Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 0.88 Mb.
bet138/171
Sana10.11.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1761244
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   171
Bog'liq
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Hinduiylik-hozirgi Hindistonda tarqalgan din shaklidir. U eramizdan oldingi dinlar-braxmanizm va vedalarning evolyusiyasi natijasida eramizning birinchi ming yilligi o‘rtalariga kelib shakllangan. SHu davrdan boshlab hinduiylik hukmron dinga aylangan. Hozirgi vaqtda Hindiston aholisining o‘rta hisobda 83 dan ortiqroq foizi hinduiylikka e’tiqod qiladi. Hinduiylik sinkretik din bo‘lib, turli e’tiqodlar, urf-odat va marosimlar, mahalliy diniy e’tiqod va qarashlarning murakkab kompleksi sifatida voq’e bo‘lib, urug‘-qabila dinlari elementlarini, braxmanlik, Buddizm va jaynizmning asosiy g‘oyalarini qamrab olgan. Hinduiylik o‘zining yagona tashkilotiga ega emas.
Hinduiylik insonning tug‘ilganidan to vafot etishigacha bo‘lgan huquq va vazifalarini belgalab va cheklab qo‘yadi. SHuning uchun unda marosimchilikka keng o‘rin berilgan. Hinduiylik kishilarning ijtimoiy tengsizligini oqlaydi va abadiylashtiradi, ruhning bo‘lmasligi va ko‘chib aylanib yurishi (sansara ta’limoti), qayta tug‘ilishi (karma ta’limoti), gunoh ishlar uchun javob berishi, jannat va do‘zax kabi aqidalarni o‘z ichiga oladi.
Hinduiylik politeistik din bo‘lib, unda ko‘p xudolilik elementlari saqlangan. Dindorlar tasavvurida bosh xudo Braxman Koinotning ijodkori va yaratuvchisidir. Bundan tashqari hindlar Vishnu va SHiva xudolariga ham e’tiqod qiladilar. Hinduiylik ta’limotida xudoning uch xil ko‘rinishda tasavvur etilishi (trimurti) eng oliy, ilohiy, yakka xudoning uch xususiyati, deb talqin qilinadi. Bu xristianlikdagi uch yuzlik xudoga o‘xshaydi.
Hinduiylik ta’limoticha, olam paydo bo‘lib, emirilib, yo‘q bo‘lib turadi, ya’ni olamning yashashi progressiv emas, aksincha, regressiv xarakterga ega; har bir davr olamning yuksak rivojlangan cho‘qqisidan boshlanib, uning inqirozga uchrashi bilan tugaydi, insonlar gunohga botib ketgach, olam yo‘qoladi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling