiladilar. Ammo hinduiylik sigir sutini ichishni va undan xo‘jalikda ish hayvoni sifatida foydalanishni ta’qiqlamaydi.
Hind xalqi uchun Ganga daryosi muqaddas hisoblanadi. Hinduiylik diniga e’tiqod qiluvchilar Banoras shahrini ham mukaddaslashtirishgan. Rivoyatlarga ko‘ra, go‘yo Ganga daryosi qirgog‘ida kishi hayotdan ko‘z yumsa, narigi dunyodagi hayoti ancha engillashar, jannatga yo‘l olar degan diniy fikr bor.
Hinduiylikning xarakterli xususiyatlari, yuqorida qayd qilinganidek, jamiyatdagi kishilarni tabaqalarga-kastalarga18 ajratishdir. Hozirgi paytda kishilarni tabaqalarga bo‘lish ta’qiqlangan. Ammo tabaqalarga bo‘linish minglab yillar davom etganligi va kishilarning ongiga chuqur singib ketganligi uchun bu masalada muayyan qiyinchiliklar yuz bermoqda. Hinduiylikning "muqaddas" yozuvlariga Veda19, Upanishadlar20 kiradi. Keyinchalik "Maxabxarata" va "Ramayana" dostoniga o‘xshash, diniy marosimlar va urf-odatlar singdirilgan har xil afsona, rivoyat, hikmatli so‘zlar, epik dostonlar paydo bo‘la boshladi.
Hinduiylikda jannat va do‘zax haqidagi tushunchalar ham mavjud. Ular marhumlarni Ganga daryosi sohillarida kuydirib, kulini suvga oqizadilar.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling