Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 0.88 Mb.
bet134/171
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761244
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   171
Bog'liq
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

2.Animizm-(lotincha - animus - jon, ruh demakdir) qadimgi zamon dinlaridan biri, kishi ruhining mavjudligiga ishonishdan iborat. Animizm tabiatdagi buyumlarni ilohiylashtiradi, har bir jismda ruh bor, tanadan tashqarida ham jon bor, deb hisoblanadi.
Ilk animistik tasavvurlar qadim o‘tmishda, ehtimol totemistik qarashlar paydo bo‘lgungacha, oilaviy jamoalarning shakllangunigacha vujudga kelgan ilk din shakllaridan biridir. Biroq, etarli tushunib etilgan va barqaror ko‘rinishdagi diniy xarakterga ega bo‘lgan tizim sifatida kechroq, totemizm bilan bir vaqtda shakllangan.
Animizm totemizmdan farqlanadi. Totemizm ma’lum bir oilaviy guruhning ichki iste’moliga uni boshqalardan farqlash maqsadiga yo‘naltirilgan bo‘lsa, animistik tasavvurlar keng va umumiy xarakterga ega. Ular hammaga tushunarli va ma’qul bo‘lgan. SHu bilan birga u tabiatning qudratli kuchlarini – osmon va er, quyosh va oy, yomg‘ir va shamol, momaqaldiroq va chaqmoq kabilarni ilohiylashtirib, ularda ruh mavjud deb bilar edi. Tabiiyki, ibtidoiy odamlar nafaqat tabiatning buyuk mavjudliklarini, balki relefining ayrim alohida qismlari – tog‘lar va daryolar, adir va o‘rmonlar kabi odam e’tiborini tortuvchi narsa va jismlarga ham ilohiy munosabatda bo‘lar edilar. Xattoki, ko‘p yillik daraxt, kattaroq xarsang tosh, jarliklarga o‘xshash narsalar ham ibtidoiy odamlar tasavvurida jonli, tafakkurli, sezuvchan va harakat qiluvchi, shuningdek, yaxshilik yoki yomonlik keltirishi mumkin deb tushunilgan. SHunday bo‘lgach, ushbu tabiiy narsa. Hodisalarga e’tibor bilan munosabatda bo‘lish taqozo etilar edi. Qurbonliklar qilish, ularning haqqiga duo qilib, marosimlar uyushtirilar edi.
Animistik tasavvurlar barcha xalklar tarixidagi dinlarda jon va ruh haqidagi tushunchalarning shakllanishida ma’lum rol o‘ynab kelgan. Animizm har bir kishida uning hayoti va ongining manbai bo‘lgan jon bor, deb talqin qilgan. Dastlabki animistik tasavvur jonni soya yoki nafas bilan aynan, deb bilar edi. Masalan, SHimoliy Amerika xalqlarida soya bilan jon, qadimgi arablarda jon bilan qon, Grenlandiyada esa nafas olish bilan jon bitta nom bilan ataladi. Animizm odamda olam haqidagi tasavvurlarni shakllantirish, predmet va hodisalar xususiyatlarini chuqur o‘rganish, jon va ruxlarning tirik odamlar singari qobiliyatga ega degan fikrlar paydo bo‘lishi munosabati bilan tarkib topgan. SHu davrda jonning o‘lmasligi haqidagi tasavvur paydo bo‘lgan. CHunki qadimgi odamlar o‘z tanalarining tuzilishi to‘g‘risida to‘liq bir tushunchaga ega bo‘lmay, hattoki uyqu va tush ko‘rishining sabablarini ham izohlay olmaganlar. SHundan so‘ng ibtidoiy odamlar inson tanasini boshqaradigan qandaydir alohida bir kuch bo‘lib, odam o‘lgandan so‘ng u kuch, ya’ni jon tanadan chiqib ketadi degan tasavvur hosil bo‘lgan. Natijada jonning tanani tark etgandan keyingi faoliyati qanday kechishi haqida o‘ylay boshlaganlar. Ibtidoiy odamlar o‘zlarini tabiatdan ajratib qo‘ymaganlar. SHuning uchun ular o‘zlari bilan bir qatorda hayvon, o‘simlik, hatto mehnat kurollari, keyinchalik, suv, o‘rmon, momaqaldiroq va boshqalarda ham jon bor, degan tasavvurlarni keltirib chiqarganlar. Buni fanda gilozoizm deb ataydilar.
Jon va ruxlarga ishonish barcha dinlarga xosdir. Dindorlarning fikricha, jon barcha kishilarda bo‘lib, xudo eng oliy ruh hisoblanadi. Odam o‘lgandan so‘ng tanadan chiqib ketadigan jon bor, degan tasavvur chuqurlasha borgan. Demak, odam o‘lganda jon chiqib ketib, yashayverar ekan, uning o‘zi abadiy yashaydi degan tushuncha paydo bo‘lgan. Abadiy ruh to‘grisidagi tasavvur ana shu yo‘sinda shakllangan. Ruxlarga ishonish arvohlarga ishonishni keltirib chiqargan.
Jon va ruhlarning o‘lmasligi haqidagi qadimiy animistik tasavvurlarning elementlari hozirgi barcha dinlarda saqlanib qolmokda. Masalan, dindorlar tasavvurlarida o‘lgan kishilarning arvohini yo‘qlash, ularni tirik odamlar singari hamma narsadan xabardor, deb tushunish mavjud. SHu tufayli jon va ruhlarga atab qurbonlik, xayr-xudoyi qilish, sadaqa berish odatlari hamon uchrab turadi. Ba’zan murdani kiyimlari bilan dafn etish, yoniga suv, ovqatlar qo‘yish odatlari ham animizmning ko‘rinishidir. O‘zbeklarda arvohlar haqidagi tasavvurlar, ularni eslab payshanba oqshomi arafasida chiroq yoqish, animizmga bo‘lgan e’tiqodning shakllaridir.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling