Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Download 0.88 Mb.
|
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Milliy dinlar va ularning kelib chiqishi ijtimoiy – tarixiy shart-sharoitlari.
Ibtidoiy mifologiya. Ibtidoiy odamning tasavvuri va e’tiqodlari majmuasi, ularning real xayotdagi qiyinchiliklari, muammolari va yutuqlari og‘zaki ijodda aks etgan. Bu narsa odamlarning ongida qolib, turli afsonalarni yaratilishiga sabab bo‘lgan. Ibtidoiy mifologiyani tashkil etgan ijod doim odamlarning ma’naviy xayoti, ibodati, xissiyotlari va diniy tasavvurlari bilan chambarchas bog‘liq edi. Buni tushunish oson. Agar ibtidoiy odamning asosiy ma’naviy xayotida totemlarga, marhum ajdodlarga ibodat qilish, ular bilan sirli qarindoshligi bo‘lsa, mifologiyaning markazida zooantropomorfik ajdodlar yoki har xil mo‘‘jizalar kuchiga ega bo‘lgan ilohiylashtirilgan qahramonlar turar edi. “Madaniy qahramonlar”ning ismlari afsonalarda biror bir muhim yaratilgan ixtiro yoki yangilikda mujassam bo‘lgan. Masalan olovni topish, oila va nikohlar shaklini o‘rnatish, mehnat va ov qurollarini yasash va boshqa jasoratlarga oid aqidalarni tashkil qilish. Kosmogonik syujetlar ibtidoiy mifologiyada katta o‘rin egallagan. YA’ni er va osmon, quyosh va oy, o‘simlik va xayvonot va nihoyat odamning yaratilishi to‘g‘risidagi rivoyatlar va afsonalarda diniy tasavvurlarning ta’siri yaqqol namoyon bo‘lgan. Ruhlarni yangi shaklga kirish sehrli xususiyatiga, ya’ni o‘z qiyofasini o‘zgartirish qobiliyatiga ega, bir vaqtning o‘zida odam va xayvon shaklidagi monastr deb xisoblashar edi.
Ibtidoiy mifologiyada xayot va o‘lim, tabiat va madaniyat, ayol va erkaklar orasidagi muhim aloqalar tasvirlangan. Mifologiyaning bunday qarama qarshiliklarini tahlil qilish hozirgi sharoitda inson tarixining qadimgi bosqichini qayta tiklash uchun muhim manba hisoblanadi. Xususan, bu tahlil ibtidoiy jamoalarda taraqqiyotning borishida diniy tasavvurlarning muhim rolini aniqlashga imkon yaratadi. 3. Milliy dinlar va ularning kelib chiqishi ijtimoiy – tarixiy shart-sharoitlari. Milliy dinlar deb, odatda, bir millatga mansub xalqlar e’tiqod qiladigan dinlar tushuniladi. Bunday dinlar shakllanishining dastlabki va eng so‘nggi davrlarini bir-biridan farqlash lozim. Dastlabki milliy dinlar quldorlik jamiyatida vujudga kelgan bo‘lib, odatda, politeistik, ya’ni ko‘p xudolik dinlari bo‘lgan. Masalan, qadimgi grek dini ko‘p xudolikning o‘zginasidir. Zevs-pantion (qadimgi grek tilida – bosh xudo) hisoblanib, bir ukasi dengiz xudosi, ikkinchi ukasi – er osti podsholigining xudosi hisoblanar edi. SHuningdek, muhabbat va go‘zallik ma’budasi, urush xudosi, quyosh xudosi va san’at homiysi va boshqa yana bir qancha xudolar bo‘lgan. Xuddi shunga o‘xshash kadimgi yahudiylar dinning xudosi – YAxve ham ko‘p xudolilikning yaqkol namunasidir. (1) Quldorlik jamiyatidagi dastlabki milliy dinlarning o‘ziga xos yana bir xususiyati oxirat to‘g‘risidagi tasavvurning paydo bo‘lishi va unga ishonishdir. Ammo bu davrda bunday tasavvurlar hali to‘la shakllanmagan edi. Ular keyingi davrlarda rivojlangan. Bu davrda qurbonlik kilish keng rasm bo‘lib hatto majburiy marosimlardan biri hisoblanar edi. Xudolar yo‘lida meva-cheva, noz-ne’matlardan tortib, uy hayvonlarining barcha turlarigacha, qadim zamonlarda esa hatto odamlar ham qurbon qilinar edi. (2)Milliy dinlar rivojlanishining so‘ngti davrlariga kelib odamlar o‘rniga hayvonlar kurbon qilina boshlangan. SHu bilan birga oxirat haqidagi tasavvurlar keng targ‘ib kilinardi. Milliy dinlar elat-millat dinlari deb ham yuritiladi. CHunki ular urug‘-qabila dinlaridan farqli ravishda sinfiy jamiyat qaror topishi va shakllanishi davrida vujudga kelgan va rivojlangan. Binobarin, ular avvalo elatning so‘ngra, millatning shakllanishini o‘zlarida aks ettirgan. Milliy dinlarda tasavvur qilingan xudolar milliy xudolar hisoblanib, ibodat-marosimlar asosan muayyan elat yoki millatgagina mos tushar edi. Binobarin, bu xildagi qadimgi dinlar milliy davlat xarakterida bo‘lishi bilan boshqa din shakllaridan ajralib turgan. Eng so‘nggi davrning milliy dinlariga quyidagilar kiradi: hinduiylik, jaynizm, sinkxizm, daosizm, konfutsiylik, sintoizm va yaxudiylik. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling